Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Усовершенсвование компетентности информационных и коммуникационных технологий будущих офицеров в высших военных учреждениях.
Zohid ALIMARDONOV Sanjar ISAKOV (technologies of future officers in higher military institutions)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье речь идет об условиях и возможностях Высшее военно-учебное совершенствования компетентности информационно - заведение коммуникационных технологий будущих офицеров высших Будущий офицер военно-учебных заведениях. Информационно - коммуникационные технологии Компетентность Развитие Совершенствование Ta’lim islohotlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning tezkorligi, oliy harbiy ta’lim muassasalariga qo‘yilayotgan yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Mamlakatimizda harbiy ta’lim sohasida erishilayotgan qator ijobiy o‘zgarishlarga mos ravishda harbiy ta’lim sifat va samaradorligi rivojlanishi dinamikasini yanada jadallashtirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalanish kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda harbiy ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdir. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz kelajakni tasavvur qilib bo‘lmaydi, kundalik turmush tarzimizda amalga oshirayotgan barcha ishlarimiz ushbu soha bilan chambarchas bog‘liqdir. Axborot texnologiyalarining hozirgi rivojlanish tendensiyasini respublikamizda qabul qilingan bir qator farmon va qonunlarda ko‘rishimiz mumkin, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada takomillashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish haqida”gi PF- 3080-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6- iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli Qarori ta’lim jarayoniga hozirgi zamon texnik vositalari, xususan, axborot texnologiyalarini joriy etish zaruratini yuzaga keltiradi. Ushbu keltirilgan Qonun, qaror va farmonlarda “...oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo‘llashga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish”[1] vazifalari belgilab qo‘yilgan. Respublika ijtimoiy hayotiga jadallik bilan axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, hulosalash ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham global axborotlashtirish davrida harbiy kadrlarning, jumladan, oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ofitserlarning kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan talablar kuchaymoqda. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak ofitserlarning axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentliligini takomillashtirish masalasi ham 45 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue - 2, №01 (2021) / ISSN 2181-1415 yuqoridagi dolzarb muammolarning tarkibiy qismi sifatida yechimi kutilayotgan masalalardandir. Ma’lumki, bo‘lajak ofitserlarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiluvchi talablar nuqtayi nazaridan kompetentlik kursantning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to‘plamini maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyatini anglatadi. Kompetentlilik – kursantning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Ilmiy adabiyotlarda “axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentlik” atamasining ko‘plab ta’riflarini uchratish mumkin. Jumladan, O.B.Zaytseva axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentlik − axborot texnologiyalari sohasidagi nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va ma’lum bir shaxsiy sifatlar yig‘indisi integratsiyasi asosidagi murakkab individual-psixologik ta’lim[2], – deb ta’rif beradi. A.A.Elizarovning fikricha, axborot kommunikatsion texnologiyalar kompetentlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim, malaka va kasbiy funksiyalarni bajarishda aniqlanadigan faoliyat tajribasining yig‘indisidir[3]. D.M.Gritskov, P.V.Sisoyev, M.N.Yevstigneev kabi mualliflar guruhi pedagogning axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentligi “yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlarini tushunish, keng tarqalayotgan axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash”[4], – deb ta’rif beradi. M.B.Lebedeva va O.N.Shilovalarning fikricha, pedagoglarning axborot kommunikatsion texnologiyalar kompetentligi o‘quv, kasbiy masalalarni axborot kommunikatsion texnologiyalar vositasida hal etish qobiliyatidir[5]. A.L.Semenov, axborot kompetentsiyasi - bu “zamonaviy savodxonlik, bu ma’lumotni mustaqil ravishda qayta ishlash, zamonaviy texnologik vositalardan foydalangan holda nostandart va kutilmagan vaziyatlarda printsipial ravishda yangi qarorlar qabul qilish qobiliyatini o‘z ichiga oladi”[6]. B
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье речь идет об условиях и возможностях Высшее военно-учебное совершенствования компетентности информационно - заведение коммуникационных технологий будущих офицеров высших Будущий офицер…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье речь идет об условиях и возможностях Высшее военно-учебное совершенствования компетентности информационно - заведение коммуникационных технологий будущих офицеров высших Будущий офицер… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Higher military educational, Information and communication technologies, Development, Higher military educational institution, Высшее военно учебное заведение, Информационно - коммуникационные технологии, Kompetentlik, Компетентность, Axborot kommunikatsion texnologiyalar, Competence, Takomillashtirish, Improvement, Дарс модели, Future officer, Развитие, будущий офицер, Совершенствование, Rivojlantirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026