Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY, KRIMINALISTIK VA KRIMINOLOGIK ASOSLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · VA KRIMINOLOGIK ASOSLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li (in-academy.uz/index.php/yo) · ASOSIY QISM (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Kiberjinoyatchilik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda. Ushbu maqolada kiberjinoyatlarning eng xavfli jinoyat turlaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi, ularning oldini olish, aniqlash va tergov qilishdagi asosiy muammolar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish zarurati yoritilgan. Muallif kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda kriminologik, kriminalistik va jinoyat-huquqiy yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikning dolzarbligini asoslab beradi. Maqolada shuningdek, kompyuter xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, va raqamli savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: Kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, kompyuter jinoyatlari, tergov, profilaktika, xalqaro hamkorlik, shaxsiy ma’lumotlar, kriminologiya, kriminalistika, jinoyat- huquqi. ASOSIY QISM Xalqaro miqyosda eng xavfli jinoyat turlaridan biri sifatida kiberjinoyatchilik tobora katta xavf tug‘dirmoqda. Ushbu jinoyat turini aniqlash, oldini olish va tergov qilish jarayoni o‘zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Bunga sabab qilib, avvalo, kiberjinoyatchilikni sodir etayotgan shaxsning jinoyat sodir etilgan joydan ancha uzoqda bo‘lishi, ushbu jinoyatning ko‘p hollarda transmilliy xarakter kasb etishi va ijtimoiy xavfli oqibatlarning keng ko‘lamda namoyon bo‘lishini ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, turli davlatlar hududlarida ushbu jinoyat turini tergov qilishda yagona yondashuvning mavjud emasligi, milliy qonunchiliklar va tergov amaliyotidagi tafovutlar, shuningdek, axborot-kommunikasiya vositalari orqali jinoyatga oid ma'lumotlarni almashish tartibining turlicha bo‘lishi ushbu masalani yanada murakkablashtiradi. O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida maxfiylik va maxfiy ma'lumotlarni himoya qilishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar izlanmoqda, va bu borada xalqaro tajriba hamda zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish muammosi yanada jiddiy tus olgan. Bunga axborot-kommunikasiya muhitining jadal rivojlanishi, kompyuter texnikasi va Internetdan foydalanishning keskin ortishi sabab bo‘lmoqda. Natijada, turli xil elektron qurilmalar va tarmoqlarga ulangan tizimlar orqali shaxsiy ma'lumotlar, mulkiy huquqlar, intellektual mulk hamda tijorat sirlari o‘z himoyasiz holatiga tushib qolmoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi xavf-xatarlar va jinoyat turlarining yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda ushbu masalaning texnik bilimlar bilan bevosita bog‘liqligiga qaramay, mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda maqbul va samarali usullarni ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar va amaliy sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Ayniqsa, axborot- kommunikasiya muhitida sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish ustuvor vazifalardan biri hisoblanmoqda. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish usullari jinoyat turiga qarab farqlanadi. Ular xakerlik, kompyuter tizimlarini “burish”, tuhmat qilish, spam yuborish, fishing (yolg‘on 28 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo axborot orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritish), kiberhujum, kiberterrorizm kabi turlarda namoyon bo‘ladi. Bunday jinoyatlarga qarshi samarali kurash faqatgina umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktemologik (jabrlanuvchiga yo‘naltirilgan) profilaktika choralari orqali amalga oshirilishi mumkin. Kiberjinoyatchilikning xususiyatlaridan kelib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik milliy hamda xalqaro darajada muhim ahamiyat kasb etadi. Kiberjinoyatlar ko‘pincha axborot va kompyuter tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita kirib, ma'lumotlarni o‘chirib tashlash, bloklash, nusxalash, o‘zgartirish yoki undan foydalanish orqali sodir etiladi. Bu jarayonda profilaktik choralar jinoyat sabablari (masalan, xudbinlik, qasos, firibgarlik, tijorat josusligi, shaxsiy manfaatlar yoki terroristlarga ko‘mak) hamda zararli dasturlar orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishga qaratiladi. Kiberjinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda duch kelinadigan asosiy muammolarga quyidagilar kiradi: jinoyat sodir etilgan joy va ijtimoiy xavfli oqibat yuzaga kelgan joy o‘rtasidagi geografik uzoqlik; jinoyatga oid ma’lumotlarning tezkor almashinuvini ta’minlashdagi qiyinchiliklar; jinoyatchining shaxsini aniqlashda yuzaga keladigan texnik to‘siqlar; jinoyatning virtual fazoda amalga oshirilishi va uning natijalarini qonuniylashtirishdagi murakkabliklar. Bu omillar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish jarayonida maxsus yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni taqozo etadi. Shuningdek, tashkilotlar ichida kiberjinoyatlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratadigan muhim qoidabuzarliklar ham mavjud. Masalan, xodimlarning ruxsatsiz kompyuter ma'lumotlariga kirishi, flesh-disklardan erkin foydalanishi, shaxsiy ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan komp
Доказательный фрагмент
«Kiberjinoyatchilik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюKiberjinoyatchilik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot xavfsizligi, xalqaro hamkorlik, tergov, profilaktika, kriminalistika, jinoyat-huquqi., Kiberjinoyatchilik, shaxsiy ma’lumotlar, kompyuter jinoyatlari, kriminologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025