К содержанию
РецензированоUZ2017

Professional ta’lim jarayonida didaktikaning roli

Muhammad al-Xorazmiynomidagi TATU · Muhammad al-Xorazmiynomidagi TATU

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada nazarda tutilgan asosiy maqsad, professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashni zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron masalalar to‘plami, elektron trenajyorlar, elektron praktikumlar, elektron ma’lumotnomalar, elektron ensiklopediyalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, elektron o‘quv metodik-majmua (EO‘MM), mabil ilovalar va shu kabi boshqa ko‘plab zamonaviy didaktik vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Shu bois, hozirgi zamon professional ta’limidazamonaviy didaktik vositalari tobora kattaahamiyat kasbetmoqda. Kalit so‘zlar: Didaktika, elektron darsliklar, metod, axborot, o‘qitish, bilim, ko’nikma, imkoniyat, boshqaruv, elektron trenajyorlar, vosita, elektron ma’lumotnomalar Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi - Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga moszamonaviy bilimva ko‘nikmalargaega kadrlar tayyorlashgaalohida e’tiborqaratilgan. Bugungi kunda OTM larida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashni zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron masalalar to‘plami, elektron trenajyorlar, elektron praktikumlar, elektron ma’lumotnomalar, elektron ensiklopediyalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, elektron o‘quv metodik-majmua (EO‘MM), mabil ilovalar va shu kabi boshqa ko‘plab zamonaviy didaktik vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Shu bois, hozirgi zamon professional ta’limida zamonaviy didaktik vositalari tobora kattaahamiyat kasbetmoqda. Professional ta’lim tizimida zamonaviy didaktik vositalarining ahamiyati ularning qo‘llanilishi bosqichlari va darajalari bilan belgilanadi. Birinchi bosqichda zamonaviy didaktik vositalari an’anaviy ta’lim shakllari va o‘qitish metodlari doirasida alohida pedagogik vazifalarni hal qilishvositasi sifatidaqo‘llaniladi. Samarkand State Institute of Foreign Languages 534 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI 1-rasm. Professionalta’limtiziminingbosqichlari. Zamonaviy didaktik vositalari o‘quv jarayonini boshqa o‘quv- metodik vositalar bilan baravar holda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining o‘rni va uning bajaradigan vazifalari ta’limni tashkil etishning shakllangan tamoyillari bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, ushbu bosqichda zamonaviy didaktik vositalari nofaol tarzda qo‘llaniladi, ya’ni ta’limtiziminingo‘zgarishiga deyarli ta’siretmaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining professional ta’limda faol qo‘llanilishi ikkinchi va uchinchi bosqichlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu shu bilan belgilanadiki, zamonaviy didaktik vositalar an’anaviy o‘quv-metodik vositalarga nisbatan yangi imkoniyatlarni ta’minlaydi, ko‘pgina mavjud funksiyalar yanada yuqori sifat bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy didaktik vositalarning asosiy afzalliklari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash joyi va vaqtini, o‘qish sur’atini tanlashga imkon beradigan o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish (mustaqil ta’lim olish) uchun shart-sharoitlar yaratilishi; ta’limni yanada chuqurroq individuallashtirish va uning variativligini (ayniqsa, ta’lim oluvchining joriy tayyorgarlik darajasi va qiziqishlar doirasiga moslashtiriladigan zamonaviy didaktik vositalari) ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi; o‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarning modellari (shu jumladan, amaliyotda tanishish qiyin bo‘lgan modellar) bilan ishlash imkoniyati; o‘rganilayotgan ob’ektlarning uch o‘lchamli virtual obrazlarini taqdim etish va birgalikda ishlash imkoniyati; noyob axborot materiallarini (slaydlar, rasmlar, qo‘lyozma, videolavhalar, ovozli yozuvlar va boshqalar) multimedia va mabil ilova shaklida taqdim etish imkoniyati; nazoratni avtomatlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni yanada ob’ektiv baholash imkoniyati; bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish uchun takrorlanmaydigan topshiriqlar sonini avtomatik tarzda generatsiya qilish imkoniyati; axborotni izlash (gipermatn, gipermedia, avtomatlashtirilgan ko‘rsatkichlar, tayanch so‘zlar bo‘yicha izlash, butun matn bo‘yicha izlash va boshqalar) imkoniyati; ilg‘or psixologik-pedagogik metodikalarni (o‘yinli va musobaqali ta’lim shakllari, eksperiment o‘tkazish, virtual holatga “sho‘ng‘ish” va boshqalar) samarali qo‘llash uchun yaratilgan imkoniyatlar. Yuqorida qayd etib o‘tilgan mulohazalar zamonaviy didaktik vositalarini didaktik va funksional nuqtai nazardan tavsiflaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining texnologik afzalliklariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqish tezkorligining oshishi;

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nazarda tutilgan asosiy maqsad, professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashni zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron masalalar to‘plami, elekt…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nazarda tutilgan asosiy maqsad, professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashni zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron masalalar to‘plami, elekt… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
инструменты, information, управление, Didactics, Дидактика, elektron trenajyorlar, method, обучение, elektron darsliklar, knowledge, возможности, vosita, imkoniyat, teaching, электронные тренажеры, электронные справочники, tools, electronic reference books, elektron ma’lumotnomalar, информация, opportunities, electronic textbooks, Didaktika, axborot, знания, o‘qitish, bilim, boshqaruv, электронные учебники, metod, ko’nikma, electronic simulators, умения, skills, метод, management
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники