Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ В КОНТЕКСТЕ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ АСПЕКТЫ
Turgunov Baxromjon Raximjonovich (Andijon davlat pedagogika instituti) · Tel: G-mail: btrbaxrom@gmail.com (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda raqamli transformatsiya sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilindi. Raqamli texnologiyalar bolalarning shaxsiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ularning ijtimoiy-madaniy ongini shakllantirishda muhim vositaga aylanishi mumkin. Ushbu maqolada raqamli muhitda milliy qadriyatlar shakllanishining pedagogik va psixologik asoslarini yoritishga harakat qildik. Kalit so‘zlar: raqamli muhit, maktabgacha ta’lim, milliy qadriyatlar, pedagogik asoslar, psixologik yondashuv, tarbiyaviy texnologiyalar Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga, xususan, ta’lim sohasiga chuqur kirib kelmoqda. Raqamli transformatsiya jarayoni maktabgacha ta’lim tizimini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Bolalar ilk yoshdayoq smartfon, planshet, interaktiv ta’lim resurslari bilan tanishmoqdalar. Shu bilan birga, raqamli muhitda bolalarning ongiga milliy qadriyatlarni singdirish, ularni ma’naviy barkamol shaxs etib tarbiyalash dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, raqamli muhit orqali milliy qadriyatlarni singdirish bo‘yicha samarali metodik yondashuvlar ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida raqamli resurslardan oqilona foydalanish orqali bolalarda vatanparvarlik, mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni shakllantirish mumkin. Bunda raqamli kontentlar (multfilmlar, o‘yinlar, interaktiv dasturlar) milliy ruhda ishlab chiqilishi va yosh bolalarning psixologik xususiyatlariga mos bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar bolalar dunyoqarashi, psixologik rivojlanishi va axloqiy tarbiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, 3–6 yoshdagi bolalar vizual va emotsional taassurotlarga ochiq bo‘lib, ular uchun raqamli kontentning mazmuni nihoyatda muhimdir. Mavjud tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy yoki betaraf kontent bilan haddan tashqari ko‘p shug‘ullangan bolalarda o‘ziga xos ijtimoiy va axloqiy muammolar yuzaga kelmoqda. Shu bois, raqamli muhitda bolalarning milliy identitetini shakllantirish masalasi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishiga aylanishi zarur. Milliy qadriyatlar mazmuni va zaruriyati muhim omillardan biri hisoblanadi. Milliy qadriyatlar-bu xalqning tarixiy-madaniy merosi, an’analari, tili, dini, urf-odatlari va axloqiy me’yorlari tizimidir. Maktabgacha ta’limda ushbu qadriyatlarni singdirish bolaning shaxsiyati shakllanishida asosiy omillaridan biridir. Masalan, ota-onaga hurmat, katta-kichikka izzat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlar bolaning emotsional-ijtimoiy rivojlanishini belgilaydi. Pedagogik-psixologik yondashuvlar milliy qadriyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Didaktik yondashuv – ta’lim kontentini milliy qadriyatlarga boyitish zarur (interaktiv ertaklar, milliy o‘yinlar, animatsiyalar). Psixologik yondashuv – bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, emotsional qabul darajasini hisobga olish kerak. Madaniy-integrativ yondashuv – raqamli vositalarda xalq ijodiyoti namunalarini qo‘llash (masalan, xalq ertaklari asosida o‘yinli mashg‘ulotlar).Oilaviy yondashuv – ota-onalarni raqamli tarbiya jarayoniga faol jalb etish kerak. 590 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Ushbu yondashuvlar asosida pedagoglar milliy qadriyatlarni virtual muhitda ham samarali singdira oladi. Misol uchun, bolalar uchun mo‘ljallangan milliy qadriyatlar o‘lkasi kabi raqamli platformalar yordamida interaktiv tarzda milliy madaniyat bilan tanishtirish mumkin. Raqamli tarbiya vositalari bugungi kunda bir necha vositalar orqali milliy qadriyatlar raqamli muhitda shakllantirilmoqda. Bular mobil ilovalar (bolalar uchun o‘zbekcha interaktiv o‘yinlar), multfilmlar (milliy ertaklar asosida yaratilgan),virtual musobaqalar va viktorinalar (masalan, “Kim milliy qahramonlarimizni biladi?”),QR kodli ta’lim resurslari(kitoblar, devoriy plakatlar orqali raqamli mazmunga yo‘naltiruvchi) kabilardir. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, raqamli transformatsiya sharoitida maktabgacha ta’limning samaradorligini oshirish uchun raqamli vositalarni milliy qadriyatlar asosida ishlab chiqish va qo‘llash zarur. Bunda pedagogik-psixologik yondashuvlar asosida bolalarning yosh xususiyatlariga mos ta’limiy va tarbiyaviy resurslarni yaratish muhimdir. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikda raqamli tarbiya madaniyatini shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy ong va qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Raqamli muhit pedagog va ota-onalar uchun qulay vosita bo‘lib, agar u pedagogik-psixologik jihatdan asoslangan holda qo‘llansa, bolalarda milliy qadriyatlarni samarali shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasalarida raqamli pedagogik texnologiyalarni milliy tarbiya konsepsiyasi asosida integratsiya qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda raqamli transformatsiya sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda raqamli transformatsiya sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- : цифровая среда, : raqamli muhit, дошкольное образование, maktabgacha ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025