К содержанию
РецензированоRU2025

ТИПЫ ДЕТСКОГО ЦЕРЕБРАЛЬНОГО ПАРАЛИЧА У ДЕТЕЙ

Mo’minova Odinaxon Ulug’bek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Vazira Axmedova Tursunboyevna (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Bolalar serebral falaji- bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni ynaltiruvchi yllarni zararlanishi bilam kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir. Bolalar serebral falajida miyaning harakat va nutq sistemasida erta organik buzilishlar kuzatiladi. Kalit szlar: bolalar serebral falaji, harakatning buzilish, bola, ikki yoqlama gemipligiya, giperkinetik shakli, gemiparetik shakli, atonik-astatik shakli, spastik dipligiya Bolalar serebral falajiga olib keladigan asosiy sabablar turlicha bo’lishi mumkin:infeksion kasalliklar, homiladorlik davridagi turli intoksikatsiya va jarohatlanishlar, surinkalik kasalliklar, ona va homila qonining rezus faktor va guruhi bo’yicha nomunosibligi. Bundan tashqari homilaning erta yoki kech tug’ilishi , genetik faktorlar ham asosiy shartlardan bo’lishi mumkin. Bolalar serebral falaji ona homilasining faoliyati buzilishi natijasida sodir bo’ladigan akusherlik jarohatlari,tug’ruq paytida kindikni bo’yin atrofidao’ralib qolishi natijasida ham paydo bo’lishi mumkin.Bunday xolatda bolaning markaziy nerv sistemasiga kislarod yetishmay qolib, bosh miya nerv hujayralarini zararlanishiga olib keladi. Bolalar serebral falaji tug’ruqdan keyin neyroinfeksiyalarning kechishi va bosh miyani qattiq jarohatlanishidan ham kelib chiqishi mumkin. Bu bolalarda barcha harakat funksiyasini shakillanishida susayish va buzilishlar kuzatiladi. Boshni ushlash, o’tirish, turish funksiyalari qiyinchilik bilan yoki kechikib shakllanadi. Bolalar serebral falajida harakatning buzilishi asosiy nuqson hisoblanib, u o’ziga xos motor anamaliyani rivojlanishini ko’rsatadi, bu esa o’z navbatida bola asab-psixik funksiyasini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bolalardagi harakat buzilishlari o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish malakalarini egallanisgini murakkabligi, ularni atrofdagi kattalarga qaram qilib qo’yadi, Bu ularga passivlikni, tashabbus ko’rsatmaslikni shakllantirib, motivatsion va irodaviy sohani buzilishiga olib keladi. Shunday qilib harakat buzilishlari bolaning psixik rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.Harakatning buzilish darajasidan qat’I nazar bu bolalarda hissiy-irodaviy soha, xulq, intellekt, eshitish va ko’rish izdan chiqqan bo’lib, talvasa sindromi kuzatiladi. Bunday bolalarning ko’pchiligida aqliy mehnat qilishi buzilgan bo’lib, ular tez charchab qoladilar. Biror-bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyat bajarilayotganda ular bo’shashadilar tez jahllari chiqadi va berilgan topshiriqlarni qiyinchilik bilan bajaradilar.Ba’zi bolalarda charchash oqibatida harakatida bezovtalik paydo bo’ladi. Bola o’zicha har xil harakatlar qiladi, turli imo- ishoralarni ko’rsatadilar, so’lagi oqadi Bolalarning ixtiyoriy faoliyatida tartiblikka erishish katta qiyinchilik tug’diradi. Serebral falajlik rivojlanishining ilk bosqichlarida miyaning harakatlanishni nazorat qiluvchi qismlariga jarohat yetishi sababli kelib chiqadi. Ko’p holatlarda bu jarohat homiladorlik davrida ro’y beradi. Ba’zan tug’ruq jarayonida va chaqaloqlik davridagi miya jarohatlari (kislarod yetishmovchiligi sababli asfksiya ya’ni bo’g’ilish, meningit, bosh qismining lat yeyishi yoki chayqalishi)da ro’y beradi. Har 1000 ta boladan 2 tasida serebral falajlik qayd etilgan. Serebral falaj bolalar quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. -tananing qismlari yoki butunlay harakatlanishidagi; -og’zaki bo’lmagan muloqot (yuz ifodasi har doim ham emotsialarni to’g’ri anglamasligi mumkin - ya’ni, bola kulayotgandek tuyilishi mumkin ammo aslida u juda hafa yoki g’amgin bo’lishi)dagi; 434 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil -muskullarda ixtiyorsiz harakatlar (spazmlar)dagi; -ovqatlanishdagi; -muskul bo’shligi yoki tarangligidagi; -muvozanat va mo’ljaldagi; -holat (gavdani istalgan holatga qo’yish va shu holatda saqlash qobiliyati)dagi; Kasallikning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzilishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo’ladi. Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya,ikkilamchi gemiplegiya, paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindromi. Yuqoridagi ta’sirlar natijada bolaning bosh miyasida turli xildagi jarohatlanishlar kelib chiqadi. Bosh miyadagi harakat markazlarining jarohatlanish darajasi, xususiyatlariga ko’ra bolaga harakat tayanch a’zolardagi turli xildagi falajlanishlarni keltirib chiqaradi. Shunga ko’ra bu toifadagi nuqsonli bolalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: Ikki yoqlama gemiplegiya; Spastik dipligiya; Giperkinestik shakli; Gemiparetik shakli; Atonik-astatik shakli; Ikki yoqlama gemiplegiya-bolalar serebral falajining eng og’ir shaklidir. Bu bolalarda inson uchun eng muhim bo’lgan funksiyalar: nutqiy, ruhiy va jismoniy holatlarda og’ir buzilishlar mavjud bo’ladi. Bunday shaklning tashqi ko’rinishdagi asosiy belgilari:bola tanasining bir qismi falajlangan bo’lib, asosan qo’l bukilgan holatda bo’ladi. Bu

Доказательный фрагмент

«Bolalar serebral falaji- bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni ynaltiruvchi yllarni zararlanishi bilam kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bolalar serebral falaji- bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni ynaltiruvchi yllarni zararlanishi bilam kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bolalar serebral falaji, movement disorder, children with cerebral palsy, harakatning buzilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники