Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOYIHAVIY YONDASHUV ASOSIDA GENDER INKLYUZIV KORPORATIV BOSHQARUVNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kamilova Xosiyathon To‘lkunovna (in-academy.uz/index.php/si) · Toshkent shahri (in-academy.uz/index.php/si) · O‘zbekiston Respublikasi (in-academy.uz/index.php/si) · Bosqich Asosiy faoliyatlar Natija (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur tadqiqot ender inklyuziv korporativ boshqaruv tizimini shakllantirishda loyihaviy yondashuvning nazariy asoslari yoritilgan. Mavjud adabiyotlar va xalqaro tajribalar tahlili asosida aniqlanishicha, loyihaviy yondashuv — ayollarning rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilishida tizimli va strategik yechim sifatida qaralmoqda. An’anaviy boshqaruv modellari gender tafovutlarini qisqartirishda yetarlicha samarali bo‘lmayotgan bir paytda, loyiha asosidagi transformatsion liderlik modeli orqali ayollarni tayyorlash, rivojlantirish va tizimga integratsiyalashning yangi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Kalit so‘zlar: gender inklyuziv boshqaruv, loyihaviy yondashuv, transformatsion liderlik, adaptiv boshqaruv, mentorlik, strategik o‘zgarishlar, O‘zbekiston. Asosiy g‘oyalar Gender inklyuziv korporativ boshqaruvni shakllantirishda loyihaviy yondashuv markaziy metodologik tamoyil sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu yondashuv an’anaviy statik ta’lim modellaridan farqli ravishda, harakatga yo‘naltirilgan, maqsadli, moslashuvchan va kontekstga xos mexanizmlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Mazkur model uch asosiy bosqichga tayangan holda izchil amalga oshiriladi, ularning har biri tizimda barqaror o‘zgarishlar kiritish va ayollarning rahbarlik salohiyatini ochish uchun xizmat qiladi. 1-jadval: Gender-inklyuziv boshqaruvning loyihaviy modeli Bosqich Asosiy faoliyatlar Natija 1. Gender -Statistik tahlil Real ehtiyojlarga asoslangan diagnostikasi -Intervyular loyiha dizayni va gender asosida holat tahlili -Fokus-guruhlar tafovutlar aniqligi -Ishonch indeksi asosida kontekstual tahlil 2. O‘quv dasturlari - Modulli treninglar (qaror qabul Ayollar liderlik salohiyatining (mentoring, qilish, strategik fikrlash, inqirozdagi kompleks shakllanishi va trening, amaliy liderlik) ijtimoiy kapitali rivoji loyiha) - Mentorlik va homiylik tizimi -Strategik amaliy loyihalar asosida o‘quv 3. Natijadorlikni - Individ darajasida: o‘ziga ishonch, Strategik o‘zgarishlarni o‘lchovchi kompetensiyalar rivoji o‘lchash, baholash va ko‘rsatkichlar tizimi -Tashkilot darajasida: ayollar ulushi, institutlashtirish imkoniyati gender siyosat joriyoti -Samaradorlik: moliyaviy, ijtimoiy ko‘rsatkichlar 114 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Bunda adaptiv liderlik tashkilotdagi an’anaviy kuch strukturalarini muvozanatlashtiruvchi va o‘zgaruvchan tashqi muhitga javob bera oladigan rahbarlik salohiyatini kuchaytiradi. Raqamli monitoring vositalari orqali real vaqtda natijalarni baholash, ishtirokchilarning taraqqiyotini kuzatish, va loyiha modellarini moslashtirish imkoniyati yaratiladi. Ijtimoiy kapital esa ayollarni korporativ muhitda ko‘rinarlilik, ta’sirchanlik va barqarorlik bilan ta’minlovchi resurs sifatida xizmat qiladi. Nazariy asoslar :Mazkur tadqiqot va unda ilgari surilayotgan loyihaviy model o‘z metodologik asoslarini zamonaviy boshqaruv nazariyalari va gender ijtimoiy nazariyalari bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuvlar gender inklyuziv korporativ boshqaruv tizimini shakllantirishda ilmiy asoslangan, tizimli va amaliy mexanizmlarni aniqlashga xizmat qiladi. 1. Transformatsion liderlik nazariyasi (Bass & Avolio):Ushbu yondashuv rahbarlikni nafaqat lavozim yoki boshqaruv qudrati sifatida, balki izlanishga, ilhomlantirishga, jamoadagi har bir a’zoni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar majmuasi sifatida talqin qiladi. Transformatsion liderlikda to‘rt asosiy komponent mavjud: Idealizatsiyalangan ta’sir (rahbarning shaxsiy namunasi), Ilhomlantiruvchi motivatsiya (kelajak tasavvuri va umumiy maqsad), Intellektual rag‘batlantirish (yangicha fikrlashga undash), Individual yondashuv (xodimga individual e’tibor). Bass va Avolio modeliga asoslangan holda ayollarni yetakchilikka tayyorlash – bu nafaqat rahbarlik kompetensiyasini shakllantirish, balki tashkilot madaniyatida transformatsiyani amalga oshirish demakdir. Transformatsion liderlik doirasida gender tenglik nafaqat ijtimoiy adolat masalasi, balki samaradorlik, innovatsionlik va barqarorlik mezoni sifatida qaraladi. Ushbu nazariya orqali loyihaviy yondashuv shaxsiy o‘zgarish bilan birga tashkilot tizimlarida ham ijobiy dinamikani yuzaga chiqaradi. 2. Adaptiv liderlik yondashuvi (Heifetz):Ronald Heifetz tomonidan ishlab chiqilgan adaptiv liderlik yondashuvi o‘zgaruvchan va noaniq muhitlarda rahbarlik qilishga qaratilgan. Bu yondashuvga ko‘ra, liderlar mavjud muammolarga tezkor va tizimli javoblar berishi, mavjud rollarni qayta talqin qilishi va tashkilot a’zolarini murakkab qarorlar jarayoniga faol jalb qilishi lozim. Gender inklyuziv boshqaruv masalasi aynan adaptiv liderlikni talab qiladi, chunki bu soha ko‘pincha madaniy stereotiplar, institutsional qarshilik va normativ an’analar bilan bog‘liq. Loyihaviy yondashuvda adaptiv liderlikning asosiy tamoyillari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Rivojlanayotgan ayollarga tanqidiy fikrlash va murakkab muammolarni hal etish ko‘nikmalarini singdirish; Tashkilotdagi “komfort zonasi”ni tark etishga undov
Доказательный фрагмент
«Mazkur tadqiqot ender inklyuziv korporativ boshqaruv tizimini shakllantirishda loyihaviy yondashuvning nazariy asoslari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tadqiqot ender inklyuziv korporativ boshqaruv tizimini shakllantirishda loyihaviy yondashuvning nazariy asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- loyihaviy yondashuv, O‘zbekiston., mentorlik, strategik o‘zgarishlar, transformatsion liderlik, gender inklyuziv boshqaruv, adaptiv boshqaruv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026