К содержанию
РецензированоUZ2025

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Toshov M.H.

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini turli mulk shakllariga asoslangan holda, bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri boʼlib hisoblanadi. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli toʼxtovsiz ortib bormoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi oʼrta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy oʼsishga erishishda muhim omil boʼlib hisoblanadi. Kalit so’zlar: Kichik biznes, iqtisodiy oʼsish, raqobat. Respublikamizda iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, yangi ish oʼrinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim oʼrin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni ragʼbatlantirish va qoʼllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri kichik biznesni ustuvor darajada rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar o‘tkazilib kelinmoqda, kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin faoliyat yuritishini kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, kichik biznesga ko‘maklashuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Natijada bugungi kunga kelib, kichik biznes sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, iste’mol tovarlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, servis xizmatlari ko‘rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mamlakatimizda qisqa davrda to‘plangan tajribalarimiz kichik biznes barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim omili ekanligini isbotladi. Ayniqsa, mamlakat iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar va diversifikatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishi, uning raqobatbardoshligini oshishi hamda yuqori makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishimizda kichik biznes muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 539 Aprel, 2025-Yil 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 29- maqsadiga ko’ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish, sharoiti og’ir bo’lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo’l ochish, iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo’yilgan. Mamlakatimiz hududlarida kambag’allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish, o’zini- o’zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o‘z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin, kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va yengiliklarga ega bo‘lish imkonini beruvchi korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub’ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko‘plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o‘z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha ma’lum bosqichlarni bosib o’tdi. Salkam 30 yil davomida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi borasida bir qator me’yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratildi. Kichik biznesning asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan asosiy ko‘rsatkichlarni qisqa muddat ichida ta’minlab berishi bilan ajralib turadi. Ya’ni kichik biznes mamlakat ichki bozorida taqchil bo‘lgan tovar va xizm

Доказательный фрагмент

«Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini turli mulk shakllariga asoslangan holda, bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri boʼlib hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini turli mulk shakllariga asoslangan holda, bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri boʼlib hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy oʼsish, Kichik biznes, raqobat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники