К содержанию
РецензированоUZ2025

QISQA MASOFAGA YUGURUVChILARNING TEXNIKASINI RIVOJLANTIRISH

Ayxodjayeva M.S. · Kazoqov R.T. · Djurabayev A.M.

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari qisqa masofaga yuguruvchilarning texnikasi va taktikasini rivojlantirish xaqida labaratoriya sharoitida olingan natijalar olingan. Kalit so‘zlar. Video taxlil, start holati, qadam chastotasi va uzunligi, start reaksiyasi, quvvat va energiyani oshirish. Qisqa masofaga yuguruvchilarning texnikasini rivojlantirish yuqori natijalarga erishish uchun juda muhim jarayon. Bu texnika faqat tez yugurishni emas, balki harakatlarni aniq va iqtisodiy bajarishni ham nazarda tutadi. Quyida qisqa masofaga (100m, 200m, 400m) yugurish texnikasini rivojlantirish uchun asosiy yo‘nalishlar keltirilgan: Yugurish texnikasining asosiy bosqichlari: 1. Start holati (past start) o To‘g‘ri start blokidan foydalanish; o Qo‘llar va oyoqlar muvozanatda bo‘lishi; o Bosh past, ko‘zlar yerga qaratilgan holda turish. 2. Startdan chiqish o Ilk 10-20 metrda maksimal tezlikka chiqish emas, balki to‘g‘ri tekshirilgan tezlanish; o Qo‘l va oyoq harakatlarini kuchli va hamohang bajarish. 3. Tezlikni oshirish bosqichi o Tanani sekin-sekin vertikal holatga keltirish; o Qadam uzunligi va chastotasini to‘g‘ri tanlash. 4. Maksimal tezlikda yugurish o Qo‘llarni faol harakatlantirish orqali yugurishni barqarorlashtirish; o Tanani ko‘tarmaslik va ko‘p silkinishdan saqlanish. 1 44 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 5. Finish texnikasi o Tanani finish chizig‘idan oldin yengil oldinga sunish; o Finishga yaqin qadamlar tezligini ushlab turish. Texnikani rivojlantirish usullari: • Video tahlil – Yugurish jarayonini videoga olib, harakatlardagi xatolarni aniqlash. • Texnikaviy mashqlar – “A”, “B”, “S” harakat mashqlari, yugurish formasini yaxshilash uchun. • Qadam chastotasi va uzunligi ustida ishlash – maxsus mashqlar va yugurish simulyatorlari orqali. • Start reaksiyasini mashq qilish – start buyrug‘iga tez reaksiya berish qobiliyatini oshirish. • Quvvat va jarqiraqlikni oshirish – sprinterlar uchun moslangan zal mashqlari (pliometrik, kuch mashqlari). Xulosa. Qisqa masofaga yuguruvchi yugurish texnikasini butun yil bo‘yi o‘rganishi va takomillashtirishi kerak. Buning uchun tezlanishli yugurishdan, to‘la kuch sarflamay masofaning ma’lum qismlarini yugurib o‘tishdan, shuningdek, qisqa masofa yuguruvchi mashg‘ulotida muxim o‘rin tutishi kerak bo‘lgan maxsus tayyorlov mashqlaridan foydalanish kerak. Biomexanik parametrlarni aniqlash va tahlil qilish: qisqa masofaga yugurish texnikasining asosiy biomexanik parametrlarini aniqlash (oyoq harakati, qadam uzunligi, qadam chastotasi, tana og'irligi markazi harakati, kuchlanish burchaklari va o'zaro bog'liqliklar) yugurish jarayonida yuqori va past ko'rsatkichlarga sabab bo'luvchi texnik elementlari aniqlandi va tahlil qilindi.Yuguruvchilarning yugurish texnikasidagi farqlarni o'rganish: yuqori malakali va malakali sportchilar hamda yangi shug‘ullanuvchilarning qisqa masofaga yugurish musobaqalarida biomexanik parametrlarini aniqlash, tahlil qilish va natijalarini rivojlantirib borish koʻrsatkichlari orasida yugurish texnikasidagi farqlari o'rganildi. Yuqori malakali va malakali sportchilar hamda yangi shug‘ullanuvchi sportchilarda texnika o'zgarishlarini kuzatildi. Tezlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun yengillashtirilgan sharoitlarda qiya tepaliklar (qiyalik burchagi-2-4°) yugurish qo‘llanildi. Bunda qiyalikda yugurish gorizontal bo‘ylab yugurish xamda tepalikka (toqqa) yugurib chiqish bilan almashlab qo‘llanilgan taqdirda eng yaxshi samaraga erishish mumkin.Tayyorlov davridagi mashg‘ulot turli xil sakrash va sprintning maxsus tayyorlov mashqlarini o‘z ichiga olishi kerak. 1 44 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu mashqlarni qismlarga bo‘lib bajarish ularni deyarli uzliksiz ijro etishga ketadigan vaqtni tayyorlov davri oxirigacha asta sekin 20-25 minutga yetkazish kerak.Yuguruvchilar texnikasini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish:harakatning texnik elementlarini yaxshilash orqali yuguruvchilarning umumiy texnikasini optimallashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.yuguruvchilar uchun maxsus mashg'ulot dasturlarini taklif etish, ular biomexanik tahlillarga asoslanib texnikani yaxshilashga qaratildi.Yugurishda qarshilikdan foydalanib amalga oshiriladigan kuch tayyorgarligi bevosita start sharoitlarida kuch va tezlik tarkiblarini rivojlantirishga imkon beradi. Bunday tayyorgarlik qarshilik bilan bajariladigan an’anaviy kuch mashqlariga qaraganda katta samara beradi. Фойдаланилган адабиётлар. 1. Djalilova S., Tursunboyeva L., Kazakhov R. ENGAGING ENGLISH LANGUAGE LEARNING THROUGH SPORTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 386-395. 2. Tursunboyeva L., Djalilova S., Kazoqov R. ABOUT TEACHING SPEAKING //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 376-385. 3. Kazoqov R. et al. M

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari qisqa masofaga yuguruvchilarning texnikasi va taktikasini rivojlantirish xaqida labaratoriya sharoitida olingan natijalar olingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari qisqa masofaga yuguruvchilarning texnikasi va taktikasini rivojlantirish xaqida labaratoriya sharoitida olingan natijalar olingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
quvvat va energiyani oshirish., Video taxlil, start reaksiyasi, qadam chastotasi va uzunligi, start holati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники