Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РЕЧЬ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА НА ОСНОВЕ СКАЗОК РАЗРАБОТКА
Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna · Mirzayeva Risolatxon Shokirjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Maqola ertak terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalar nutqini o‘stirishga bag‘ishlangan. Ertak bolalar ma’naviy olamiga ta’sir qilish bilan birgalikda ularda juda ko‘p qobiliyatlarni ham shakllantirishga yordam beradi. Ushbu maqolada ertaklar orqali bolalarning lug‘at boyligi ortishi, grammatik va talaffuz muammolari hal bo‘lishi ifodalangan. Ertak terapiya bolalarda obrazli nutqini boyitish usuli sifatida yoritilgan. Kalit so‘zlar: ertak, ertak terapiya, maktabgacha yoshdagi bola, nutq, grammatik muammolar. Nutq rivojlanishi bola shaxsiyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Nutq orqali bola o‘z fikrlarini ifoda etadi, atrofdagilar bilan muloqotga kirishadi va bilim oladi. Nutq rivojlanishidagi muammolar, bolaning ijtimoiy moslashuviga, o‘qish qobiliyatiga va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nutq rivojlanishidagi muammolar turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: lug‘at boyligining kamligi, grammatik xatolar, talaffuzdagi nuqsonlar, so‘zlashuvdagi qiyinchiliklar. Ushbu muammolarni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash, bolaning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Ertak terapiyasi, nutq rivojlanishidagi muammolarni hal qilishda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Ertaklar bolaning diqqatini jalb qilib, uning lug‘at boyligini oshiradi, grammatik tuzilmalarni o‘rganishga yordam beradi va so‘zlashuv malakalarini rivojlantiradi. Ertak terapiyasi – bu bolaning ruhiy va emotsional holatini yaxshilash, shaxsiy muammolarini hal qilish va nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ertaklardan foydalanishga asoslangan psixologik usuldir. Ertaklar bolaning ongiga kirib, uning ichki dunyosini tushunishga yordam beradi. Ertak terapiyasining asosiy usullari quyidagilardan iborat: ertak o‘qish, ertak yaratish, ertakni sahnalashtirish, ertak asosida o‘yinlar o‘ynash va ertakni muhokama qilish. Ushbu usullar, bolaning nutqiy faolligini oshiradi, uning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Ertak terapiyasida, bolaning yoshiga, qiziqishlariga va muammolariga mos keladigan ertaklarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Ertaklar bolaning ichki dunyosini aks ettirishi, uning savollariga javob berishi va muammolarini hal qilishga yordam berishi kerak. «Ertak terapiyasi» tushunchasining usul sifatida ta’rifi 1997 - yilda T.D.Zinkevich- Evstigneeva tomonidan berilgan. Uning ta’rifiga ko‘ra, «ertak terapiyasi» - bu ruhning ma’naviy yo‘li va insonning ijtimoiy realizasiyasi haqidagi bilimlarni uzatish usullari to‘plami, insonning ma’naviy tabiatiga mos keladigan ta’lim tizimidir. I.Vachkovning so‘zlariga ko‘ra, ertak maktab yoshidagi bolalarning psixologik xavfsizligini shakllantirish usuli sifatida ikkita muhim vazifani hal qilishga imkon beradi: 1. «Oyna» ning vazifasi. Ertak bolaga o‘zini ko‘rishga, o‘zi bilan uchrashishga yordam beradi, shuning uchun o‘z-o‘zini anglashni rivojlantiradi va shaxsiy makonini uyg‘unlashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, Zumrad va qimmat obrazlari. 2. «Kristal» ning vazifasi. Ertak terapiyasi tufayli bola atrofdagi dunyoni va uning atrofidagi odamlarni yangicha ko‘ra oladi, 573 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil shuning uchun odamlar va umuman dunyo bilan yangi, konstruktiv munosabatlar o‘rnatadi. Ertak terapiyaning bola rivojlanishiga kompleks ta’siri quyidagilardan iborat: Lug‘at boyligi: Ertaklar bolaga yangi so‘zlar va iboralar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Ertaklardagi obrazli til bolaning tasavvurini boyitadi va uning nutqini rang-barang qiladi. Grammatik tuzilmalar: Ertaklar bolaga grammatik tuzilmalarni o‘rganishga yordam beradi. Ertaklardagi to‘g‘ri tuzilgan gaplar bolaning grammatik xatolarini kamaytirishga va uning nutqini ravon qilishga xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati: Ertaklar bolaning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ertaklardagi muammoli vaziyatlar bolani mustaqil fikrlashga, yechimlar topishga va qarorlar qabul qilishga undaydi. Ertak terapiya quyidagi bosqichlarda olib boriladi: Ertakni tanlash, bolaning yoshi, qiziqishlari va muammolariga mos keladigan ertakni tanlash. Ertakning syujeti, personajlari va til uslubi bolaga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak. Ertakni o‘qish: Ertakni ifodali va ta’sirli o‘qish. Ertakni o‘qish jarayonida, ovoz ohangini o‘zgartirish, turli personajlarni tasvirlash va bolaning diqqatini jalb qilishga harakat qilish kerak. Ertakni muhokama qilish: Ertakni o‘qib bo‘lgandan so‘ng, uni muhokama qilish. Muhokama jarayonida, bolaning fikrlarini so‘rash, uning his-tuyg‘ularini tushunish va ertak qahramonlariga o‘xshash vaziyatlarni tahlil qilish foydali. Xozirgi texnologiya davrida bolalarga ertaklarni yanada qiziqarliroq va tasirliroq qilib yetkazish uchun turli xil texnik vositalardan ham foydalanishimiz mumkin. Bugungi kunda texnologiyalarning tez rivojlanib borayotganligi, ta’limda yangiliklarni joriy etish va bolalarni tarbiyalash jarayonida milliy qadriyat
Доказательный фрагмент
«Maqola ertak terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalar nutqini o‘stirishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola ertak terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalar nutqini o‘stirishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ertak, maktabgacha yoshdagi bola, preschool child, fairy tale, ertak terapiya, дошкольник, сказка, сказкотерапия, fairy tale therapy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945