К содержанию
РецензированоRU2017

ZAMONAVIY DARSLIKLAR TA`LIM SIFATINING OLDIGA QO`YILGAN TALABLARI

QO`YILGAN TALABLARI · Nisanbayeva Akmaral · Abdukadirova Asel

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2017

Аннотация

В данной статье сравниваются различия между разделом «Обучение грамоте» «Национальной программы» с предыдущими программами в плане повышения качества образования в Республике Узбекистан. Анализируется учебник «Алифбе», созданный на основе этой программы. Annotation: This article compares the differences between the "Literacy Education" section of the "National Program" with previous programs in terms of improving the quality of education in the Republic of Uzbekistan. The textbook "Alifbe", created on the basis of this program, is analyzed. Dunyo bo‘ylab ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifalarini qo‘ymoqda. Bunday vaziyatda taʼlim sohasida jiddiy samarali oʻzgarishlar qilish zarur. Bu harakat esa mustahkam, puxta oʻylangan dastur asosida amalga oshirilishi kerak. Taʼlimni isloh qilish boʻyicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi taʼlimga oʻzgarishlar kirita oladigan “Milliy oʻquv dasturi” ishlab chiqildi. Milliy dasturda umumiy o‘rta 88ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi quyidagicha belgilangan: “o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat”11. Ko‘rsatilgan bu maqsadlarni amalga oshirishda savod o‘rgatish davrining ahamiyati katta. Dasturda bu davr “Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish” deb nomlanib ikki davrga bo‘linadi: I boʻlim. Tayyorgarlik davri (16 soat). II boʻlim. Alifbe davri (112 soat). Ko‘rsatilgan bu davrlar o‘z navbatida yana turlarga ajratiladi. 1. I boʻlim. Tayyorgarlik davri. Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari (8 soat) 2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari (8 soat) 23 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 2. II boʻlim. Alifbe davri (112 soat) 1.O‘qishga o‘rgatish (56 soat) 2. Yozuvga o‘rgatish (56 soat) Amaldagi dastur avvalgi dasturlardan mavzularni o‘rganish uchun ajratilgan soatlar hajmi jihatidan farq qiladi. Ilgarigi dasturda12 alifbe davri uchun umumiy 120 soat: o‘qishga o‘rgatish uchun 60 soat, yozuvga o‘rgatish uchun 60 soat ajratilgan. MO‘D bo‘yicha alifbe davri uchun umumiy 112 soat, bundan o‘qishga o‘rgatish uchun 56 soat, yozuvga o‘rgatish uchun 56 soat ajratilgan. Shuningdek, amaldagi dastur tuzilishi jihatidan ham avvalgilaridan farqlanadi. Avvalgi dasturda "Sinfdan tashqari o‘qish" bo‘limi kiritilgan bo‘lib, sinflar kesimida sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish haqida metodik yo‘l-yo‘riqlar berilgan. Chunonchi, 1-sinfda savod o‘rgatish davrida haftada bir marta alifbe darslarining 15-20 daqiqasini ajratilishi belgilab qo‘yilgan. Dasturda beriladigan bilimlar hajmi bilan bir qatorda bilimlar mamuni ham bayon qilinadi. Amalga kiritilgan dasturda bilimlar mamuni berishda necha yillar davomida shakllanib kelgan tajribalarga asoslanilgan. Milliy dastur asosida “Alifbe” darsligi tayyorlanib amaliyotga joriy qilindi. Bu darslikdagi dastlab diqqatni jalb qiluvchi obyekt shartli belgilar sonining oshgani, xususan “so‘z andozasi bilan ishlang”, ” rasmga qarab so‘zlang” kabi o‘quvchining tafakkuri, fikrlashi va nutq qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan mashqlar tizimining qo‘shilganligi va darslikni to‘ldiruvchi raqamli tashkil etuvchilarga o‘tish uchun QR kod mavjudligi bilan zamon talablari-ga moslashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari ushbu darslikning ilk mavzusidanoq mavzuga doir o‘quvchini o‘z fikrini bayon qilishga undaydigan savollar berilganligidir. Shu bilan birga ushbu kitobda kundalik turmush tarzidagi holatar mavzuga mos tarzda rasm asosida tasvirlangan. Masalan, ”R” tovish-harfi o‘rganilganda “Onam nima deydi?” mavzusida rasmlar va gaplar berilgan. Rasm-larni kuzatgan, gaplarni o‘qigan o‘quvchilar o‘z hayotlarida ham shu gaplarni eshitishlarini, ularning ma’nolarini hisiladilar. Darslikdagi ahamiyatli jihatlardan yana biri fanlararo integratsiyaning qo‘llanganligidir. O‘tovush-harfini o‘rganish jrayonida darslikning 28-betida berilgan rasm orqali o‘quvchilar o‘rik mevasining qanday yetishtirilishi haqida amaliy bilimga ega bo‘ladilar, tabiat, o‘simliklar haqidagi bilimlari boyiydi, ayni vaqtda darsning qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi. Darslikda berilgan matnlar janr jihatdan xilma-xil bo‘lib, ularning aksariyati, o‘ylashga izlanishga undaydi. Masalan, darslikning 59-betida 24 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference “Zumrad va Qimmat” ertagining boshlanish qismi berilgan bo‘lib, davomini o‘quvchilar eshitganlari yoki o‘qiganlari asosida davom ettirishlari lozim. Y tovish-harfini o‘rganishda shu tovish- harf ishtirok etgan so‘zlar va “Yayra” matni berilgan. Matn yuzasidan quyidagi topshiriq va savollar havola qilingan: 1. Y va y harflari qatnashgan so‘zlarni toping. 2. Bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ulla

Доказательный фрагмент

«В данной статье сравниваются различия между разделом «Обучение грамоте» «Национальной программы» с предыдущими программами в плане повышения качества образования в Республике Узбекистан.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье сравниваются различия между разделом «Обучение грамоте» «Национальной программы» с предыдущими программами в плане повышения качества образования в Республике Узбекистан. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rgatish soat, alifbe davri, savod rgatish, davri soat, soat qishga, qishga rgatish, soat yozuvga
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники