К содержанию
РецензированоRU2025

ПРИЧИНЫ НАРУШЕНИЙ РЕЧИ И АНАЛИЗ ПРИЧИН РЕЧЕВОГО ДЕФЕКТА ДИСЛАЛИИ

Ro‘ziyeva Nozimaxon (instituti 2-kurs talabasi)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada dislaliya nutq nuqsonining kelib chiqish sabablari va bu kamchilikni rivojlanishi uchun sharoit yaratib beruvchi bir qancha omillar shu bilan birgalikda keltirib chiqaruvchi sabablarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Etiologiya , ontogenez, prenatal, postnatal, natal davrlar, mexanik (organik) , funksional sabablar, travma, ochiq prikus, progeniya, prognatiya, fonematik eshitish. Har bir kasallikning keltirib chiqaruvchi sababchisi bo‘ladi. Aynan o‘sha sabab malum bir kasallikning rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Hozirgi kunda bir qancha chet el va o‘zbek olimlari aynan mana shu kasalliklarning sabablarini o‘rganib kelmoqda. U har qanday a’zo tuzilishidagi kasallik bo‘lishi mumkin. Misol uchun yurak muskullarining yaxshi qisqara olmasligining sababi unga kerakli miqdorda ozuqa moddalarining yetishmasligi yoki eshitishning buzilishi homila paytidagi travma va tug‘ilgandan keyingi jarohatlar natijasida bo‘ishi mumkin. Bularning barchasi malum bir kamchilikning rivojlanishgi uchun sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari ham turlichadir. Shunday ekan nutq sistemasi kasalliklarining etiologiyasi bilan tanishib chiqsak: - Onaning homiladorlik davrida infeksion kasalliklar (qizamiq, sitomegaliya, taksoplazmoz, gripp va h.k.) - Onaning yurak qon tomir va endokrin tizimdaggi buzilishlar, homiladorlikning taksikozlari, homla va ona qonining immunologik to‘g‘ri kelnmasligi, homiladorlik davrida jismoniy va ruhiy jarohatlar, asfiksiyalar, ona qornidagi travmalar. - Meningit; ensefalit; meningoensefalit; bosh miya travmalari. - Ona qornidagi tug‘ilish va tug‘ilgandan keying zararli omillarning ta’siri miya suyuqligi va qobig‘ida turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu esa kelgusida ularning normal rivojlanishini izdan chiqaradi [1.155-b] Yuqorida keltirilggan sabablarning barchasi nutq nuqsonlarini keltirib chiqaradi. Homiladorlik payida sodir bo‘uvchi travmalar ham ma’lum nutq nuqsonini keltirib chiqarishi mumkin. Nafaqat homila paytida balki bolaning tug‘ilish paytida ham bir qancha olgan jarohatlari nutq nkasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bola tugg‘ilgandan so‘ng ham tashqi ta’sirlar natijasida nutq rivolanishining izdan chiqishi hech gap emas. Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1. Organik harakterdagi nutq buzilishlari. 2. Funksional harakterdagi nutq buzilishlari. Organik nutq buzilishlari o‘z navbatida ma’lum joyning zararlanishigga ko‘ra markaziy va periferik harakterda bo‘ladi. Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasini u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy harakterdagi nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kiradi. Periferik buzilishlar: arttikulatsion apparatning noto‘g‘ri tuzilishi yoki buzilishi va periferik nerv artikulatsion organlar innervatsiyasini buzilishidan kelib chiqadi. Periferik harakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolalaiya, prognatiya, progeniya kiradi. Funksional buzilishlar – bunda nutq jarayonida ishtirok etadigon a’zolar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Funksional harakterdaggi nutq buzilishlariga: dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi [2.22-b] 687 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Quyida barcha nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablarini ko‘rib chiqdik. Barcha nuqsonlarni o‘rganish davomida har bittasining o‘ziga xos etiologiyasi bo‘ladi. Yani yuqoridagi sababni barcha nutq nuqsoni uchun umumiy deb oladigon bo‘lsak, endi har bir kamchilikni o‘rganish davomida umumiy sababni o‘rganilayotgan bitta kasallikga moslagan holatda tahlil qilamiz. Huddi shunday dislaliya nutq nuqsoni uchun sabab bo‘lib xizmat qiluvchi bir qancha omillarni ko‘rib chiqamiz. Etiologik belgilariga ko‘ra dislaliya ikki shaklga bo‘linadi: 1.Mexanik (organik) dislaliya 2.Funksional dislaliya [3.88-b] Dislaliyaning mana shu ikki shaklining kelib chiqish sababini ko‘rib chiqamiz. Mexanik dislaliya periferik nutq aparatining (til, jag‘, tanglay, tish) orgganik buzilishi natijasidir. Til tagidagi etning (yugancha) kattaligi mexanik dislaliyaga sabab bo‘ladi. Bu kamchilik til harakatini qiyinlashtiradi, til tagidagi etning haddan tashqari kalta bo‘lishi tilning yuqori tomon ko‘tarilishiga imkon bermaydi. Bundan tashqari , tilning haddan tashqari katta bo‘lishi yoki haddan tashqari kichik va tor bo‘lishi ham dislaliyaga olib keladi. Jag‘ tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormaliklarga olib keladi. Nonormal prikuslar bir necha xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 1. Prognatiya – yuqori jag‘ oldinga tomon chiqqan bo‘ladi. 2. Progeniya – pastki jag‘ oldinga chiqqan bo‘ladi. 3. Ochiq prikus – yuqori va pastki jag‘lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qoladi [3.88-89-b]. Shundan ko‘rinib turibdiki tovush va harf hosil qiluvchi har bitta artikulatsion a’zo ma’lum bir nutqni hosil qilish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dislaliya nutq nuqsonining kelib chiqish sabablari va bu kamchilikni rivojlanishi uchun sharoit yaratib beruvchi bir qancha omillar shu bilan birgalikda keltirib chiqaruvchi sabablarning o‘ziga xos xusu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dislaliya nutq nuqsonining kelib chiqish sabablari va bu kamchilikni rivojlanishi uchun sharoit yaratib beruvchi bir qancha omillar shu bilan birgalikda keltirib chiqaruvchi sabablarning o‘ziga xos xusu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prenatal, Etiologiya, ontogenez, ontogenesis, Etiology
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники