Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BOBURIYNOMA” NASHRLARINING MATNIY-QIYOSIY TADQIQI
Sitora Tojiddinova
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asarining mavjud uch nashri matniy-qiyosiy aspektda organilgan va yozuvchining badiiy tahrir mahorati tahlil etilgan. Kalit soʻzlar. “Boburiynoma”, matn, qiyos, adabiy tahrir, tahlil “Boburiynoma” maʼrifiy romanining mavjud uch nashrini qiyosiy oʻrganish jarayonida guvoh bolamizki, asar matni nashrdan nashrga sayqallanib, ham ilmiy, ham badiiy jihatdan yuksalib borgan. Ushbu maqolada asar ikkinchi nashrida badiiy tahrir sanʼati qoʻllanilgan matn namunalariga eʼtibor qaratamiz, Ayni shu yoʻnalishni, komil ishonch bilan yozuvchining oʻzini oʻzi tahrir qilishi, deya baholagan boʻlardik. Juda qiziq jarayon: bunda dizaynerona qarasangiz ham, olimona nigoh tashlasangiz ham, muharrirona sinchiklasangiz ham bexato oʻrinlar oʻzgartirilgan! Sirasini aytganda, hech qachon yozganidan koʻngli mutlaq toʻlmaydigan haqiqiy ijodkor zoti har bir asarini imkon topsa, yuz marta, ming marta qayta tahrir qilishi mumkin. Bunday holatda uni faqatgina olqishlash lozim, nazarimizda. Chunki adabiyot — goʻzallik! Goʻzallikning esa chegarasi yoʻq. Bir jumlani oʻn marta badiiy tahrir elagidan oʻtkazib, oʻn karra jozibaliroq qilish imkoni bor. Shu maʼnoda “Boburiynoma” muallifi muharrir-u olimlardan farqli oʻlaroq ijodkor qalb bilan “tuppa-tuzuk” jumlalarni ham oʻzgartiradi. Misol uchun: “Qadim dunyoning orif insonlari oq qogʻoz betiga yolgʻon yozmoqdan parhez qilar edilar” . Chiroyli va purmaʼno gap. Ammo muallifning koʻngli toʻlmaydi. Oradan yigirma bir yil oʻtgach, bu jumla quyidagi tarzda kitobxonga qayta yetkazildi: “Qadim dunyoning orif insonlari oq qogʻoz betiga yolgʻon yozmoqdan ijtinob qilar edilar” . Lugʻatlarni titkilaymiz. Maʼlum boʻladiki, “ijtinob” soʻzi arabchadan olingan boʻlib, “yiroqlashish, saqlanish, tortinish” maʼnolarini berar ekan. Yaʼnikim, “yolgʻon yozmoqdan oʻzlarini saqlar edilar, tiyilardilar” maʼnolarida tushunish mumkin. “Parhez qilmoq” ham tiyilmoq, yaʼni nafsini-yu oʻzini jilovlanoq maʼnolarida tushuniladi. Aslini olganda, bu oʻrinda tahrir shart emasdek. Ammo hazrat Boburning chin muxlisi boʻlgan yozuvchi shoh va shoir ishlatgan soʻzlargada yuksak mehr qoʻygan, shekilli, uning qalamidan bahramand boʻlgan soʻzlardan foydalanishga harakat qilgan. Bunday deyishimizga sabab ayni shu soʻz, yaʼni “ijtinob” tufayli Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi goʻzal ruboiysi yodimizga tushadi: “Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, 25 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Sen shuʼlasen-u ul shuʼlagʻa men kuldurmen. Nisbat yoʻqtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale senga quldurmen”. Ushbu satrlar tarkibidagi “ijtinob” soʻzi yaqqol ajralib turadiki, turkiy soʻzlar orasidagi birgina arabchasi “Boburiynoma” muallifining ham eʼtiborini jalb qilgan, biz kabi lugʻat titkilashga undagan va alal-oqibat mehr-muhabbat uygʻotgan boʻlsa, ajab emas. Aslida yozuvchining ulugʻ shoirga mehri “Boburiynoma” boshidan adogʻigacha sezilib turadi. Hatto ohang-u uslubda ham adib “Boburnoma” ummonida suzayotgandek koʻrinadi. Bu fikrni “Muqaddima”dan olingan quyidagi misol tasdiqlaydi. Ilk nashrda: “Ezgu duoi xayr sharofati ila u suvrati siyratiga gʻoyat monand, muazzam va qudratli saltanatning munosib vorisi oʻlaroq voyaga yetdi va soʻnggi nafasiga qadar beqiyos shiddat, azim bir shijoat uni tark etmadi” Endi ayni shu gapni ikkinchi nashrdan deyarli aynan, faqat “uni” soʻzini jumla oxiriga koʻchirib oʻqiymiz: “Ezgu duoi xayr sharofati ila u suvrati siyratiga gʻoyat monand, muazzam va qudratli saltanatning munosib vorisi oʻlaroq voyaga yetdi va soʻnggi nafasiga qadar beqiyos shiddat, azim bir shijoat tark etmadi uni” . Xoʻsh, nima oʻzgardi? Ohang oʻzgardi, badiiyat kengaydi. Mana shunday ohangdor matnlarga “Boburiynoma” davomida bot-bot duch kelamiz. Ayniqsa, boburona uslubda yozilgan jumlalar eʼtiborimizni ohanraboday oʻziga tortadi. Ikkinchi nashr tadorigi jarayonida ham muallif hanuz Mirzo Boburga yuksak ehtirom va mehr qurshovida ekanini uning badiiy tahrirlaridan ilgʻash mumkin. Bu haqda yozuvchining oʻzi shunday degan: “Muhtaram oʻquvchi, bu satrlar va ularning ohangi uchun muallifni aybga tutmagaysiz. Qachonki, soʻz Bobur va uning shavkatli avlodi xususida borar ekan, qalam oʻz-oʻzidan xush navolar sari uchadi” . Yana bir soʻz xususida. Birinchi nashr 312-sahifada, yaʼni “Saodat sohili” qissasida podshoh Bobur Hofiz Koʻykiyga shunday savol beradi: “Kim ekan ul doʻsti sodiq?” Aynan shu jumladagi “sodiq” soʻzi keyingi nashr 346-sahifada “gʻoyib”ga oʻzgartiriladi: “Kim ekan ul doʻsti gʻoyib?” Biz sodiq doʻstlar haqida koʻp eshitganmiz. Ammo “gʻoyib doʻst” original topilma. Qissadagi ayni shu vaziyatda, yaʼni Zahiriddin Muhammad Boburning navkarlaridan biri Boboqulning Toshkentda yashayotgan oʻgʻli Binoqul Alisher Navoiy devonini kitobat qilib, uni podshohga tuhfa qilish uchun Hindistonga kelayotganida olamdan koʻz yumishi voqeasiga “doʻsti gʻoyib” iborasi juda mos tushadi. Bu oʻrinda ham adibning muharrirlik mahoratini eʼtirof
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asarining mavjud uch nashri matniy-qiyosiy aspektda organilgan va yozuvchining badiiy tahrir mahorati tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asarining mavjud uch nashri matniy-qiyosiy aspektda organilgan va yozuvchining badiiy tahrir mahorati tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Boburiynoma”, matn, tahlil, adabiy tahrir, qiyos
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025