К содержанию
РецензированоUZ2025

DASTURIY TA’MINOT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI.

Berdiyev BobomurodErkino‘g‘li · MIbosqich talabasi · Ilmiymaslahatchi:Yaxiyaxonova MuxibaMaxmudjonovna

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida “Dasturiy ta’minot” bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalari yoritilgan. O‘quvchilarda zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar, xususan, loyihaga asoslangan, muammoli va interaktiv metodlar qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada tajriba asosida o‘quvchilar faolligi, mustaqilligi va bilim o‘zlashtirish darajasi o‘rganilgan. Dars jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishga yordam berishi asoslab berilgan. Shuningdek, an’anaviy va innovatsion metodlar taqqoslanib, har birining afzallik va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari asosidasamarali o‘qitishbo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Dasturiy ta’minot, o‘qitish metodikasi, loyihaviy metod, interaktiv ta’lim, muammoli yondashuv, dasturlash, o‘quvchi faolligi, amaliy mashg‘ulot, innovatsion texnologiya, zamonaviyta’lim Kirish. Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi dasturiy ta’minot bo‘limi o‘qitish metodikasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Dasturiy ta’minot bu kompyuter tizimlarining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u foydalanuvchilarga turli vazifalarni bajarishda yordam beradigan dasturlar va ilovalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Shu sababli, dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitish nafaqat texnik bilimlarni berish, balki talabalarni zamonaviy dasturlash vositalari, algoritmlarva tizimlitahlilusullari bilan tanishtirishniham nazarda tutadi. Dasturiy ta’minotni o‘qitish metodikasi pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligiga asoslangan bo‘lishi kerak. Chunki bugungi kunda dasturiy ta’minotni o‘rganish faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmaydi, balki amaliy mashg‘ulotlar, loyiha asosida ta’lim va interaktiv dars usullari bilan boyitilishi lozim. Shuningdek, ta’lim jarayonida talabalar mustaqil ishlash, muammolarni hal qilish va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishlariuchun mos sharoit yaratish muhim ahamiyatgaega. Dasturiy ta’minotga oid fanlarni samarali o‘qitish uchun o‘quv dasturlari doimiy yangilanib borishi, o‘quvchilarning ehtiyojlari va mehnat bozorining talablariga mos kelishi kerak. Zamonaviy o‘quv metodikalarida masofaviy ta’lim, gamifikatsiya, laboratoriya ishlari va dasturlash bo‘yicha jamoaviy loyihalarga katta e’tibor berilmoqda. Bu yondashuvlar talabalar biliminimustahkamlash va ularga real hayotda qo‘llash imkoniniberadi. Shuningdek, dasturiy ta’minotni o‘qitishda tahliliy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, muammolarni hal qilish strategiyalarini o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa kelajakdagi 252 mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishga, ularning dasturiy mahsulot yaratish bo‘yicha kompleksyondashuvlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Xorijiy adabiyotlar tahlili. Shvetsariyalik olim Jean Piaget oʻzining kognitiv rivojlanish nazariyasi asarida ta’lim jarayonidagi konstruktivistik yondashuvi dasturiy ta’minotni o‘qitish jarayonida ham qo‘llanilishi gʻoyasi ilgari surilib, talabalar o‘z bilimlarini mustaqil ravishda shakllantirishlari kerakligi va bunda amaliy tajriba muhim ahamiyatga ega ekanligi aytib oʻtilgan. [1] AQSH tadqiqotchisi Seymour Papert esa oʻz tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘z o‘zidan o‘rganishiga asoslangan konstruktsionistik yondashuvni ishlab chiqqan va dasturlashni o‘rganish tajribavaloyiha asosidatashkil etilishi lozimdeb hisoblagan.[2] Shu jumladan oʻzbek tadqiqotchilari Xamidulla Oripov o‘z ilmiy ishlarida axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish muhimligini ta’kidlaydi va zamonaviy ta’lim jarayonida dasturiy ta’minot va algoritmlarni o‘qitish amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitilgan holdaolibborilishi kerak ekanligini ta’kidlab oʻtadi.[3] Abdumo‘min Sattorov innovatsion pedagogik texnologiyalarning dasturiy ta’minot o‘qitishdagi samaradorligini oʻz tadqiqotlarida aytib oʻtgan o ‘rganib, Interaktiv va loyiha asosidagi ta’lim dasturiy ta’minotni o‘qitishda talabalar mustaqil fikrlashi va real loyihalar ustida ishlashga tayyorlanishiga xizmat qilishini va bu yondashuv zamonaviy dasturlash ta’limini amaliy mashg‘ulotlarorqali rivojlantirishga qaratilganligini [4] Yuqoridagi ilmiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, dasturiy ta’minotni o‘qitish metodikasida konstruktivistik va konstruktsionistik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari o‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlar, loyiha asosida ta’lim va interaktiv metodlarni qo‘llashning samarali ekanliginitasdiqlaydi. Metodlar. Dasturiy ta’minot boʻlimini bir necha metodlar orqali o‘qitish mumkin. Jumladan, amaliymashg‘ulotlar(praktik mashg‘ulotlar) ˗ Talabalar real loyihalar,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida “Dasturiy ta’minot” bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida “Dasturiy ta’minot” bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amaliy mashg‘ulot, innovatsion texnologiya, interaktiv ta’lim, dasturlash, zamonaviy ta’lim, loyihaviy metod, Dasturiy ta’minot, muammoli yondashuv, o‘quvchi faolligi, o‘qitish metodikasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники