Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NARRATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING KASBIY-EMOTSIONAL RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
EDUCATION SYSTEM · Sadiyeva Shaxnoza Xusanovna
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning kasbiy- emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda narrativ yondashuvning pedagogik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Talabalarning shaxsiy tajribasini hikoya qilish, his-tuyg‘ularini anglash va refleksiya qilish orqali kasbiy identifikatsiyasini shakllantirish narrativ metodikaning asosiy maqsadi sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqotda kasbiy-emotsional intellekt tushunchasining oliy ta’limdagi o‘rni, emotsional barqarorlik va kasbiy salohiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, reflektiv esse, pedagogik kundalik, emotsional xaritalar kabi metodlar orqali talabalarning reflektiv, emotsional va sotsiokultural kompetensiyalarini rivojlantirish usullari tahlil qilingan. Maqola narrativ yondashuv asosida emotsional va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar va o‘qituvchining transformativ roli haqida tavsiyalar beradi. Kalit so‘zlar: narrativ yondashuv, kasbiy-emotsional intellekt, refleksiya, shaxsiy tajriba, emotsional barqarorlik, pedagogik shart-sharoitlar, oliy ta’lim, talaba shaxsiyati. Zamonaviy oliy ta’lim tizimi sharoitida talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi yondashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. An’anaviy bilim berishga yo‘naltirilgan metodlardan farqli o‘laroq, bugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsiylashtirilgan, emotsional-intellektual o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi pedagogik strategiyalarni joriy etish dolzarb masala sifatida e’tirof etilmoqda. Xalqaro tadqiqotlar va ilg‘or pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nafaqat akademik bilim, balki emotsional barqarorlik, o‘z-o‘zini anglash, reflektiv tafakkur va ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalar ham talabalarning kelgusidagi kasbiy muvaffaqiyati uchun muhim omillar qatoriga kiradi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, oliy ta’limda talaba shaxsining kasbiy va emotsional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati vujudga kelmoqda. Mazkur ilmiy maqolaning asosiy maqsadi – narrativ metodika asosida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy-emotsional rivojlanish 172 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference imkoniyatlarini aniqlash va bu jarayonda yuzaga keladigan pedagogik shart- sharoitlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishdan iboratdir. Tadqiqot ob’ekti sifatida pedagogik ta’lim kontekstida talabalar shaxsining emotsional va kasbiy salohiyatini shakllantirish jarayoni tanlab olingan. Narrativ yondashuv, shaxsiy tajriba va hikoya qilish asosida talabaning o‘z-o‘zini anglash, refleksiya qilish, his-tuyg‘ularini boshqarish hamda kasbiy identifikatsiya jarayonlarini faollashtirish imkoniyatini taqdim etuvchi samarali metodologik vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolada ilmiy-nazariy asoslarni aniqlash va mavjud pedagogik tajribalarni tahlil qilish uchun qator metodlardan foydalanildi. Xususan, kasbiy- emotsional intellekt va narrativ metodika bo‘yicha ilgari surilgan nazariy g‘oyalar sistemali tahlil qilindi, kontent-analiz usuli yordamida zamonaviy pedagogik va psixologik adabiyotlar o‘rganildi, taqqoslash usuli orqali turli ta’lim tizimlaridagi narrativ metodik yondashuvlarning samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarning umumlashtirilgan natijalari asosida pedagogik shart-sharoitlarning optimal modeli ishlab chiqildi. Maqola oliy ta’limda narrativ yondashuvni tatbiq etish orqali talabalar shaxsining kasbiy-emotsional o‘sishini ta’minlash imkoniyatlarini aniqlash va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Kasbiy-emotsional intellekt zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlarning markaziy tushunchalaridan biriga aylanib bormoqda. U shaxsning kasbiy faoliyatda emotsional holatlarni boshqarish, o‘z his- tuyg‘ularini anglash va nazorat qilish, ijtimoiy aloqalarni samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kasbiy vazifalarni emotsional jihatdan barqaror amalga oshirish qobiliyatini ifodalaydi.1 Goleman, Mayer va Salovey kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan emotsional intellekt nazariyalari kasbiy kontekstga moslashtirilar ekan, o‘qituvchi shaxsiyatida bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan bir qatorda emotsional kompetensiyalar ham uzviy ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Pedagogik talqinda kasbiy-emotsional intellekt nafaqat shaxsiy emotsiyalarni anglash va boshqarish, balki o‘quvchilarning emotsional ehtiyojlarini sezish, ular bilan empatik muloqot o‘rnatish va ta’lim jarayonini insonparvarlik asosida tashkil etish qobiliyati sifatida qaraladi. Kasbiy salohiyat va emotsional barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligi ta’lim jarayonida o‘zining yaqqol namoyonini topadi. O‘qituvchi kasbiy bilim va metodik kompetensiyaga ega bo‘lgani holda, agar u emotsional barqarorlikni 173 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference ta’mi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning kasbiy- emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda narrativ yondashuvning pedagogik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning kasbiy- emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda narrativ yondashuvning pedagogik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaxsiy tajriba, narrativ yondashuv, emotsional barqarorlik, kasbiy-emotsional intellekt, pedagogik shart-sharoitlar, oliy ta’lim, talaba shaxsiyati., refleksiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026