Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
G’ARBIY YEVROPA SHAHARLARI VUJUDGA KELISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Gulyamov Alisher Azizovich · Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi · Boltayev Oxun Obid o'g'li
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada G‘arbiy Yevropa shaharlari vujudga kelishining tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillari tahlil qilinadi. Asarda o‘rta asrlarda shaharlarning shakllanishi, feodal tizim ta’siri, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida shaharlarning mustahkamlanishi yoritilgan. Shuningdek, shaharlar o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘lib, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga turtki bo‘lgani alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada G‘arbiy Yevropa shaharlari rivojining Sharqiy Yevropa yoki boshqa hududlardan farqli jihatlari ham tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: G‘arbiy Yevropa, o‘rta asrlar shaharlari, urbanizatsiya jarayoni, feodalizm, savdo va hunarmandchilik, shaharlarning iqtisodiy rivojlanishi, shahar huquqlari, fuqarolik jamiyati, mustaqil shaharlar, Yevropa tarixida urbanizatsiya, magistratura tizimi, gildiyalar, shahar boshqaruvi, savdo yo‘llari, ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Maxsus ishlab chiqarish mahsulotlari bilan viloyat yoki mamlakatda emas, butun G‘arbiy Yevropa mintaqasida mashhur bo‘lgan shaharlar sirasiga misol tariqasida Flandriyadagi Bryugge, Gent, Ipr shaharlarini, Fransiyadagi Arras, Bove, Amʼen, Turne shaharlarini keltirib o‘tish mumkin. Ular movut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bu holat shaharlarning ijtimoiy- iqtisodiy hayotini belgilab bergan. Italiya shaharlari uchun xos xususiyat quruqlik va dengizda xalqaro savdo aloqalari bilan shug‘ullanish edi. Xalqaro savdoda mashhur shaharlar sirasiga Italiyadagi Amalfi, Venetsiya, Genuya, Piza shaharlarini, Germaniyadagi Gamburg, Lyubek, Kyoln va boshqa shaharlarni kiritib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi1. Ushbu shaharlar 1 Берман Г.Дж. Западная традиция права: эпоха формирования. / пер. С англ. – 2-е изд. – М.: Изд-во МГУ: Издательская группа ИНФРА-М – НОРМА, 1998. – С. 365. 487 Aprel, 2025-Yil xo‘jalik hayotini o‘rganish orqali vositachilikka asoslangan savdo ham shaharlarni iqtisodiy hayoti o‘zagini tashkil eta olgan degan ilmiy xulosalarga kelish mumkin deb hisoblash mumkin. O‘rta asr shaharlari shakllanishi bir necha yuz yil davom etgan bo‘lib, eng avvalo bu hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqish davri bo‘lgan. chunki, qishloq dehqonlari uzoq vaqt uy hunarmandchiligi orqali o‘zi uchun zarur mahsulotlarni tayyorlagan bo‘lsa, ilk shaharlardagi hunarmandlarning ham shahar tashqarisida dehqonchilik qilish uchun yer maydoni, chorvasi mavjudligi saqlanib qolingan edi. Polizchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, cho‘chqalar yetishtirish shaharlarda uzoq vaqt davom etavergan. Rivojlangan o‘rta asrlarning oxiriga qadar ayrim shaharlarning agrar xususiyatlari saqlanib qolinganligi tarixiy adabiyotlarda keltirib o‘tilganligini ko‘rish mumkin2. Shaharlar eng avvalo himoya qo‘rg‘onlari bo‘lib, ular dastlab antik davr shaharlaridan ancha kichkina ekanligi bilan xarakterlanadi. Shahar qo‘rg‘onlari atrof qishloqlarning urushlar vaqtida qochib yashirinadigan joy vazifasini ham bajarishi lozim bo‘lgan. Fransiya janubida yangi shaharlarning vujudga kelishida feodallarning roli ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalan, 1144 yilda Tuluza Grafi Alfons tomonidan Montauban shahriga asos solingan. Grafga qarashli Jourdian Burg (qalʼa)sida Montrol ibodatxonasi joylashgan bo‘lib, u yerga sekin-asta atrofdagi insonlarning muqim yashash uchun ko‘chib kela boshlaganligini ko‘rish mumkin3. XII-XIII asrlarda G‘arbiy Yevropa shaharsozligi uchun bastiblar qurish o‘ziga xos ahamiyat kasb etganligini ko‘rish mumkin. Bastid bu shahar vujudga kelgan yerda unga egalik qilish va nazoratda tutib turish maqsadida feodallar tomnidan tayanch qalʼa, mudofaa inshootlari qurishga nisbatan ishlatiladigan atama bo‘lib, ularni yaratilishi ijtimoiy emas, balki, harbiy- strategik omillar muhim bo‘lib hisoblangan. Plantagenet va Kapetinglar sulolalari feodal yer- mulklari asosan Fransiyaning janubiy-g‘arbiy qismlarida bo‘lib, bu yerda yangi shaharlar barpo etish va ular yordamida janubiy-g‘arbiy chegaralarini muhofaza qilish va aholini qayta taqsimlanish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Xuddi shu tartibda Tuluza grafi Raymond VII Fransiya markaziy hokimiyatiga qarshi kurashish maqsadida 40 ta Bastidga asos solganini ham ko‘rish mumkin. Ularga aholini joylashtirish masalasi ham ko‘rilgan. Bastidlarning yaratilish cho‘qqichi Fransiyada 1230-1350 yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu davrda faqat Fransiyaning 2 Город в средневековой цивилизации Западной Европы. Т. 3. Человек внутри городских стен. Формы общественных связей. – М.: Наука, 2000. – С. 199. 3 Город в средневековой цивилизации Западной Европы. Т. 1. Феномен средневекового урбанизма. - М.: Наука, 1999. – С. 253. 488 Aprel, 2025-Yil o‘zida 400-500 atrofida bastidlar qurilganligi tarixiy adabiyotda keltirib o‘tilganligini ko‘rish mumkin4. Bu shaharlarning ushbu davrda ko‘plab qurilganligini ko‘rsatadi. Frnsiya o‘rta asrlarda sodir bo‘lgan Albigoy urushlaridan keyin ham garchi Fransiya janubidlagi shaharlar albigoylikning asosiy markazlari bo‘lgan bo‘lsada, yangi shaharlar qurishn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada G‘arbiy Yevropa shaharlari vujudga kelishining tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada G‘arbiy Yevropa shaharlari vujudga kelishining tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- feodalizm, mustaqil shaharlar, G‘arbiy Yevropa, o‘rta asrlar shaharlari, shaharlarning iqtisodiy rivojlanishi, Yevropa tarixida urbanizatsiya, shahar boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy omillar., urbanizatsiya jarayoni, savdo yo‘llari, savdo va hunarmandchilik, fuqarolik jamiyati, magistratura tizimi, shahar huquqlari, gildiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026