К содержанию
РецензированоRU2025

АРТ-ТЕРАПИЯ ДЛЯ ДОШКОЛЬНИКОВ ВАЖНОСТЬ ПЕРЕДАЧИ НАУКИ

FANINI O‘TISHNING AHAMIYATI

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur tezis maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida talabalarga art terapiya fanining ahamiyati va kelajakda kasbiy faoliyatidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Art terapiya talabalarga darslarni o‘zlashtirishda shaxsiy rivojlanishda, hissiyotlarini barqarorlashtirishda, muammolarini yuzaga chiqarishda , kasbiy faoliyatida katta yordam beradi. Kalit so‘zlar: art terapiya, pedagogik va psixologik rivojlanish jarayoni, jamoaviy ishlash, empatiya, visual obraz, individual va guruh darslari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. “Art terapiya” ( art – san‘at , theoraphy – davolash ), san‘at yordamida davolash degan ma‘noni anglatadi. Bu ijodkorlik bilan birlashtirilgan muloqotning terapevtik ta‘siriga asoslangan usul hisoblanadi. Art terapiya psixoterapiyaning nisbatan yangi usulidir. Art terapiya insonning ichki dunyosini ifodalash va psixologik muammolarini bartaraf etish uchun san‘at vositalaridan foydalanishga asoslangan metod. Bu yondashuv ta‘lim jarayonida stressni kamaytirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va o‘qitish samaradorligini oshirishda qo‘llaniladi. Art terapiya faqat san‘at bilan shug’ullanish emas, balki pedagogik va psixologik rivojlanish jarayoni hamdir. Pedagogik jihatdan- talabalar murakkab fanlarni san‘at orqali o‘zlashtiradi. Masalan, maktabgacha ta‘limda matematika, tabiatshunoslik yoki psixologiya elementlarini rasm chizish, haykaltaroshlik yoki qo‘l mehnati orqali tushuntirish mumkin. Shuning uchun biz oliy ta’limda talabalarga art terapiyaning barcha yo‘nalishlarini chuqur o‘rgatishimiz zarur. Ular kelajakda maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalar bilan amaliy mashg‘ulotlarni bemalol o‘ta olishadi. Shuningdek, psixologik jihatdan – talabalar o‘z hissiyotlarini san’at orqali ifodalaydi va bu ularning stress darajasini kamaytiradi. O‘qish jarayonida turli xil bosim va qiyinchiliklarga duch kelishadi. Buni rasm chizish, musiqa tinglash, loydan narsa yasash, o‘yinlar o‘ynash orqali o‘zlarining hissiy holatini barqarorlashtiradi. Shuning bilan birga hissiyotlarini yaxshiroq tushunish orqali shaxsiy muammolarini ijodiy yo‘l bilan ifodalashlari mumkin. Guruhda bajariladigan art terapiya mashg‘ulotlari talabalar orasidagi o‘zaro tushunishni oshiradi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi va empatiyani shakllantiradi. Bugungi kunda talabalar orasida ham darsga e‘tiborsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, holatlari ko‘p uchramoqda. Bunga asosiy sabab, albatta, telefondan ko‘p foydalanish deyilmoqda. Art terapiya mashg‘ulotlari hozirgi onga jamlanishga undaydi. Bu, ayniqsa, diqqat bir joyga jamlash qiyin bo‘lgan talabalar uchun foydalidir. Ba‘zi talabalar o‘z muammolarini so‘z bilan ifodalashga qiynalishadi, aynan art terapiya fani ularga o‘z hissiyotlarini visual obrazlar orqali ifodalashga yordam beradi. Ma‘lumki, maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar kelajakda bolalar bilan ishlashadi, shuning uchun ularning ta‘lim jarayoniga art terapiyani integratsiya qilish nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ham katta foyda keltiradi. Art terapiya individual va guruh darslari shaklida olib boriladi. Bu oliy ta‘limda talabalarga, maktabgacha ta‘lim tashkilotida bolalarga bilim berishni osonlashtiradi. Yana bir tomondan, art terapiya – psixokorreksiya usuli. Bu allaqachon bir necha marta yaxshi natijalar ko‘rsatgan metod. Muomala jarayonida san‘atning deyarli barcha turlari insonning adpi.uz universaljurnal.uz 63 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil ruhiy-emotsional holatini yaxshilaydi, bemorning ichki muammolariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, qo‘rquvlarini xohish-istaklarini va maqsadlarini anglashni hamda ularni mavjud bo‘lgan ijodiy yo‘llar orqali ifodalashni o‘rgatadi. Shuningdek, art-terapiya texnikasi insonning ichki "men"i mazmuni uning chizgan rasm yoki yaratgan haykaltaroshlik asarlarida vizual tasvirlar orqali aks etadi, degan xulosaga asoslanadi. Bu jarayonda psixikaning holati o‘zgaradi va inson o‘zining ichki dunyosini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Art-terapiyaning noyob ahamiyati shundaki, inson korreksiya jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda ishtirokchidan san'at sohasida tajriba yoki maxsus mahorat talab qilinmaydi, bu esa uni keng qamrovli va hamma uchun ochiq usulga aylantiradi. Shunday qilib, art-terapiya talabalarga nafaqat o‘zlarining hissiy va psixologik holatini yaxshilashga yordam beradi, balki ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, stressni kamaytirish va o‘zini anglash jarayonini chuqurlashtirish uchun ham samarali vosita hisoblanadi. Art terapiya usullari Faol – bunday holda, barcha protsedura yangi ijodiy kompozitsiyani loyihalashga qaratilg

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezis maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida talabalarga art terapiya fanining ahamiyati va kelajakda kasbiy faoliyatidagi o‘rniga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezis maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida talabalarga art terapiya fanining ahamiyati va kelajakda kasbiy faoliyatidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
работа в команде, педагогический и психологический процесс развития, individual va guruh darslari, empatiya, pedagogical and psychological development process, визуальные образы, empathy, individual and group lessons, арт-терапия, jamoaviy ishlash, art therapy, эмпатия, teamwork, art terapiya, pedagogik va psixologik rivojlanish jarayoni, индивидуальные и групповые занятия, visual obraz, visual imagery
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники