К содержанию
РецензированоUZ2015

O‘ZBEKISTONDA AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH

MANAGEMENT AND ECONOMY · XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH · Qayimov Maxsud

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2015

Аннотация

Axborot xavfsizligi va kiberxujumlarning oldini olish masalalari global miqyosda dolzarb muammo boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu tahdidlarga qarshi kurashda faol siyosat yuritmoqda. Tezisda Oʻzbekiston hukumati tomonidan kiberxujumlarga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar, strategiyalar va texnologik yangiliklar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlari: axborot tizimi, axborot xavfsizligi, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari, texnika va texnologiyalar, Internet tarmogʻi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar Axborot tizimi(AT) — axborotni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun moʻljallangan, axborotni taʼminlovchi va tarqatuvchi(ISO/IEC 2382:2015) hamda tegishli tashkiliy resurslar (inson, texnik, moliyaviy va boshqalar) tizimidir. Axborot tizimi axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash, yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari — hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlaridir. Axborot xavfsizligi – bu axborotni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish yoki tarqatishdan himoya qilish tizimi. Bu uchta asosiy tamoyil asosida quriladi: Maxfiylik (Confidentiality) – faqat vakolatli shaxslar axborotga kira olishi kerak; Yaxlitlik (Integrity) – ma’lumotlar o‘zgartirilmagan va ishonchli bo‘lishi kerak; Mavjudlik (Availability) – axborot zarur vaqtda mavjud bo‘lishi kerak. Axborot xavfsizligi (inglizcha: Information Security, shuning- dek, inglizcha: InfoSec) — axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli, qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir. Bunga, birinchi navbatda, asosiy vositalar va nomoddiy 182 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference aktivlar, tahdid manbalari, zaifliklar, potensial taʼsirlar va mavjud xavflarni boshqarish imkoniyatlarini aniqlaydigan koʻp bosqichli xavflarni boshqarish jarayoni orqali erishiladi. Bu jarayon xavflarni boshqarish rejasining samaradorligini baholash bilan birga olib boriladi. Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanayotgan, har qadamda yangidan yangi texnologiyalar, innovatsion ixtirolar hayotimizga kirib kelayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyoning istalgan tomonida sodir boʻlayotgan voqea- hodisalardan soniyalar ichida xabardor boʻlish soʻnggi yillarda hech kimning hayratiga sazovor boʻlmayapti. Chunki, XXI asr insoniyat tarixiga texnika va texnologiyalarning rivojlangan asri sifatida kirib keldi. E’tibor qaratadigan boʻlsak, axborot texnologiyalari rivojlangani sayin, insoniyatning axborotga boʻlgan extiyoji ham oshib bormoqda. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, shu bilan birga butunjahon Internet tarmogʻidan keng foydalanish, kundalik hayotimizning bir qismini tashkil etib, xizmat koʻrsatish, ilm-fan, talim sohasi va har bir insonning fikrlash tarziga ijobiy tasir koʻrsatmoqda. Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayon boʻlib, taraqqiy etgan mamlakatlarning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy oʻsishi va milliy xavfsizligini tamin etadi. Globallashuv davri ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda dunyo mamlakatlari bilan oʻzaro bogʻliqlik, masofa va vaqt tanlamas axborotning keng yoyilishi, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish singari salbiy holatlarning kundalik hayotimizga kirib kelishi, har bir davlat oldiga axborot va axborot texnologiyalari orqali sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy hatti-harakatlarga jiddiy e’tibor qaratish lozim ekanligini taqozo etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, soʻnggi yigirma yillikda dunyodagi koʻplab mamlakatlar qonunchiligida, xalqaro huquq sohasida kompyuter jinoyatlarini oldini olish va kiber-fazoda kiberxavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega boʻlgan masalaga aylandi. Axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarni tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish natijasida ma’lum boʻldiki, ushbu sohada jinoyatchilikni amalga oshirish jinoyat qonunchiligidagi boshqa jinoyatlardan shiddatliligi, oʻzidan iz qoldirmaslikning yetarlicha imkoniyatlariga egaligi, jinoyatni sodir etuvchi shaxsdan jinoyatga doir yuqori darajadagi aqliy salohiyatni talab etishi bilan ham ahamiyatlidir. Ushbu jinoyatlarning rivojlanib borishi insoniyatning soʻnggi yillarda internet tarmogʻidan foydalanish koʻlamining kengayib borishi bilan asoslanadi. Ma’lumotlarga koʻra, 2023 yil boshida 5,1 milliarddan ortiq inson bu tarmoqning faol foydalanuvchisi deb topilgan. Bu 2022 yilga nisbatan 7

Доказательный фрагмент

«Axborot xavfsizligi va kiberxujumlarning oldini olish masalalari global miqyosda dolzarb muammo boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu tahdidlarga qarshi kurashda faol siyosat yuritmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Axborot xavfsizligi va kiberxujumlarning oldini olish masalalari global miqyosda dolzarb muammo boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu tahdidlarga qarshi kurashda faol siyosat yuritmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maʼlumotlar bazalari, axborot xavfsizligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborot tizimi, texnika va texnologiyalar, Internet tarmogʻi, axborot massivlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники