К содержанию
РецензированоUZ2025

TURKIY XALQLARNING ENG QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI

YODGORLIKLARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI · Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

This article is devoted to an in-depth analysis of the issues of education and upbringing in the oldest written monuments of the Turkic peoples. The article also analyzes the similarities and differences between the education systems of different historical periods and social strata. The ideas about education and upbringing in the ancient written sources of the Turkic peoples still play an important role in the development of Turkish pedagogy today. This scientific research offers new approaches to the basic principles of ancient Turkic education and upbringing, their impact on society and the relevance of learning. The article shows the connections between ancient and modern educational systems not only through historical sources, but also through comparison with modern pedagogy. Keywords: Turkic peoples, ancient written monuments, education, upbringing, Kutadg’u Bilig, Avesta, moral values, pedagogy, educational principles, science, spirituality, young generation. Turkiy xalqlarining eng qadimgi yozma yodgorliklari, nafaqat ularning tarixiy o‘tmishini, balki madaniy va ma'naviy qadriyatlarini, jamiyatda ta'lim va tarbiya sohasidagi o‘rni haqida ham qimmatli ma'lumotlar beradi. Ta'lim, ayniqsa qadim 30 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series A 2025 Turkiy jamiyatida nafaqat bilim olish, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topish va ijtimoiy muhitda to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish vositasi sifatida qaralgan. Turkiy xalqlarining qadimiy yodgorliklarida ta'lim va tarbiya tizimi, o‘zining an'anaviyligi, jamiyatdagi qatlamlarga mos ravishda farqlanishi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, yuqori tabaqa vakillari uchun ta'lim, ko‘proq axloqiy fazilatlarni, rahbarlik va hukmronlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, keng omma uchun esa hayotiy ko‘nikmalar, mehnat, jamoaviy ruh, o‘zaro hurmat va adolat kabi qadriyatlarni tarbiyalashga e'tibor qaratilgan. Bu jarayonlar orqali qadimiy Turkiy jamiyati nafaqat o‘zining axloqiy va ma'naviy qadriyatlarini saqlab qolish, balki ularni avloddan-avlodga etkazishning samarali yo‘llarini yaratgan. Ta'lim-tarbiya masalalari qadim Turkiy jamiyatining asosiy poydevorlaridan biri bo‘lib, aynan shu asarlarda ta'lim va tarbiya sohasidagi qadriyatlar jamiyatdagi ijtimoiy adolat, hamjihatlik, mehnatsevarlik va axloqiy fazilatlar bilan chambarchas bog‘langan. Yodgorliklardagi ta'lim g‘oyalari, hozirgi zamonaviy pedagogika nazariyalari bilan taqqoslaganda, ularda yosh avlodni shakllantirish va tarbiyalashda jamiyatning maqsadlari, qadriyatlar va normativlari qanday aks etganligini o‘rganish imkonini beradi. Zardushtiylik jahon dini sifatida Markaziy Osiyoda, yana ham aniqrog‘i Katta Xorazmda shakllangan. Prezidentimiz Islom Karimov o‘z asarlarida o‘zbeklar jahon maydonida kuni-kecha paydo bo’lgan xalq emasligini, bizning millatimiz, xalqimiz ko‘hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo’lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti, madaniyati, tarixi bilan yashab kelayotganini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Aynan Katta Xorazmda yaratilgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” ajdodlarimizning ko‘p ming yillik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, ma’naviyati, tili, yozuvi, urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari, ta’lim-tarbiya tizimi va pedagogik qarashlarini o‘rganish uchun bebaho yozma manbadir. I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Eng mo‘tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 31 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series A 2025 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”.[1] Shu boisdan milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini barcha yurtdoshlarimizning ma’naviy boyligiga, dunyoqarashning negiziga aylantirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan davrda talabalami ko‘p ming yillik tarix, betakror madaniyat va ma’naviy meros hamda qadriyatlarga ega ekanligimizni (“Avesto”da bayon qilingan maiumotlar va g‘oyalar asosiyda) his etib yashashga o‘rgatish muhimdir. Tarixiy-ilmiy manbalaming ko‘rsatishicha, “Avesto”ning dastlabki matni 1000 fasldan, 21 ta nask (kitob)dan iborat bo’lgan. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozishicha: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abistoning o‘n ikki ming ho‘kiz terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalami vayron qilib, ularda xizmat etuvchilami o’ldirgan vaqtida uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri Abistoning beshdan uch (ya’ni o‘n sakkiz naski) qismi yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz nask edi: majusiylar qo’lda o‘n ikki nask chamasi qoldi…”.[2] O’zbekistonda mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to an in-depth analysis of the issues of education and upbringing in the oldest written monuments of the Turkic peoples.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to an in-depth analysis of the issues of education and upbringing in the oldest written monuments of the Turkic peoples. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkic peoples, ancient written monuments, education, upbringing, tarbiya, Avesto, ma'naviyat, yosh avlod., axloqiy qadriyatlar, qadimiy yozma yodgorliklar, ta'lim, Kutadg’u Bilig, pedagogika, ilm-fan, tarbiyaviy tamoyillar, Turk xalqlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники