К содержанию
РецензированоRU2026

XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVОJLАNTIRISHNING METОDIK JIHАTLАRI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · RIVОJLАNTIRISHNING METОDIK JIHАTLАRI (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В статье рассматривается тот факт, что образцы народного устного творчества сохраняют уникальные аспекты национальной культуры, традиций и ценностей, а художественный и нравственный смысл рассматриваемых произведений укрепляет национальную гордость, духовное сознание и нравственное воспитание учащихся. Ключевые слова: народная литература, мораль, ценности, сказки, загадки, пословицы. ANNOTATION This article discusses the fact that examples of folk oral art preserve the unique aspects of national culture, traditions and values, and that the artistic and moral meaning of the works in question strengthens national pride, spiritual awareness and moral education in students. Keywords: folklore, morality, value, fairy tale, riddle, proverb. Xalq og‘zaki ijodining ertak, maqol, topishmoq yoki doston kabi janrlari o‘zida turli madaniy, tarixiy va axloqiy jihatlarni mujassam etgani sababli, o‘quv jarayonida ularni qo‘llash bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishlarda rivojlanishni ta’minlaydi. Avvalo, tanlangan asarlar bilan ishlash bolalarda o‘qish savodxonligini kuchaytiradi, chunki ular badiiy matnni to‘g‘ri idrok etish, uning mazmunini chuqurroq tushunish va so‘z boyligini kengaytirish singari lingvistik mahoratlarini oshiradilar. Xalq og‘zaki ijodi namunalari milliy madaniyatning o‘ziga xos qirralarini, urf-odat va qadriyatlarini o‘zida saqlab keladi. Belgilangan asarlarning badiiy va axloqiy ma’nosi o‘quvchilarda milliy iftixor, ma’naviy ong va axloqiy tarbiyani mustahkamlaydi. Masalan, ertaklarda xavf-xatarlarga duch keladigan qahramonlarning jasorati, topishmoqlarning topqirlikni talab qilishi yoki maqollarning hayotiy tajriba va donolikka tayanishi bolada shaxsiy fazilatlar rivoji uchun zamin yaratadi. Asarlarni tanlashdan tortib ularni dars jarayoniga integratsiyalashgacha bo‘lgan bosqichlarni aniq rejalashtirish, mazkur bosqichlarni fanlararo aloqadorlik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish va eng muhimi, bu faoliyatdan kutilayotgan maqsad hamda natijalarni oldindan belgilab olish ilmiylik mezonlariga mos bo‘ladi; bunda har bir asarning yosh xususiyatiga mosligi, uning o‘qish, tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni kabi masalalarga ilmiy-nazariy yondashish muhim hisoblanadi [30]. Fanlararo aloqa ta’lim jarayonida murakkab, ammo boy imkoniyatlarni yaratadi, chunki xalq og‘zaki ijodiga mansub ertak, maqol, topishmoq yoki dostonlardagi voqea va obrazlarni 4 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lab o‘rganish o‘quvchilarning keng qamrovli tafakkurini shakllantiradi. Masalan, ertakdagi voqealarni tushunishda ayrim matematik hisob-kitob elementlaridan foydalanish o‘quvchilarda bir vaqtning o‘zida badiiy matnni tahlil qilish va aniq fanlardagi ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini beradi. Tabiatshunoslik bilan uyg‘unlashtirish orqali esa ertaklarda yoki maqollarda esga olingan tabiat hodisalari, hayvonlar va o‘simliklar haqidagi ma’lumotlar kengaytiriladi hamda o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini mustahkamlaydi va ularni atrof-muhitni qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa va tasviriy san’at darslarida xalq ijodidagi badiiy lirik ohanglar, voqealarga xos ijodiy atmosfera hamda milliy urf-odatlar ruhini ijro yoki tasvir orqali ifodalash san’atkorlik va estetik didni rivojlantiradi. Oqibatda, xalq og‘zaki ijodi mazmunini chuqur o‘zlashtirish bilan birga, o‘quvchilarda boshqa fanlar bo‘yicha egallanayotgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar ham mustahkamlanadi va ular ijodkorlik asosida o‘zaro birlashib ketadi [25, B. 51–52.]. Xalq ijodining lingvistik yoki ma’naviy tarbiyaga qo‘shadigan hissasi, aslida, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va hayotiy tajribani boyitishning keng ko‘lamli imkoniyatlari bilan uyg‘unlashadi. Turli ertak, doston, topishmoq va maqollarda keltirilgan badiiy obrazlar, voqea-hodisalar hamda axloqiy xulosa va mulohazalar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirib, ularning mustaqil qaror qabul qilishga bo‘lgan rag‘batini oshiradi. Quyidagi jarayon faqat til va adabiyot o‘rganish bilan cheklanib qolmay, balki ijtimoiy-psixologik holatlarda, kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal etishda ijodiy yondashuvni ham shakllantiradi. Mazkur asarlar asosidagi badiiy mazmun o‘quvchilarni qat’iy me’yorlardan tashqarida fikrlashga, xodisalarga turli nuqtai nazardan yondashish va shuning asosida o‘zgacha qaror yoki yechim topishga undaydi. Xalq ijodida ifodalangan turli tarixiy, madaniy va ijtimoiy omillar hayotiy tajribani boyitish va insoniy munosabatlar mohiyatini chuqur anglashga yordam beradi hamda axloqiy tarbiya bilan bir qatorda mustaqil fikr va harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Xulosa qilib aytganda, milliy merosdan namunalar olish, zamonaviy interfaol usullar bilan uyg‘unlashib, o‘quvchilarga badiiy saviya va nutq mahoratini rivojlantirish yo‘lida keng imkoniyatlar taqdim etadi. Bunda har bir mashg‘ulotga ijodiy yondashish, ijobiy rag‘bat va doimiy takrorlash zarur bo‘lib, bolalarda ilgari shakllangan

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается тот факт, что образцы народного устного творчества сохраняют уникальные аспекты национальной культуры, традиций и ценностей, а художественный и нравственный смысл рассматриваемых произведений…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается тот факт, что образцы народного устного творчества сохраняют уникальные аспекты национальной культуры, традиций и ценностей, а художественный и нравственный смысл рассматриваемых произведений… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
folklore, morality, value, fairy tale, riddle, proverb, ertak, odob-axloq, maqol., topishmoq, xalq og‘zaki ijodi, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники