Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕРОПРИЯТИЯ «ДЕНЬ МЕТОДИЧЕСКИХ НАВЫКОВ» И «ЧАС МЕТОДИЧЕСКИХ НАВЫКОВ». РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ПРОВЕДЕНИЮ МАЙСКОГО ЕЖЕНЕДЕЛЬНИКА «БЫТОВАЯ ТЕХНИКА — НАШИ ПОМОЩНИКИ»
M Fayzullayeva (Андижанский государственный педагогический институт)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirining may oyi “Maishiy asbob-uskunalar — bizning yordamchimiz” deb nomlangan haftaligini oʻtkazish boʻyicha bolalarga beriladigan bilimlar mazmuni, mavzular asosida tavsiyalar yoritib berildi. Kalit so’zlar:“Metodik mahorat kuni”, “Metodik mahorat soati”, halol mehnat, mehnat qurollari, ketmon, belkurak, chelak, tesha, vazifalari, kishilar mehnati, yengillashtirish, unumli ishlsh, joy-joyiga yigʻishtirish, ozoda va tartibli, saqlash, koʻnikma, dazmol, chang yutkich, muzlatkich. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanishi uzluksizligini taʼminlash, kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini muntazam oshirib borish maqsadida tashkil etilib kelinib, tadbir davomida tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida trener (mentor)lar tomonidan yetakchi pedagoglarni maqsadli tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlash va oʻz bilimini muntazam boyitib borish uchun oʻquv- seminar, trening, mahorat darslari tashkil etilyapti. Bugungi kunda tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida trener (mentor)lar tomonidan «Maishiy asbob-uskunalar — bizning yordamchimiz” deb nomlangan haftaligini oʻtkazish boʻyicha pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirish uchun oʻquv- seminar, trening, mahorat darslari tashkil ishlari qizgʻin ketyapti. Biz may oyi “Maishiy asbob-uskunalar — bizning yordamchimiz” deb nomlangan haftaligini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarni ilova qilamiz. Maʼlumki, may oyi “Maishiy asbob-uskunalar — bizning yordamchimiz” deb nomlangan haftaligi mazmunida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning har tomonlama rivojlanishiga eʼtibor qaratilishi, ularning halol mehnat, mehnat qurollari, ularning vazifalari, mehnat qurollari kishilar mehnatini yengillashtirishi, mehnat qurollari yordamida ish unumli boʻlishi, mehnat qurollarini joy-joyiga yigʻishtirib qoʻyish, mehnat qurollarini ozoda va tartibli saqlash kabi muhim koʻnikmalarni oʻzlashtirishlariga zamin yaratadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga “Maishiy asbob-uskunalar — bizning yordamchimiz” haqida quyidagi maʼlumotlarni taʼlimiy faoliyatlarda, davra suhbatlarida mehnat qurollari, ularning vazifalari haqida maʼlumot beriladi: Ketmon- yerni chopish, yumshatish, egat olishda ishlatiladi. Belkurak- yerni chopish, yumshatish, koʻchat ekishda chuqur qazishda ishlatiladi. Chelak- oʻsimliklarni sugʻorishda, suv tashish, suv quyishda, sabzovotlarni yigʻishda ishlatiladi Tesha – chopiq qilishda, oʻtoq qilishda, chuqurcha olishda ishlatiladi.Bu mehnat qurollarini tartibli, ozoda saqlashimiz kerak. Ularni shunday joylashtirish lozimki, ularni olish, ulardan foydalanish, tartibga keltirish va joyiga qoʻyish sizga qulay boʻlsin. Hamma asboboblarni koʻrinadigan qilib joylashtirish shart emas: nima qayerdaligini bilsangiz va asbobni mustaqil olib foydalana olsangiz shuni oʻzi kifoyadir. Shunda biz mehnat qurollarini tartibli saqlash va ulardan oʻrinli foydalana olishga oʻrganamiz. 4-hafta. Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar 585 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Mavzu: Xoʻjalik mehnat qurollari bilan tanishtirish. (Ketmon, belkurak, chelak, tesha) Maqsad: bola kattalarning nutqini tinglaydi va tushunadi, ular kattalarga murojaat qiladi, rasmda koʻrgan narsasi haqida soʻzlaydi, berilgan savollarga tortinmasdan javob beradi, muloqot davrida faollik bildiradi.Bolalar lugʻati mehnat qurollari: ketmon, belkurak, chelak, tesha va ularning vazifalari haqidagi soʻzlar bilan boyiydi. Kerakli jihozlar:"Xoʻjalik mehnat qurollari" oʻyinchoqlar toʻplami. ketmon, belkurak, chelak, tesha tasvirlangan rasmlar. Taʼlimiy-tarbiyaviy faoliyatning borishi: Tarbiyachi: bolalar bugun biz mehnat qurollari, ularning vazifalari haqida suhbatlashamiz. Bu ketmon. Ketmon- yerni chopish, yumshatish, egat olishda ishlatiladi. Bu belkurak. Belkurak- yerni chopish, yumshatish, koʻchat ekishda chuqur qazishda ishlatiladi. Bu chelak. Chelak- oʻsimliklarni sugʻorishda, suv tashish, suv quyishda, sabzovotlarni yigʻishda ishlatiladi Bu tesha. Tesha – chopiq qilishda, oʻtoq qilishda, egatlarga chuqurcha qazishda ishlatiladi.Bu mehnat qurollarini tartibli, ozoda saqlashimiz kerak. Bu xaskash. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib bir yoʻla yer tekislab olinadi. Ularni shunday joylashtirish lozimki, ularni olish, ulardan foydalanish, tartibga keltirish va joyiga qoʻyish sizga qulay boʻlsin. Hamma asboboblarni koʻrinadigan qilib joylashtirish shart emas: nima qayerdaligini bilsangiz va asbobni mustaqil olib foydalana olsangiz shuni oʻzi kifoyadir. Shunda biz mehnat qurollarini tartibli saqlash va ulardan oʻrinli foydalana olishga oʻrganamiz. Tarbiyachilarga eslatma: Tarbiyachi asbobni tanlar ekan, oʻz guruhidagi bolalarning yoshlarini, ishlarining mazmunini albatta hisobga olishi lo
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirining may oyi “Maishiy asbob-uskunalar — bizning yordamchimiz” deb nomlangan haftaligini oʻtkazish boʻyicha bolalarga beriladigan bilimlar mazmun…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirining may oyi “Maishiy asbob-uskunalar — bizning yordamchimiz” deb nomlangan haftaligini oʻtkazish boʻyicha bolalarga beriladigan bilimlar mazmun… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Metodik mahorat kuni”, честный труд, “Metodik mahorat soati”, halol mehnat, День методических навыков», «Час методических навыков»
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026