Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ ДЕЛО В ФОРМИРОВАНИИ КОНКУРЕНТОСПОСОБНЫХ КАДРОВ ПРЕИМУЩЕСТВА ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО КЛАСТЕРА
TA’LIM KLASTERINING AFZALLIKLARI · Igamberdiyev Doniyorbek Saidxanovich (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada pedagogik ta’lim klasterlari raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning innovatsion mexanizmi sifatida tahlil etilgan. Klaster modelining mohiyati, asosiy tamoyillari, xorijiy tajribasi va uning O‘zbekiston ta’lim tizimidagi istiqbollari yoritilgan. Pedagogik ta’lim klasterlarining afzalliklari, jumladan, nazariy va amaliy ta’lim uyg‘unligi, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik, raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, pedagogik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan takliflar ham ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: Pedagogik ta’lim klasteri, innovatsion ta’lim, raqobatbardosh kadrlar, ta’lim tizimi, amaliy ta’lim, nazariy bilim, xalqaro tajriba, ta’lim innovatsiyalari, raqamli texnologiyalar, ta’lim hamkorligi. Bugungi kunda ta’lim tizimining rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Globallashuv va innovatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida zamonaviy ta’lim tizimi oldida yangi vazifalar paydo bo‘lmoqda. Xususan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash zarurati zamonaviy ta’lim modellari, jumladan, pedagogik ta’lim klasterlarini shakllantirish va rivojlantirishni talab etmoqda. Pedagogik ta’lim klasteri – bu ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy- tadqiqot institutlari hamda boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi asosida shakllangan kompleks tizimdir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi – ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini uyg‘unlashtirish, mehnat bozorining ehtiyojlariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda pedagogik ta’lim klasterlari ta’lim samaradorligini oshirish vositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda. Xususan, AQSh, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlarda ushbu tizim innovatsion ta’lim modellari bilan uyg‘unlashtirilib, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda . O‘zbekiston ta’lim tizimida ham pedagogik ta’lim klasterlari joriy etish bo‘yicha bir qator islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, Prezident qarorlari va ta’limni rivojlantirish strategiyalarida ushbu tizimni joriy qilishning dolzarbligi ta’kidlanmoqda. Shu munosabat bilan pedagogik ta’lim klasterlarining afzalliklarini tahlil qilish va ularning raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdagi o‘rnini o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Pedagogik ta’lim klasteri: asosiy tushunchalar va tamoyillar: Pedagogik ta’lim klasteri – bu ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik asosida tashkil etilgan tizimidir. Ushbu tizim pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonini mehnat bozorining ehtiyojlariga mos ravishda takomillashtirishga qaratilgan. Pedagogik ta’lim klasterlari zamonaviy ta’lim tizimining innovatsion modeli bo‘lib, o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularning kasbiy malakasini oshirish va amaliyot bilan bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim klasterlari tizimi, odatda, quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: Oliy ta’lim muassasalari – pedagogik mutaxassislarni tayyorlash markazi sifatida faoliyat yuritadi. Kasb-hunar ta’limi markazlari – kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ilmiy-tadqiqot institutlari – pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va tajribalar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. adpi.uz universaljurnal.uz 44 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Ish beruvchilar va maktablar – bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini ta’minlaydi. Pedagogik ta’lim klasterining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Integratsiyalashgan yondashuv – ta’lim jarayonida nazariya va amaliyotning uyg‘unligi ta’minlanadi. 2. Uzluksiz ta’lim – pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlari uzluksiz olib boriladi. 3. Innovatsion metodikalar – ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullari qo‘llaniladi. 4. Hamkorlik va ko‘p tomonlama aloqalar – ta’lim muassasalari va mehnat bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi. 5. Modullashtirilgan o‘qitish tizimi – talabalarga kasbiy ehtiyojlarga mos ravishda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Pedagogik ta’lim klasterlarining samaradorligi yuqori darajada bo‘lishi uchun zamonaviy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish va pedagoglarning malakasini muntazam oshirib borish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, pedagogik ta’lim klasterlari xalqaro tajribalarga asoslangan holda takomillashtirilishi lozim. Pedagogik ta’lim klasterlarini rivojlantirish istiqbollari va takliflar : O‘zbekiston ta’lim tizimida pedagogik ta’lim klasterlarini rivojlantirish istiqbollari mamlakatning strategik ta’lim islohotlari doirasida ko‘rib chiqilmoqda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada pedagogik ta’lim klasterlari raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning innovatsion mexanizmi sifatida tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada pedagogik ta’lim klasterlari raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning innovatsion mexanizmi sifatida tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nazariy bilim, education system, innovative education, теоретические знания, Педагогический образовательный кластер, educational cooperation., international experience, educational innovations, Pedagogical education cluster, ta’lim tizimi, практическое образование, xalqaro tajriba, ta’lim hamkorligi., raqobatbardosh kadrlar, международный опыт, competitive personnel, theoretical knowledge, конкурентоспособные кадры, digital technologies, ta’lim innovatsiyalari, innovatsion ta’lim, образовательные инновации, цифровые технологии, Pedagogik ta’lim klasteri, raqamli texnologiyalar, образовательное сотрудничество., инновационное образование, practical education, образование система, amaliy ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026