К содержанию
РецензированоRU2025

ДРУЖБА В СОВРЕМЕННЫХ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ ОТНОШЕНИЙ (НА ПРИМЕРЕ ХАДИСИРОВ)

Kuranova Ismigul Xolmurod qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy maktabgacha ta’limtashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o’rtasida do’stona munosabatlarni shakllantirishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Kalit so’zlar:maktabgacha ta’lim ,do’stona,munosabat ,hadislar,tarbiya,ijtimoiylashuv Do‘stona munosabatlar tarbiyachi pedagog va bolalar hayotidagi eng muhim insoniy qadriyatlarning tarkibiy qismidir. Har qanday jamiyat do‘stona munosabatlarga ma’naviy ehtiyoj sezadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalar jamoasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish, ularga insoniy fazilatlarni singdirish, ijtimoiylashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash pedagogik faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday munosabatlar jamiyatda o‘zaro tushunish, tinchlik va hamkorlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Ushbu munosabatlar zamirida inson hayotining turli bosqichlarida psixologik qo‘llab-quvvatlash vazifasini o‘tash, quvonchlariga sherik bo‘lish, dardlarini yengillatish, jamoadoshlarini boricha qabul qilish, bir-birlarini yutuqlaridan xursand bo‘lish va kamchiliklarini tuzatishga yordam berishga intilish, asrab- avaylash, bir-biriga mehribon bo‘lish, ularni qadrlash, sadoqat, ishonch va samimiyatga asoslangan eng buyuk munosabatlar o‘rnatish kabilar yotadi. Do‘stona munosabatlar nafaqat yaqin do‘stlar o‘rtasida, balki oila, ta’lim maskanlari, kasbiy faoliyati jarayoni, qo‘ni-qo‘shnichilik, qarindosh-urug‘, umuman, jamiyat ijtimoiy strukturasining barcha bosqichlarida integratsiyalashgan holda shakllanishi lozim. Do‘stona munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlash uchun quyidagi tamoyillarga amal qilish muhimdir: · Samimiyat va sadoqat – inson boshqalar bilan ochiq va halol munosabatda bo‘lishi kerak. · Hurmat va e’tibor – har kimning fikri, hissiyotlari va huquqlari, qadriyatlari qadrlanishi lozim. · Yaxshilik va mehribonlik – yordam qo‘lini cho‘zish va boshqalarning farovonligiga befarq bo‘lmaslik do‘stona muhitni mustahkamlaydi. · Kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish – sabr-toqat va tushunish orqali muammolarni hal qilish lozim. Do‘stona munosabatlar insonning baxtiyor hayot kechirishi, ruhiy xotirjamligi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun muhim ahamiyatga ega. Zamonaviylik ruhi singdirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu munosabatlar tashkilotni gullab-yashnashi, yutuqlarga erishishi va o‘zini oqlashiga sabab bo‘ladigan asosiy vositalardan biridir. Shu sababli jamoaning har bir a’zosi o‘zida do‘stonalik sifatlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Do‘stlik rishtalari insonlar orasidagi eng mustahkam va uzoq davom etadigan ijtimoiy aloqalardan biri hisoblanadi. Ushbu munosabatlarning ildizi islom dinimizga, hadis-u hikmatlarga borib taqaladi. Shuning uchun bu masala nafaqat ijtimoiy psixologiya, balki diniy-axloqiy asoslar bilan ham chuqur bog‘liqdir. Do‘stonalik tuyg‘ularini pedagogik va diniy-axloqiy tamoyillar asosida shakllantirish ushbu tuyg‘ularni mustahkam bo‘lishida hizmat qiladi. Tasavvuf olamida do‘stlikning asl mohiyati — bu bir-birining ruhiy holatini tushunish, bir-biriga yordam berish va zarar yetkazmaslikdir. Tasavvufdagi do‘stlik, nafaqat tashqi ko‘rinish va foyda keltiradigan munosabatlar sifatida, balki ruhiy va ma’naviy o‘sishga, bir-birini Alloh yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aloqadir. Har bir do‘st bir-birining ruhiy holatini tushunishga, qiyinchiliklarda birga bo‘lishga va do‘stni ruhiy 602 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil poklikka chaqirishga intiladi. Qur’oni karim va hadislarida do‘stlik va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga alohida ahamiyat berilgan. Ushbu diniy-axloqiy tushunchalar odamlar o‘rtasida salohiyatli do‘stlik rishtalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Xususan, islomiy manbalarda insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, hurmat va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. Islomda do‘stona munosabatlarning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: · samimiylik va halollik –Alloh roziligi uchun do‘st bo‘lishi, o‘z manfaatini ko‘zlamaslik va dunyo matohlariga berilmaslik; · o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash – qiyin vaziyatda do‘stga yordam berish, g‘amxo‘rlik qilish,; · g‘iybat va xiyonatdan tiyilish – do‘stlikni buzadigan narsalardan uzoq turish, o‘zga bir insonni sirini saqlash, moliga, joniga,omonatiga va so‘ziga sodiq bo‘lish; · kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish – o‘zaro tushunmovchilik bo‘lsa, uni yaxshi yo‘l bilan bartaraf etish, xatolarini kechirish, xato qilishni insonga xos fazilat sifatida qarash; · g‘azab qilmaslik – g‘azab qilish insonlarga ruhiy va ma’naviy zarar yatkazadi, jamiyatdan, do‘stlar jamoasidan ajralib qolishga sabab bo‘ladi. Payg‘ambarimiz g‘azab qilmaslikka buyurganlar; · odob va axloq qoidalariga amal qilish – insoniylikning eng muhim fazilati bo‘lib, do‘stona munosabatlarni mustahkamlaydi, insonlarni yaxshilikka chaqirish boshqa bir insonning vazifasi hisoblanadi. Do‘stlikni mustahkamlovchi omillar: · Salomlashish,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy maktabgacha ta’limtashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o’rtasida do’stona munosabatlarni shakllantirishning dolzarb jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy maktabgacha ta’limtashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o’rtasida do’stona munosabatlarni shakllantirishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
дошкольное образование, do’stona, maktabgacha ta’lim, дружелюбный
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники