Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARINING BAXTLI HAYOTGA ERISHISHLARIDA MA’NAVIY TARBIYANING AHAMIYATI
O’rinova Ravshana
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibi — ya’ni tilning leksik boyligi va uning shakllanish manbalari chuqur o‘rganiladi. Unda so‘zlarning kelib chiqishi, tarixiy qatlamlari, shuningdek, zamonaviy hayot va texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi leksik birliklar yoritiladi. Kalit soʻzlar: lugʻat tarkibi, leksik birlik, soʻz boyligi, sinonim, antonim, omonim, neologizm, o‘zbek tili, leksikologiya, til taraqqiyoti, soʻz yaratuvchanlik, zamonaviy leksika, tarixiy qatlam, leksik manbalar, til o‘zgarishi. Annotation: This article discusses the vocabulary (lexicon) of the Uzbek language and its stages of development, the processes of creating dictionaries, the process of word formation, the enrichment of lexical units under the influence of national and international factors, and the lexical connections between the literary language and dialects. Keywords: Lexicon, literary language, dictionary, language, spelling, dictionaries, lexical units, words and word forms, lexicalizers, etc. Абстрактный: В статье рассматриваются словарный состав узбекского языка и этапы его развития, процессы создания словарей, процесс словообразования, обогащение лексических единиц под влиянием национальных и интернациональных факторов, лексические связи литературного языка с диалектами. Ключевые слова: Лексика, литературный язык, словарь, язык, орфография, словари, лексические единицы, слова и словоформы, лексикон и т. д. Har qanday tilning asosiy boyligi va uning rivojlanish darajasi, avvalo, uning lugʻat tarkibi bilan belgilanadi. Tilning lugʻaviy qatlamida xalqning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, madaniyati, tafakkuri va dunyoqarashi aks etadi. O‘zbek tilining lug‘at boyligi ham o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, madaniy aloqalar va ichki rivojlanish omillari ta’sirida shakllanib borgan. Ushbu maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibini tashkil etuvchi asosiy qatlamlar, ularning kelib chiqish manbalari, leksik birliklarning o‘zaro munosabati va zamonaviy leksik tendensiyalar tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi — lugʻat tarkibi orqali tilning hozirgi holatini o‘rganish va leksik taraqqiyot jarayonlarini yoritishdan iborat. Yillar davomida,balki asrlar davomida oʻzgarishlar maʼlum darajaga yetib kelganda,ularda nazariy va amaliy jihatini aks ettiruvchi tadqiqotlarga ehtiyoj tugʻiladi.Amaliy ishlarning asosiylaridan biri esa izohli, tarixiy va etimologik lugʻatlar tuzish hisoblanadi.Oʻzbek tili leksikasi haqida gapiradigan boʻlsak,Oʻzbek leksikografiyasining tarixi Mahmud Qoshgʻariyning XI asrda yaratilgan mashhur "Devoni Lugʻotit türk" asari bilan boshlanadi. Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan,turkiy xalqlar tarixi, urf- odatlari, geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlarni ham qamrab olgan.Sharqshunoslik va turkiyshunoslik fanlarining rivojlanishi tufayli anʼanaviy lugʻatchilik bilan bir qatorda XIX asrning 2-yarmidan boshlab shu yoʻnalishdagi oʻnlab ruscha-oʻzbekcha,oʻzbekcha-ruscha va umumturkiy tillar leksikasini izohlovchi lugʻatlar paydo boʻldi. 61 Oʻzbek lugʻatshunoslik tarixida XX asr alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrda turli maqsadlarga qaratilgan terminologik lugʻatlar,oʻquv va imlo lugʻatlari,har xil turdagi soʻzlashgichlar yaratildi. Oʻzbek tilining birinchi izohli lugʻati 1949-yilda nashr etilgan boʻlib, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari tomonidan tayyorlanganligini koʻrishimiz mumkin. Muharriri Lutfulla Bekmuhamedov (bosh muharrir) hisoblanadi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi nashriyotida bosib chiqarilgan.Ushbu toʻplam ham Oʻzbek tili leksikasining boyishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.Lugʻatda asosan oʻzbek tilining bosib oʻtgan tarixiy yoʻli hamda leksikasidagi soʻzlar ushbu lugʻatga kiritilgan edi.Keyinchalik, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi H. Sulaymonova nomidagi Til va adabiyot instituti olimlari tomonidan ikki jildlik Oʻzbek tili izohli lugʻati tuzildi.Ba’zida bu lug‘at 5 jildlik mukammal usuldagi lug‘atning soddalashtirilgan yoki umumlashtirilgan shakli sifatida ko‘riladi. Lug‘atda 50 mingdan ortiq so‘z va ibora jamlangan. So‘zlarning ma’nolari, sinonimlari, ba’zan antonimlari, uslubiy belgilari, qo‘llanilish misollari bilan berilgan.Zamonaviy o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslangan.Ilmiy, badiiy, publitsistik uslublarda qo‘llaniladigan so‘zlarga alohida e’tibor qaratilganliginini koʻrishimiz mumkin.Lug‘atda 50 mingdan ortiq so‘z va ibora jamlangan.So‘zlarning ma’nolari, sinonimlari, ba’zan antonimlari, uslubiy belgilari, qo‘llanilish misollari bilan berilgan.Zamonaviy o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslangan.Ilmiy, badiiy, publitsistik uslublarda qo‘llaniladigan so‘zlarga alohida e’tibor qaratilgan edi.Ushbu izohli lugʻat oʻzbek tiling leksikasining boyishida asosiy manbaa boʻlib xizmat qilgan.2006-2008 yillar orasida Oʻzbek tilining izohli lugʻati (5 jildlik) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi H. Sulaymonova nomidagi Til va adabiyot instituti olimlari Bosh m
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibi — ya’ni tilning leksik boyligi va uning shakllanish manbalari chuqur o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibi — ya’ni tilning leksik boyligi va uning shakllanish manbalari chuqur o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lexicon, literary language, dictionary, language, spelling, dictionaries, lexical, o‘z-o‘zini anglash, burch, axloq., Baxt, oila, ish faoliyatti, jamiyat, ruhiy sog‘lik, ma’suliyat, maqsadlar, psixalogiya, ijtimoiy munosabatlar hayot poydevori, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026