Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УГОЛОК ПРИРОДЫ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСТВА ДЕТЕЙ ЧЕРЕЗ
v.b dotsenti Yunusov Ismonali Kodirovich
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat burchagi orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish nazariy jixatdan yoritilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, tarbiya, tabiat, tabiat burchagi, maktabgacha yosh, bolalar, ijodkorlik, rivojlantirish, tasviriy ijodkorlik, nutq ijodkorligi, qo‘l mehnati, musiqiy ijodkorlik, shakllantirish. Tabiat - bizni o‘rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi hisoblanadi. Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar. Maktabgacha yosh — bu bolaning shaxs sifatida shakllanishi, atrof-muhitni anglash va ijodiy salohiyatining rivojlanishida eng muhim bosqich hisoblanadi. Aynan shu davrda bola tabiat hodisalariga katta qiziqish bilan qaraydi, o‘rganishga intiladi, o‘z tasavvurlari asosida ijodiy fikrlashga harakat qiladi. Shu sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ijodkorligini rivojlantirishda tabiat burchagi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tabiat burchagining maqsadi va ahamiyati Tabiat burchagi — bu guruh xonasida bolalar tomonidan parvarish qilinadigan o‘simliklar, hayvonlar va turli tabiiy materiallar joylashtirilgan maxsus joydir. U bolalarning ekologik madaniyatini shakllantirish, tabiatga mehr-muhabbat va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu burchak bolalarning kuzatish, solishtirish, taxmin qilish kabi fikrlash jarayonlarini rivojlantiradi. Ijodkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni Tabiat burchagi orqali bolalarning quyidagi ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi: ·Tasviriy ijodkorlik: bolalar barglar, gullar, toshlar, urug‘lar yordamida turli rasm va kompozitsiyalar yaratadilar. ·Nutq ijodkorligi: o‘simliklar va hayvonlar haqida ertaklar, hikoyalar to‘qish, ularni personaj sifatida tasavvur qilish. ·Qo‘l mehnati: tabiiy materiallardan applikatsiya, haykalchalar, maketlar yasash orqali nozik motorika va tasavvur kengayadi. ·Musiqiy ijodkorlik: tabiat tovushlaridan ilhomlanib, yangi qo‘shiqlar, she’rlar to‘qish. Tabiat burchagi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar 1. Mavsumga mos yangilab borish: har faslga xos o‘simliklar, mevalar, barglar bilan burchakni boyitish bolalarning diqqatini o‘ziga tortadi. 2. Bolalar ishtirokini ta’minlash: o‘simliklarni sug‘orish, chorva hayvonlariga g‘amxo‘rlik qilishda bolalarni faol ishtirok ettirish kerak. 3. Loyiha va eksperimentlar o‘tkazish: masalan, “urug‘dan o‘simlikka” mavzusida kuzatish olib borish, natijalarni rasm va so‘z bilan ifodalash. 4. Didaktik o‘yinlardan foydalanish: “Tabiatni tanimoqdamiz”, “Kim ko‘proq topadi?”, “Bu nima o‘simlik?” kabi o‘yinlar orqali ijodiy fikrlashga undash. 583 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tabiat bilan tanishtirish tabiat bilan doimo bevosita munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Buni ta’minlovchi shartlardan biri bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida tabiat burchagiga ega bo‘lishdir. Biroq butun bolalar muassasasi uchui umumiy tabiat burchagiga ega bo‘lish yanada yaxshiroq. Undan yoshlar guruxlari tabiat burchaklarida yashovchi hayvonlarni to‘ldirib turishda foydalanish mumkin. Bolalarning tabiat burchagidagi mehnati hamda o‘simlik va hayvonlarni kuzatishlari butun yil davomida (qishda, kech kuzda va erta bahorda) tashkil etiladi. O‘rta mintaqa sharoitlarida bolalarning yer uchastkasidagi mehnat va kuzatishlari bu davrlarda anchagina qisqaradi. Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va tizimli tarzda tanishtirish, ularda tabiat burchagida yashovchilar haqida pishiq va anglangan bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish, kuzatuvchanlikni o‘stirish ishi uchun sharoit ana shunday yaratiladi. Ana shu malaka va ko‘nikmalar asosida tabiatga ehtiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi. Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha hayvonlarga, ularning o‘ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan bolalarning anchagina chuqur, mustahkam bilimga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bevosita tabiatda bolalar uchratadigai hayvonlar va o‘simliklarning xilma-xilligi hayvon va o‘simliklar hayotidagi umumiy,ahamiyatli hamda qonuniylikni ajratib ko‘rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob’ektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkonini beradi. Tabiat burchagida yashovchilarning fazoviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. Bolalar masalan, aytaylik akvariumdagi baliqlarni yaxshilab ko‘rish, ularni uzoq muddat davo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat burchagi orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish nazariy jixatdan yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat burchagi orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish nazariy jixatdan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, Maktabgacha ta’lim, tabiat burchagi, tabiat, воспитание, природа, Дошкольное образование, уголок природы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945