Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
PSIXOLINGVISTIKA: TIL VA TAFAKKURNING O‘ZARO TA’SIRI
Abdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi
Interpretation and researches · 1953
Аннотация
Mazkur maqolada psixolingvistika fanining shakllanishi, asosiy nazariy yondashuvlari, predmet va obyekti, hamda nutqiy faoliyatning psixologik jihatlari yoritiladi. Shuningdek, bolalar va kattalardagi nutqning psixologik xususiyatlariga ham to‘xtalib o‘tiladi. Ushbu maqola til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ilmiy asosda tahlil qilishga xizmat qiladi. Kalit so‘z va iboralar: Psixolingvistika, nutq faoliyati, til va tafakkur, psixik jarayon, bolalar nutqi, ichki nutq, og‘zaki nutq, muloqot, lingvistik tafakkur. Psixolingvistika – bu inson nutq faoliyatining psixologik va lingvistik jihatlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni tadqiq etadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi inson qanday so‘zlashishi, nutqni qay holda shakllantirishi va tushunishini o‘rganishdan iborat. Tilshunoslik va psixologiya fanlarining birikishi natijasida bu yo‘nalish yuzaga kelgan. Psixolingvistika 1953-yilda AQShning Blumington shahrida bo‘lib o‘tgan Lingvistika va Psixologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda mustaqil fan sifatida tan olingan. Ushbu seminarda taniqli olimlar – psixologlar Charlz Osgud, Djon Kerrol va tilshunos Tomas Sibeok ishtirok etib, psixolingvistik tadqiqotlarning nazariy asoslarini belgilashgan. 1954-yilda esa “Psixolingvistika: nazariya va tadqiqot muammolari ocherki” nomli muhim asar chop etilib, bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarga asos solingan. Psixolingvistikaning predmeti, obyekti va maqsadi quyidagilardan iborat: Predmeti – inson fiziologiyasida nutqning hosil bo‘lishi va shu jarayon davomida ruhiyat bilan bog‘liq psixik mexanizmlarni o‘rganish. Obyekti – nutq hodisalari va nutqiy vaziyatlarning jamlanmasi. Maqsadi – insonda sodir bo‘ladigan psixologik jarayonlarning nutq orqali qanday ifodalanganini o‘rganish, bu jarayonlarning mexanizmlarini aniqlash va yechimini taklif etish. Psixolingvistika nutqiy faoliyatni bir necha turlarga ajratadi: 1.Og‘zaki nutq – bevosita so‘zlash va eshitish vositasi orqali yetkaziladigan nutq shakli. 2.Ichki nutq – insonning o‘z-o‘ziga murojaat qilgan shaklidagi fikrlari. 3.Yozma nutq – yozuv belgilar orqali ifodalangan nutq. ~ 3 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 4.Kinetik nutq – tana harakati orqali ifodalangan muloqot (masalan, imo-ishora). 5.Affektiv nutq – hayajonli holatda yuzaga keladigan nutq. Bu turlarning har biri inson tafakkuri va ruhiy holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, psixolingvistikaning muhim tadqiqot obyektlaridir. Psixolingvistika bolalarda nutqning shakllanishini uch bosqichda kechishini aniqlagan: 1.Verballashuvgacha bo‘lgan davr – bola hali so‘zlamaydi, ammo turli tovushlar chiqarib, tilga bo‘lgan ilk qiziqishni namoyon etadi. Bu jarayon bolalar uchun ajoyib o‘yin shaklida gavdalanadi. 2.Aktiv nutqqa o‘tish – bolaning 2 yoshga yaqinlashishi bilan boshlanadi. Bola so‘zlarni talaffuz qila boshlaydi, fonematik eshitish rivojlanadi. Bu davrda odatda bolalar qisqa kundalik ishlatiladigan so‘zlardan foydalanadi. Namuna sifatida quyidagi so‘zlarni keltirishimiz mumkin: ota, ona, oyi, dada, non, gul. Ayrim holatlarda so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuzi, ya’ni ma’lum bir harflarning tushishi, bir harf o‘rnida boshqa bir harfni ishlatilish vaziyatlari ham kuzatiladi. Masalan, kapalak o‘rniga pakalak, ovqat o‘rniga okat, ruchka o‘rniga yuchka kabi talaffuz qilish. 3.Nutqning muloqot vositasi sifatida shakllanishi – bola voqealarni tushunish, izohlashga harakat qiladi, lug‘ati boyib boradi, grammatik konstruktsiyalar murakkablashadi, shuningdek so‘zlarni tiniq talaffuz qiladi. Psixolingvistika nafaqat go‘daklar nutqining rivojlanishi, balki o‘rta va katta yoshlilar nutqining ruhiy kechinmalar bilan bog‘liqligi va kattalarda uchraydigan ruhiyatga aloqador bo‘lgan kasalliklarni ham o‘rganadi: 1.Duduqlanish; 2.Omma oldida gapira olmaslik; 3.So‘zlashuv jarayonida bitta nuqtaga termulish; 4.Suhbat davomida keraksiz o‘rinlarda ham doimiy bir xil harakatdan yoki so‘zdan foydalanish; 5.Gapirayotganda qizarib yoki terlab ketish; 6.Ruhiy autizm; 7.Ko‘pchilik qarshisida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini yoki yodlagan she’rlarini unutib qo‘yish Yuqorida keltirganlarimizning hammasini psixolingvistika o‘rganadi va ularga yechim beradi. Bu kasalliklarning barchasini tinimsiz harakat va xohish orqali davolash mumkin. Chunki bular inson shaxsiy ruhiyati bilan bog‘liqdir. Xulosa sifatida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, psixolingvistika tildan foydalanishning chuqur psixologik jihatlarini ochib beruvchi muhim fan sifatida nafaqat tilshunoslar, balki pedagoglar, psixologlar, logopedlar uchun ham bebaho manba hisoblanadi. Bu fan yordamida inson tafakkurining murakkab mexanizmlari, nutq shakllanishining psixik asoslari hamda muloqotdagi ruhiy omillar aniq tahlil ~ 4 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman etiladi. Psixolingvistika hozirgi zamon ilm-fanining eng muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada psixolingvistika fanining shakllanishi, asosiy nazariy yondashuvlari, predmet va obyekti, hamda nutqiy faoliyatning psixologik jihatlari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada psixolingvistika fanining shakllanishi, asosiy nazariy yondashuvlari, predmet va obyekti, hamda nutqiy faoliyatning psixologik jihatlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutq faoliyati, bolalar nutqi, psixik jarayon, Psixolingvistika, muloqot, lingvistik tafakkur, ichki nutq, til va tafakkur, og‘zaki nutq
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025