Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAHAR YO’LLARINI JIHOZLASHDA XALQARO TALABLAR
Sobirov Ravshan Rahimjon o’g’li, talaba · Ilmiy rahbar: X.R. Baynazarov
Современное образование и развитие · 2022
Аннотация
Shahar yo‘llarini jihozlashda texnik vositalardan foydalanishning muhimligi: Xalqaro va milliy xavfsizlik standartlariga javob beradigan yo‘l belgilari, signalizatsiya tizimlari, to‘siqlar, kameralar va yoritish tizimlari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: quyosh paneli, energiya. KIRISH. Hozirgi paytda yo‘l-transport infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish ishlarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani sababi ham shunda. Davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari bilan ham yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish bo‘yicha yangi vazifalar va chora-tadbirlar belgilab berilgan. Xususan, Prezidentimizning 2022 yil 12 iyuldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Birgina 2023 yilning o‘tgan davrida 13 648 dona yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, 14 271 dona yaroqsiz holga kelganlari almashtirildi. Maktablar oldida 2278 dona tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari, 458 ta yo‘nalishlarda dastlabki, yo‘naltiruvchi va masofa ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi. 172 ta yangi svetofor obyektlari qurilib, 160 tasi rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 95 ta yangi piyodalar svetofori obyektlari qurildi, 35 tasi rekonstruksiya qilingan holda, 301 km aholi punktlarida piyodalar uchun trotuar va velosiped yo‘laklari barpo etildi. ASOSIY QISM. Shahar yo'llarini xalqaro talablarga mos ravishda jihozlash zamonaviy shahar infratuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bugungi kunda shaharlar o'sib borayotgan avtomobil harakati, aholining ko'payishi va transport Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 32 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ehtiyojlarining ortishi bilan duch kelmoqda. Shu sababli, yo'llarni yuqori sifatli, xavfsiz va samarali qilish maqsadida xalqaro standartlarga mos ravishda jihozlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro talablarga mos yo'l belgilar va chiziqlar, zamonaviy yoritish tizimlari, yuqori sifatli yo'l qoplamalari va zamonaviy trafik boshqaruvi tizimlari shahar transport infratuzilmasini yaxshilash va yo'l harakati xavfsizligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, jamoat transporti va piyodalar uchun qulayliklar yaratish, raqamli texnologiyalarni joriy etish shahar transport tizimini yanada samarali qilish imkonini beradi. Shahar yo'llarini xalqaro talablarga mos jihozlash uchun bir nechta muhim omillarni hisobga olish kerak. Yoritish tizimlari. Zamonaviy LED yoritish tizimlarini joriy etish yo'llarning ko'rinishini yaxshilaydi va tungi vaqtda xavfsizlikni oshiradi LED texnologiyasi energiya samaradorligini oshiradi va texnik xizmat ko'rsatish xarajatlarini kamaytiradi (1-rasm). 1-rasm. Quyosh panelli yoritish chiroqlari. O’zbekiston Avtomobil yo’llarida yoritish tizimi mukammal holatda ta’minlanmagan. Shu sababli YPX buzilishiga ham o’z tasirini ko’rsatmoqda. To’g’ri bunday yo’lni yoritish tizimi ham tashkillashtirilgan faqatgina viloyat markazlari, shahar yo’llari va ba’zi ko’chalari yo’llarini yoritish chiroqlari o’rnatilgan. Agar viloyatlardan tumanlarga olib boruvchi yo’llarga e’tibor bersanggiz u yo’lda unda Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 33 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT harakatlanish ham ancha qiyinchilik tug’diradi. Chunki qorong’uda yurish uchun yo’l yoritish chiroqlari o’rnatilmagan. Quyosh panelli yoritish chiroqlari o’rnatilgan hududlarda haydovchilarga katta qulaylik ketiradi ya’ni harakatlanib ketayotgan yo’nalishida avtomobilining chiroqlarini past darajada yoqqan holatda harakatlanadi bundan ko’rinib turadiki boshqa avtomobil egalari ham shu tartibda harakatlanadi natijada haydovchilarning ko’zlariga avtombil chiroqlari nuri tushmaydi.Buning najijasida transport vositasi to’qnashuvi bilan bo’g’liq yo’l transport hodisalari soni kamayadi. Ekologik infratuzilma. Yo‘llarda ekologik toza materiallar va texnologiyalardan foydalanish nafaqat atrof-muhitni himoya qilish, balki shahar infratuzilmasini yanada barqaror qilish uchun ham muhimdir. Qayta ishlangan asfaltni yo‘llarda foydalanish mumkin, bu yo‘lning mustahkamligini oshiradi va chiqindilarni kamaytiradi. Qayta ishlangan beton aralashmalaridan foydalanish ham ekologik ta'sirni kamaytiradi. Kaliforniyada porloq asfaltni (cool pavement) sinovdan o‘tkazish loyihasi sinovdan o’tkazildi. Ushbu texnologiya yo‘l yuzasidagi haroratni kamaytiradi va qulayroq shahar muhitini yaratadi (2-rasm). 2-rasm. Porloq asfalt (cool pavement) Ushbu asfalt yo‘l yuzasida quyosh nurini aks ettirib, haroratni pasaytirishga yordam beradi va shaharlarda issiqlik orollari ta'sirini kamaytiradi. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 34 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Quyosh nurlari va issiqlik ta'siridan asfaltning tez yorilishini kamaytiradi, bu esa yo‘l qoplamasining umri uzayishiga olib keladi. Niderlandiyada elektr transport vositalari uchun quvvat oluvchi yo‘llar (solar roads) sinovdan o‘tkazildi. Bu yo‘llar quyosh panellari bilan yotqizilib,
Доказательный фрагмент
«Shahar yo‘llarini jihozlashda texnik vositalardan foydalanishning muhimligi: Xalqaro va milliy xavfsizlik standartlariga javob beradigan yo‘l belgilari, signalizatsiya tizimlari, to‘siqlar, kameralar va yoritish tizim…»
Образец извлечения
Демо-превьюShahar yo‘llarini jihozlashda texnik vositalardan foydalanishning muhimligi: Xalqaro va milliy xavfsizlik standartlariga javob beradigan yo‘l belgilari, signalizatsiya tizimlari, to‘siqlar, kameralar va yoritish tizim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- quyosh paneli, energiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026