Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОВРЕМЕННЫЙ ПЕДАГОГ И ЕГО МЕСТО В ОБЩЕСТВЕ
Alimova Maloxat Rahimjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallashlari kerakligi haqidagi fikrlar yoritilgan. Shu bilan birga xalqimizning buyuk mutafakkirlarini tarbiyachi haqidagi fikrlarini yoritib bergan. Kalit so’zlar: Tarbiyachi, ta'lim-tarbiya, jamiyat, milliy qadriyatlar, ta'lim nazariyasi. Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi. Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Demak, hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir. Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi. Zero, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. O’zbekiston Respublikasida tarbiyachi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, mahrifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o’zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak».1 Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo’lmish Imom-al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo’ja Bexbudiy va boshqa shu kabi 1 Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1993, 27-28-bet. adpi.uz universaljurnal.uz 300 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil ko’plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviyat sarchashmalari o’zining tarbiyaviy jaamiyatga, ma'rifatni targ’ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o’z qadr-qimmatini yo’qotmay kelmoqda. Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Hamsa”sini, Bexbudiyning “Turkiy Guliston yoxud ahloq”, Imom-al Buxoriyning “As saxix” hadislar to’plami kabi ko’plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xalqimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og’zaki ijodi namunalari bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo’lib, ular ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar o’z navbatida yuqorida sanab o’tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga etkazgandir. Shunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimiz har qancha fahrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir. Forobiyning fikricha, insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – ta'lim va tarbiya orqali hosil qilinadi: “Ta'lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta'lim so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, etuklik namoyon bo’ladi...”. Demak, Forobiy ta'lim-tarbiya
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yu…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta'lim-tarbiya, education, Tarbiyachi, общество, образование, jamiyat, Педагог, Educator, society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026