К содержанию
РецензированоUZ2026

KIBERJINOYATCHILIKNING IJTIMOIY VA IQTISODIY XAVFLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li (in-academy.uz/index.php/si) · ASOSIY QISM (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan kiberjinoyatchilik muammosi tahlil qilinadi. Kiberjinoyatlarning turlari, ularning fuqarolar hayoti va iqtisodiyotga salbiy ta’siri, firibgarlik va axborot o‘g‘irligi holatlari, hamda zamonaviy “aqlli” qurilmalarga qaratilgan tahdidlar yoritiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola oxirida ushbu muammoning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, firibgarlik, xaker, kiberhujum, raqamli tahdid, shaxsiy ma’lumot, virtual firibgarlik, bank tizimi. ASOSIY QISM Shiddat bilan rivojlanib borayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlar kundalik ijtimoiy hayotimizga yanada qulay shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Biroq, ana shu qulayliklar va afzalliklar bilan bir qatorda, mazkur texnika yutuqlaridan ayrim shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida noto‘g‘ri foydalanib, boshqalarga ijtimoiy va iqtisodiy zarar yetkazmoqdalar. Achinarlisi shundaki, bunday holatlarning kundan-kunga ko‘payib borayotgani, buning natijasida ko‘plab insonlar ijtimoiy hamda iqtisodiy zarar ko‘rayotgani, kerak bo‘lsa, o‘lim bilan bog‘liq holatlar ham kuzatilayotgani mazkur masalaning naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. Bizningcha, bu muammo butun dunyo miqyosidagi dolzarb masalaga aylangan. Shulardan biri — kiberjinoyatchilikdir. Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisidir. Kiberjinoyatchilik — bu kompyuter, kompyuter tarmog‘i yoki tarmoq qurilmasidan suiiste’mol qilishga qaratilgan jinoiy faoliyat hisoblanadi. Ularning aksariyati kiberjinoyatchilar yoki xakerlar tomonidan noqonuniy daromad orttirish maqsadida sodir etiladi. Bu esa, o‘z navbatida, barchamizni tashvishga solib, bu muammoning yechimini topishga undaydi. Binobarin, mazkur jinoyatlar respublikamizda ham sodir etilayotgani va fuqarolarimiz bu jinoyatlardan jabrlanayotgani kuzatilmoqda. Xususan, odamlar kartalaridan pulni o‘g‘irlash holatlari sezilarli darajada oshdi. Firibgarlik jinoyatlari sonining ortib borayotgani esa barchamiz uchun xavotirli holatdir. Holbuki, barcha toifadagi shaxslar firibgarlarning tuzog‘iga tushmasligiga kafolat yo‘q. Boz ustiga, texnologiya rivojlangan sari firibgarlikning yangi turlari, yangi tuzoqlar va aldov usullari paydo bo‘lmoqda. Ma’lumki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu jinoyatchilar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari ko‘rilmoqda va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar undirib berilmoqda. Shunga qaramay, zamonaviy dunyoda kiber tahdidlar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Xakerlar oddiy fuqarolarning bank hisoblarini bo‘shatayotgani sababli bugungi hayotimizda raqamli dunyo tahdidlaridan ishonchli himoya asosiy ehtiyojga aylanmoqda. 43 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Mazkur sohada izlanish olib borayotgan ekspertlarning fikricha, kiberjinoyatlarning global zarar miqdori bir yilda bir necha trillion dollarga yetishi mumkin. Aksariyat kiberhujumlar xakerlar tomonidan og‘ir mehnat qilmasdan engil pul topish, ishlamasdan moliyaviy daromad olish maqsadida amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatlar va fuqarolarga iqtisodiy zarar yetkazadi. Ba’zan esa kiberhujumlarning maqsadi shaxsiy yoki siyosiy sabablar bilan kompyuterlar yoki tarmoqlarni ishdan chiqarish bo‘lishi ham mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, kiberjinoyatlar yangi boshlovchi xakerlardan tortib ilg‘or texnikadan foydalanuvchi, texnologiyani chuqur biladigan jinoiy guruhlargacha bo‘lgan shaxslar va tashkilotlar tomonidan sodir etilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqorida aytganimizdek, oson boylik orttirish istagi xakerlikning keng tarqalishiga olib kelmoqda. Ayni paytda viruslar orqali amalga oshirilayotgan kiberhujumlar juda xavfli tus olgan. Tarqatilayotgan viruslarning aksariyati bank xizmatlarini ko‘rsatadigan jahon axborot tarmog‘ini zaiflashtirish va moliyaviy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qaratilgan. Tahlillarga ko‘ra, bank-moliya sohasidagi yirik muassasalar, onlayn to‘lov tizimlari, savdo majmualari, mehmonxonalar va savdo terminallari — xakerlarning asosiy nishonidir. Shuningdek, odamlarni aldab bank xizmatlari ko‘rsatish, soxta bank tizimlarini yaratish, elektron pochta orqali hujum uyushtirish, internetda turli aksiya va viktorinalar orqali foydalanuvchilarning ma’lumotlarini o‘g‘irlash holatlari ham uchrab turibdi. Bugungi kuchli raqobat muhiti ham xakerlik faoliyatiga zamin yaratmoqda. So‘nggi yillarda xakerlarning veb-saytlarga uyushtirayotgan hujumlari soni oshib bormoqda. O‘tgan asrning 60-yillarida "xaker" atamasi kompyuter va axborot texnologiyalarini puxta bilgan shaxslarga nisbatan qo‘llani

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan kiberjinoyatchilik muammosi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan kiberjinoyatchilik muammosi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli tahdid, kiberhujum, virtual firibgarlik, firibgarlik, axborot xavfsizligi, kiberjinoyatchilik, shaxsiy ma’lumot, bank tizimi., xaker
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники