К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY VIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA TEMATIK XARITALAR TAYYORLASH METODIKASI

Jololdinov Asror Toshtemirovich

Академические исследования в современной науке · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu tezis zamonaviy vizualizatsiya texnologiyalari yordamida tematika xaritalarini tayyorlash metodikasini ilmiy-nazariy tomonlama o‘rganadi. Maqolada xaritalarning ta’lim va tadqiqot jarayonidagi ahamiyati, shuningdek, ularni yaratishda foydalaniladigan zamonaviy dasturiy ta’minot va usullar keltiriladi. Tematik xaritalar orqali ma’lumotlarni vizual tarzda ifodalash, murakkab ma'lumotlarni sodda va tushunarli ko‘rinishga keltirish mumkinligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, geografik axborot tizimlari (GAT) va 3D vizualizatsiya texnologiyalarining roli ko‘rsatilib, bu vositalar yordamida xarita shakllantirish jarayonining samaradorligi oshirilishi mumkinligi haqida fikrlar bildiriladi. O‘quv jarayonida tematik xaritalardan foydalanish orqali talabalar uchun mavzularni yanada qiziqarli va tushunarli qilish, ularning analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: Zamonaviy vizualizatsiya, texnologiyalar, tematik xaritalar, metodika, ma’lumotlarni taqdim etish, interaktivlik, vizual kommunikatsiya, geografik axborot tizimlari (GAT). Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan hozirgi davrda turli fanlar kesimida ma’lumotlarni effektli, rang- barang hamda tushunarli shaklda tasvirlash masalasi alohida o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, geografik axborotni samarali ifodalash va tahlil qilish vositasi bo‘lgan tematik xaritalar endilikda raqamli vizualizatsiya texnologiyalari yordamida yaratilib, turli sohalarda – iqtisod, ekologiya, geologiya, transport, shaharsozlik, demografiya, iqtisodiy rejalashtirish kabilarda keng qo‘llanilmoqda. An’anaviy bosma xaritalar va atlaslardan farqli o‘laroq, bugungi interaktiv vizualizatsiya uskunalari yordamida tematik xaritalarni tez-tez yangilab borish, real vaqt rejimida ma’lumotlarni integratsiya qilish, turli qatlamlarni tanlab-yopish, 3D yoki animatsion vositalar orqali chuqur tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Tematik xaritalar – ma’lum bir mavzu yoki jihatga (masalan, demografik holat, iqlim, infratuzilma, sanoat rivoji, tabiat resurslari va hokazo) ixtisoslashgan geografik tasvirlardir. Ushbu xaritalar faqat “hududiy” axborotni emas, balki mavzuga tegishli ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik ko‘rsatkichlarni ham birlamchi fazoviy kontekstdan chiqmagan holda ifodalaydi. Zamonaviym vizualizatsiya texnologiyalari ana shu jarayonni yanada boyitadi, murakkab ko‘p 112 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qatlamli ma’lumotlarni foydalanishi oson shaklga keltiradi, ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘lanishi va dinamikasini aniqroq tushunishga yordam beradi. Tematik xaritalar – ma’lum bir sohaga oid ma’lumotlarni fazoviy ravishda ifodalaydigan kartografik mahsulot bo‘lib, umumiy georiy tasvirdan tashqari, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy yoki texnik ko‘rsatkichlarni chuqur yoritishga ixtisoslashadi [1]. Ushbu xaritalar, odatda, quyidagi turlarga bo‘linadi: Ijtimoiy-iqtisodiy tematik xaritalar: aholi zichligi, migratsiya yo‘nalishlari, savdo-transport tarmoqlari, energetika inshootlari va h.k. Tabiiy-geografik tematik xaritalar: iqlim, relyef, tuproq, gidrografik hodisalar, landshaft. Ekologik tematik xaritalar: ifloslanish manbalari, atrof-muhit monitoringi, himoyalangan hududlar, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari [2]. An’anaviy tematik xaritalar bosma shaklda bo‘lib, doimiy yangilanmaydi, ma’lumotlarning tezkor o‘zgarishiga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun raqamli va interaktiv vositalar “tematik xaritani doimiy yangilab borish”, “mavzuga oid turli qatlamlar orasida tanlov qilish” imkonini beradi. Bu, ayniqsa, ijtimoiy yo‘nalish yoki tezkor monitoring talab qilinadigan sohalarda muhim. Tematik xaritalarning amaliy ahamiyati. Tematik xaritalar turli sohalarda keng qo‘llaniladi: Tahlil va qaror qabul qilish: Davlat idoralari yoki xususiy korxonalar “hududiy rejalashtirish, resurslarni taqsimlash” kabi masalalar uchun demografik, iqtisodiy, tabiiy resurs xaritalaridan foydalanadi [3]. Ekologik monitoring: Suv ifloslanish zonalari, atmosfera sifati, o‘rmon va tuproq degradatsiyasini ko‘rsatish uchun mutaxassislar tematik xaritalardan yaratilgan “ekologik monitoring tizimlari”da foydalanadilar. Ta’lim: Maktab va oliy o‘quv yurtlarida geografiya, ekologiya, iqtisod fanlarini o‘qitishda tematik xaritalar nazariy tushunchalarni aniq, vizual shaklda berishga xizmat qiladi. 3D turizm: Raqamli texnologiyalar tufayli tematik xaritalarga interaktiv 3D variantlar qo‘shib, turistik marshrutlar, madaniy obyektlarni qiziqarli shaklda ifodalash mumkin. Bu turizmni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Aynan tematik xaritalarning amaliy ahamiyati ularni zamonaviy vizualizatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish talabini yuzaga keltiradi. Zamonaviy vizualizatsiya texnologiyalari: Raqamli platformalar va dasturiy vositalar. GIS dasturlari. Raqamli kartografiyada GIS (Geographic Information Systems) asosiy o‘rinni egallaydi. ArcGIS, QGIS, MapInfo, Global Mapper kabi dasturiy majm

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis zamonaviy vizualizatsiya texnologiyalari yordamida tematika xaritalarini tayyorlash metodikasini ilmiy-nazariy tomonlama o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis zamonaviy vizualizatsiya texnologiyalari yordamida tematika xaritalarini tayyorlash metodikasini ilmiy-nazariy tomonlama o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
geografik axborot tizimlari (GAT)., metodika, Zamonaviy vizualizatsiya, vizual kommunikatsiya, ma’lumotlarni taqdim etish, texnologiyalar, tematik xaritalar, interaktivlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники