К содержанию
РецензированоUZ2011

PROBIOTIKLAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI BIOLOGIK FAOLLIGI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Doniyorova Zulayho Uchqunjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2011

Аннотация

Probiotiklar – inson organizmida yashovchi, sog’lom kibrobiotning muvozanatini saqlash va rag’batlantirish orqali turli fiziologik jarayonlarni qo’llab – quvvatlaydigan jonli mikroorganizmlardir. Ularning biologik faolligi bir qancha mexanizmlar orqali namoyon bo’ladi: Ichak epitelining himoya to’sig’ini mustahkamlash, bakteriosin va organik kislotalar sintezi orqali patogen mikrofloraning o’sishini bostirish, immun tizimini modulyatsiya qilish va psixobiotik effektlar orqali markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Asosiy probiotik mikroorganizmlarga laktobakteriyalar (Lactobavillus), bifidobakteriyalar (Bifidobakteriyalar), propion kislotasi bakteriyalar (Propionibacterium) Streptococcus thermophilus bakteriyasi kiradi. Ko’p probiotiklar (lekin hammasi emas) sut kislotasi bakteriyalari guruhiga kiradi . Probiotiklar sifatida ko’pincha Lactobacillus va Bifidobacterium avlodining turlari qo’llaniladi, lekin ba’zi spora hosil qiluvchi bakteriyalar, xususan, Bacillus turi, E.coli va xamirturush Clostridum butyricum (Yevropa Ittifoqida oziq – ovqat mahsuloti sifatida ro’yxatga olingan. 2011 -yil holatiga ko’ra, probiotiklarni qabul qilishda kasallikning oldini olish yoki sog’lig’ini yaxshilash uchun hech qanday ilmiy dallil mavjud emas .Bakteriyalarni o’z ichiga olgan og’iz orqali yuboriladigan preparatlar so’lak, me’da xlorid kislotasi, safro , oshqozon osti bezi va ichak sharbatlari tomonidan salbiy ta’sir ko’rsatadi . Kalit so’zlar: Probiotiklar, mikrobiota, immunomodulyatsiya , himoya to’siq funksiyasi, psixobiotik effekt, fermentative metabolitlar, bakteriosinlar, atopik dermatit va genetik modifikatsiya qilingan probiotiklar. Probiotiklarning ta’sir mexanizmlari: Probiotiklar shilliq qavatning immunitet mexanizmlariga ta’sir qilish, simbiotik yoki potensial patogen mikroblar bilan o’zaro ta’sir qilish, metabolitk mahsulotlarni ishlab chiqarish va kimyoviy signallar orqali organizmning hujayralari bilan aloqa qilish orqali GI ekotizimiga ta’sir qiladi. Ushbu mexanizmlar potensial patogenlar bilan antagonizmga, GI muhitini yaxshilashga, oshqozon- ichak to’sig’ini mustahkamlashga, yallig’lanish haqida salbiy fikrga va antigenik chaqiruvlarga immunitet reaksiyasi haqida fikr- mulohazalarga olib kelishi mumkin. 1. Himoya to’siqni mustahkamlash – Probiotiklar ichak epitelida zich bog’lanish orqali patogen mikroblarning birikishini kamaytiradi. 2. Antimikrobiol moddalar sintezi- Bakteriotsinlar, asidlar (laktik kislota, asetikasid) va reaktiv kislotali metabolitlar sintezi orqali patogenlar o’sishini cheklaydi. 3. Immunomodulyatsiya – Sitokinlarni (IL- 10, Il-12, TNF – a)tartibga solish hamda T- hujayralarni faollishtirish orqali organizmning immune javobini oshiradi. 4. Psixobiotik effekt – Ba’zi probiotiklar gepato- gastrointestinal miyada aks etuvchi shlaklarni kamaytirib, stress va depressiya alomatlarini yumshatadi. 5. Probiotiklarning immunologik bo’lmagan ta’sir – ovqat hazm qilishni rag’batlantirish va patogenlar bilan oziq moddalar uchun raqobatlashish, patogenlar uchun noqulay mahalliy 72 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si muhitni yaratish uchun mahalliy pH ni o’zgartrish, superoksid radikallarini yo’q qilish, mutsinning epiteliya ishlab chiqarishini rag’batlantirish, patogen kelib chiqadigan toksinlarni o’zgartrish. 6. Probiotiklarning immunologik ta’sir – sitokin profilini modulyatsiya qilish, mahalliy makrofaglarni faollashtirish, antigen B ning limfositlarga taqdim etilishini oshirish va mahalliy tizimli ravishda sekretor immunoglobulin A ishlab chiqarishni oshirish . Probiotiklarning samaradorligi: Amerika Gastroenterologiya Assotsiatsiyasi (AGA) ma’lumotlariga ko’ra, hozirda ma’lum sharoitlarni yaxshilash yoki muayyan kasalliklarni davolash uchun qaysi maxsus probiotikni qo’llash maqsadga muvofiqligi haqida yetarli ilmiy dalillar mavjud emas. AGA pozitsiyasiga ko’ra, probiotiklar hozirgi vatqda quyidagi kasalliklar va sharoitlarni davolashda eng ko’p qo’llaniladi: - Irritabiiy ichak sindromi – sut kislotasi bakteriyalarining probiotik shtammlari Bifidobacterium infantis va Lactobacillus plantarum va zamburug’lari Sacchromyces bo’lardi, shuningdek, probiotiklarning kombinatsiyasi ichak harakatlariga yordam beradi. - Rotavirus infektsiyasidan kelib chiqqan yuqumli diareya, shu jumladan, chaqaloqlar va yosh bolalarda – lokabakteriyalar Lactobacillus rhamnosus va Lactobacillus casei shtammlari uchraydi . - Antibiotiklar bilan bog’liq diareya – Saccharomyces boulardi Clostriduim difficile sabab bo’lgan eng xavfli va eng keng tarqalgan antibiotikbilan bog’liq diareya takrorlanishining oldini oladi. Shu bilan birga, AGA probiotiklarni sayohatchilar diareyasida qo’llash uchun hozirda hech qanday dalil mavjud emas deb hisoblaydi va probiotiklardan og’iz bo’shlig’i salomatligini saqlash, ekzema va boshqa teri, urologik va vaginal kasalliklarning oldini va davolashda foydalanish mumkin bo’lgan foydalilligiga qaramay, bolalar va kattalardagi allergiyaning oldini o

Доказательный фрагмент

«Probiotiklar – inson organizmida yashovchi, sog’lom kibrobiotning muvozanatini saqlash va rag’batlantirish orqali turli fiziologik jarayonlarni qo’llab – quvvatlaydigan jonli mikroorganizmlardir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Probiotiklar – inson organizmida yashovchi, sog’lom kibrobiotning muvozanatini saqlash va rag’batlantirish orqali turli fiziologik jarayonlarni qo’llab – quvvatlaydigan jonli mikroorganizmlardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
himoya to’siq funksiyasi, fermentative metabolitlar, bakteriosinlar, mikrobiota, immunomodulyatsiya, atopik dermatit va genetik modifikatsiya qilingan probiotiklar., Probiotiklar, psixobiotik effekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники