Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMALIY MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA METAKOGNITIV FAOLIYAT TURLARINI TAKOMILLASHTIRISH
FAOLIYAT TURLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi. Metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirish uchun tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: texnologiya metakognitiv faoliyat, metakognitsiya, texnik mexanika,, mashg’ulotlar, yangilik, mavzu, materiallar, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, faoliyat, metakognitiv bilim, metakognitiv nazorat, o’z-o’zini baxolash, reflektiv amaliyotlar Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida barcha sohalarni tubdan isloh qilish siyosati bormoqda. Hozirgi dunyo shiddat bilan rivojlanib taraqqiy etar ekan, har bir kishi zamon bilan hamnafas bo’lmog’i zarur. Shu jumladan ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bo’yicha ko’plab salmoqli ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda samarali texnologik ta’lim tizimini joriy etishga qaratilgan tub islohotlar natijasida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarini tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari va axborot-metodik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu nuqtai nazardan bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarining metodik kompotentligini rivojlantirishning amaldagi metodikasi va o’quv-uslubiy ta’minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda o’zlashtirish natijalarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 74 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi dolzarb hisoblanadi. Bugungi kun ta’lim tizimida o’quvchilarning o’z-o’zini baholash va tushunchalarini mustaqil ravishda nazorat qilish qobiliyatlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Metakognitiv ko’nikmalar, o’quvchilarning o’rganish faoliyatida o’zlarining bilimlarini qanday qo’llay olishlarini tushunishlariga yordam beradi. Metakongitiv faoliyat bu- bu insonning o‘z fikrlash jarayonini tushunish, nazorat qilish va boshqarish qobiliyatidir. Bu tushuncha “meta” (ya'ni “ustidan”) va “kognitiv” (ya'ni “bilish”) so‘zlaridan kelib chiqqan. Ya'ni, metakognitiv faoliyat — bu “bilishni bilish” yoki “fikrlash ustidan fikrlash” deganidir. Metakognitsiya - o'z o'rganish jarayonini anglash va boshqarish, zamonaviy ta'limda juda muhim ahamiyatga ega. Metakognitsiya - bu o’z o’rganish faoliyatini anglash va boshqarish qobiliyatidir. Bu atama lotincha “meta” (o’zaro) va yunoncha gnosis (yani, bilish) so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib,o’z fikrlash faoliyatini o’rganishga yordam beradi. Metakognitsiya shaxsning o’z bilimini, o’rganish strategiyalarini va o’rganish faoliyatini qanday qabul qilishi, tahlil qilishi va nazorat qilishni o’z ichiga oladi. Bu talabalarga o'z bilimlarini va o'rgatish jarayonlarini samarali boshqarishga yordam beradi. Texnologiya fanlarida metakognitiv faoliyatni rivojlantirish, nafaqat texnik ko'nikmalarni, balki talabalarni o'z-o'zini baholash, muammolarni hal qilish va o'rganish jarayonini tushunish kabi ko'nikmalarni ham shakllantiradi. Metakognitsiya ikki asosiy komponentdan iborat: metakognitiv bilim va metakognitiv nazorat strategiyalari. Metakognitiv bilim bu shaxsning o’z bilimlari, o’rganish qobiliyatlari va o’ziga nisbatan tushunchalarni o’z ichiga oladi. U uch asosiy turga bo’linadi: deklarativ bilim, protsedural bilim va konditsional bilim. Metakognitiv bilimlar - O'z o'rganish jarayoni, o'qish strategiyalari va boshqalar haqida bilish. Metakognitiv nazorat - O'rganish jarayonini rejalashtirish, kuzatish va baholash. Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 75 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi. Deklarativ bilim bu o’zimiz haqida biladigan bilimlarimiz, masalan, biz qaysi mavzularda yaxshi ekanligimiz yoki qaysi strategiyalar biz uchun samarali ekanligi. Misol uchun,talaba texnologiya yo’nalishida qaysi fizika mavzusini yaxshi bilishini anglaydi, masalan, u texnik mexanika fanlarini yaxshi tushunadi, lekin texnologiya ta’lim metodikasi fanidan qiynalishi mumkin.Talaba qaysi mavzularda qiynalishi mumkin qaysi mavzuni yaxshi bilishini anglaydi, masalan, u zamonaviy texnika va texnologiyalarni yaxshi bilishi talabalarni metakognitiv faoliiyatlarini faollashtiruvchi yangi pedagogik metodlarni ishlab chiqish va murakkab masalalarni mustaqil hal qilishga yordam beradi. Protsedural bilim bu vazifani bajarish uchun qo’llaniladigan usullar va strategiyalar haqidagi bilimdir. Masalan talaba buyum yasash jarayonida qanday qilib matematik muammolarni hal qilish yoki ilmiy tajribalarni o’tkazishni biladi, masalan Guk qonunini qo’llash orqali prujinaning cho’zilishini hisoblash. Konditsional bilim
Доказательный фрагмент
«Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- texnik mexanika, yangilik, fan, zamonaviy iqtisod, reflektiv amaliyotlar, mavzu, texnika, materiallar, faoliyat, metakognitiv nazorat, metakognitiv bilim, mashg’ulotlar, madaniyat, texnologiya metakognitiv faoliyat, o’z-o’zini baxolash, metakognitsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026