Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI · Sodiqova N.T.
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
In this article, research was conducted on the issues of development of "digital entrepreneurship" facing our Republic today. Also, proposals and recommendations on the development of entrepreneurship through the wide use of innovations in the modern world are given. Keywords: digital economy, innovative technologies, innovative entrepreneurship, digital technologies, digital entrepreneurship. Kirish. Raqamli iqtisodiyot bu siyosiy-iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash yordamida amalga oshiruvchi yangi tizim bo‘lib, insonlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga kirishishda intensivlikni ta’minlashida muhim ahamiyat kasb etishi bilan ajralib turadi. Shundan kelib chiqib iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron hukumatga o‘tishni jadallashtirish hamda iqtisodiy tarmoqlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirishda innovatsion faoliyatdan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. 561 Aprel, 2025-Yil Ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalgan tadbirkorlar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish bilan alohida o‘rin tutib kelmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida 2019-2021- yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi, energetika, qurilish, taʼlim, sogʻliqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni taʼminlash va ragʻbatlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Buning natijasida tadbirkorlik sohasidainnovatsion tadbirkorlik faoliyatining yangi imkoniyatlarini kashf qilib, vaqt va mablag‘ tejash orqali ko‘proq daromad keltirish manbai sifatida qaralmoqda. Hozirgi vaqtda innovatsion texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhum masalaga aylanib bormoqda. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish bosqichlarini tadqiq qilish va uning о‘ziga xos xususiyatlarini asoslash, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo‘llashni kengaytirishга ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iboratdir. Innovatsion faoliyat ulushining o‘sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo‘lida, innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning, mamlakatimizda ko‘p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun - qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech imkoni yo‘q. Mamlakatimiz bugungi kunda innovatsion texnologiyalarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga alohida etibor qaratib kelmoqda. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ergashev E.I., Yuzbayeva M.Z, Charshanbiyeva B.U “O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish yo‘nalishlari” nomli ilmiy maqolasida mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning innovatsion shart- sharoitlari va omillari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan. Tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishning mavjud muammolar o‘rganilgan. Tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishga doir tizimli islohotlar samaradorligi baholangan. 562 Aprel, 2025-Yil Mavjud imkoniyat va shart-sharoitlar ta’sirida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan. Hamroyev H.R. “Tadbirkorlik asoslari” nomli darsligida O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo‘llab- quwatlashning nazariy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda taraqqiyot yutuqlari, muammolari va istiqbol lari yoritilgan. G‘ofurova U.F., Xayitboyev B.X. “Tadbirkorlikni innovatsion faoliyat asosida rivojlantirishning yo‘llari” nomli ilmiy maqolada tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshishida innovatsion g‗oyalar va yangiliklar yaratilishi hamda ularning amaliyotda qo‗llanilishi keng yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‗sqinlik qiluvchi qator tizimli muammolar yoritilib ularga takliflar keltirilgan. Axunova M.X. “Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar” nomli ilmiy maqolasida O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi qo‘llabquvvatlash va ularga munosib daromad olishi uchun sharoit yaratib berish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa ushbu maqol
Доказательный фрагмент
«In this article, research was conducted on the issues of development of "digital entrepreneurship" facing our Republic today.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, research was conducted on the issues of development of "digital entrepreneurship" facing our Republic today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital economy, innovative technologies, innovative entrepreneurship, raqamli texnologiya, raqamli iqtisodiyot, innovatsion tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar, raqamli tadbirkorlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026