К содержанию
РецензированоUZ2025

YAPON TILI TARIXI HAMDA KANJILARNING KELIB CHIQISHIDAGI O'XSHATISHLAR

CHIQISHIDAGI O'XSHATISHLAR · Xolboyeva Farangiz Ibrohim qizi

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada yapon tili tarixi va uning hozirga qadar rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot berilib, undagi asosiy ro`l o`ynaydigan va suhbatda , kundalik hayotda ko`p ishlatiladigan kanji(iyeroglif) larning kelib chiqishi asli o`xshatishlardan ekanligi va 月(がつ )oy kanjisi namuna sifatida yoritib berilgan. Kalit so'zlar: Hiragana, katakana, pinyin, yapon tili, xitoy modeli. Yapon tili - Yaponiyada keng tarqalgan va yagona rasmiy tili hisoblanadi . Ushbu tilda so`zlashuvchilar dunyo bo`yicha taxminan 126-128 millionni tashkil qiladi. Yapon tili boshqa tillardan o`ziga xos noyob xususiyatlari bilan farq qiladi. Bundan tashqari tilning asosiy xususiyati shundan iboratki, u yapon xalqining nazokatli va an'anaviy madaniyatiga moslashgan. Yapon tilining yozuvi - 3 xil yozuv tizimi orqali ifodalaniladi va ular: hiragana, katakana va kanji(iyeroglif). Hiragana va katakana fonetik yozuv hisoblanib, yapon tilining o`ziga xosligini oshirib, undagi nutqning yanada boy va xilma-xil bo'lishiga imkon yaratadi.Kanji esa xitoycha belgilardan olingan. Grammatikasi ham o`ziga xos , ya'ni jumla tuzilishi subjekt - ob'ekt - fe'l tartibiga amal qiladi.1 1 Tsujimura, Natsuko “Yapon tilshunosligiga kirish” (1996) 9 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series A 2025 Hiragana - Hiragana alifbosi dastlabki yapon yozuvlaridan biri hisoblanadi va rivojlanishining boshlanishi VIII asrga to`g`ri keladi.. Hiragana xitoy kanjidan kelib chiqqan bo`lishiga qaramay yapon tilining o`zining talaffuzi va grammatik qoidalariga moslashtirilgan. Hiragana alifbosi yapon tilining asosiy grammatik elementlarini, shuningdek, so`zlarning talaffuzini ifodalash uchun keng qo'llaniladi. 2 Katakana - Katakana alifbosi ham VIII- IX-asrlarda shakllandi. U Xitoy yozuviga asoslangan, biroq uning maqsadi asosan xorijiy so'zlar va terminlarni ifodalashdir. Katakana, shuningdek, onomatopeik so`zlarni va shaxs nomlarini yozishda ham qo`llaniladi.3 Kanji (yaponcha 漢字, Kanji) yapon yozuviga asoslangan va o`girilgan Xitoycha logografik elementlar ya'ni ideogrammaning bir turi hisoblanadi.Kanji atamasi yapon tilida tom maʼnoda „Kan belgilari“ degan maʼnoni anglatadi. U yapon tilida anʼanaviy xitoy tilidagi kabi bir xil belgilar yordamida yozilgan va ikkalasi ham xitoy tilida hanzi (anʼanaviy xitoycha: 漢字; soddalashtirilgan xitoycha: 汉字; pinyin: hànzì; lit. „Kan belgilar“) deb nomlanuvchi belgilar yozish tizimiga ishora qiladi. . Yaponiyada xitoy belgilaridan sezilarli darajada foydalanish birinchi marta miloddan avvalgi V asrda qo`llanila boshlandi va shundan beri yapon madaniyati, tili, adabiyoti, tarixi va yozuvlarini shakllantirishga katta taʼsir ko`rsatdi Kanji zamonaviy yapon yozuv tizimida ikkita yapon alifbosi hiragana va katakana bilan birga ishlatiladi va turli ma'noli ko'plab so'zlarni yaratishda xizmat qiladi.Belgilar yaponcha talaffuzga ega; ko`pchiligida ikkita, bittasi xitoycha tovushga asoslangan.Yapon nomlarida va umumiy muloqotda ishlatiladigan 3000 ga yaqin kanji mavjud va ko`pchiligining paydo bo`lishiga tegishli o`xshatishlar mavjud. 4 2 Tsujimura, Natsuko (1999) Yapon tilshunosliga bo‘yicha qo‘llanma 3 Takashi Tokeida “Yapon tili tarixi” 4 James.W.Heisig.(1987) "Kanjini eslash" 10 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series A 2025 Masalan, OY kanjisi Oy がつ (gatsu), つき(tsuki) "月"⁸ Ushbu kanji oyning kraterlari bilan bo`lgan tasviridan kelib chiqqan va nafaqat fazoviy jism- oyni balki, vaqt birligi oy ni ham belgilab keladi. Xulosa qilib aytganda, yapon tilining rivojlanishi mifozauriy(afsonaviy, madaniy) tarix bilan bog'liq bo'lib, u Xitoydan olingan ta'sir sabab kanji(iyeroglif)lar yapon tiliga kirib keladi. Kanjilarning kelib chiqishidagi o`xshatishlar ularni suhbatda , yozuvda foydalanishning osonlashuvini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari yapon tilini yangi o`rganuvchilarning unga bo`lgan qiziqishini oshirib , o`rganish jarayonini bir muncha yengillashtirib beradi va yapon tilining global muloqotda o`z o`rnini mustahkamlashiga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Heisig, J. W. (1987). Remembering the Kanji. Honolulu: University of Hawaii Press. 2. Takashi, T. (n.d.). History of the Japanese Language. [Publisher's information missing]. 3. Tsujimura, N. (1996). An Introduction to Japanese Linguistics. Oxford: Blackwell Publishing. 4. Tsujimura, N. (1999). A Handbook of Japanese Linguistics. Oxford: Blackwell Publishing. 5. Tofugu. (n.d.). Learn Japanese. Retrieved from https://www.tofugu.com/learn-japanese/ 6. Japanese Language. (n.d.). Retrieved from https://www.japaneselanguage.com 7. Japanese Language School. (n.d.). Retrieved from https://www.japaneselanguageschool.com 11

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yapon tili tarixi va uning hozirga qadar rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot berilib, undagi asosiy ro`l o`ynaydigan va suhbatda , kundalik hayotda ko`p ishlatiladigan kanji(iyeroglif) larning kelib…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yapon tili tarixi va uning hozirga qadar rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot berilib, undagi asosiy ro`l o`ynaydigan va suhbatda , kundalik hayotda ko`p ishlatiladigan kanji(iyeroglif) larning kelib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Hiragana, katakana, pinyin, yapon tili, xitoy modeli
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники