Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT TILIDA ISH YURITISHDA ZAMONAVIY HUJJATLAR
SCIENCE SHINE · Karimjonova Hilola Dilshodovna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This scholarly article examines the contemporary types of official documents utilized in state-language-based administrative correspondence. Particular attention is given to the structural and stylistic features of such documents, their transition to electronic formats, and the role of modern technological tools in document management. Furthermore, the study identifies current challenges in official correspondence practices, such as deviations from language norms and stylistic inconsistencies, offering practical solutions to address these issues. The article concludes with a set of scientific and practical recommendations aimed at enhancing document culture and increasing the overall effectiveness of administrative procedures conducted in the state language. Keywords: Modern documents, official style, electronic documents, document culture, official letter, minutes, report, language norms, e-document, digital technologies. Ijtimoiy munosabatlarda insonlar, tashkilot va muassasalar, korxonalar o‘rtasida ish yuritishning muayyan bir huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjat va normalarni rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari bilan bog‘liq ishlar davlat tilida yuritiladi Davlat tilida ish yuritish – bu 164 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 muassasa va tashkilotlarning rasmiy yozishmalarini, hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat tili hisoblangan o‘zbek tilida yuritilishidir. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga ko‘ra, barcha rasmiy idoralar, korxonalar va muassasalar hujjat ishlarini o‘zbek tilida olib borishga majburdirlar. Davlat tilida ish yuritishning zamonaviy hujjatlar orqali amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Ushbu jarayon davlat tilining nufuzini oshirish bilan birga, jamiyatning barcha sohalarida samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.17 Zamonaviy hujjatlar bugungi kunda jamiyatning turli sohalarida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ular nafaqat huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda, balki zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishda ham asosiy vosita hisoblanadi. Zamonaviy hujjatlar nafaqat davlat boshqaruvi, balki xususiy sektor va xalqaro munosabatlarda ham o‘z o‘rnini topib bormoqda. Ular orqali yangi texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash mumkin. Zamonaviy hujjatlar davlat, nodavlat tashkilotlarida keng qo‘llanilayotgan, elektron shaklda ham tuzilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi. Ish yuritish jarayoni tashkilotda va muassasalarda hujjatlar bilan ishlash, ularni rasmiylashtirish, tayyorlash, saqlash va kerakli joyga yetkazish faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar hujjatlar aylanmasida asosiy qismini tashkil etadi. Quyida ularning davlat tilida ish yuritishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratamiz: 1. Huquqiy tartibga solish: Zamonaviy hujjatlar qonunchilikni rivojlantirish va huquqiy tizimni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular orqali davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi. 2. Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash: Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishda zamonaviy hujjatlar muhim ahamiyatga ega. Ular iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va raqobatbardoshlikni oshiradi. 3. Ta’lim va ilm-fan: Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamonaviy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Bu esa jamiyatning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 4. Xalqaro hamkorlik: Zamonaviy hujjatlar xalqaro munosabatlarda davlatning mavqeyini mustahkamlash va global miqyosda raqobatbardosh bo‘lishiga imkon yaratadi. Inson o‘z fikrini aniq, izchil va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan xabardor bo‘lishi, kunlik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy — ish yuritish tilini ham 17 O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni. 1989-yil 21-oktabr. 165 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo‘lmaganda, ariza, tilxat, bildirgi yoki ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham “Davlat tili haqida”gi qonunimizning o‘zak moddalari (8-14-moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan18. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, shaklan va hajman xilma-xil bo‘lgan hujjatlar barcha mehnat jamoalarining, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan oddiy narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘
Доказательный фрагмент
«This scholarly article examines the contemporary types of official documents utilized in state-language-based administrative correspondence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scholarly article examines the contemporary types of official documents utilized in state-language-based administrative correspondence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Modern documents, official style, electronic documents, document, Zamonaviy hujjatlar, til me’yorlari, elektron hujjatlar, rasmiy xat, hujjat madaniyati, hisobot, E-hujjat, raqamli texnologiyalar., bayonnoma, rasmiy uslub
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026