Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK TA’SIRI
PSIXOLOGIK TA’SIRI · Sanaqulova Mexrangis San’at qizi · Umarov Bahriddin Mengboyevich (“ALFRAGANUS UNIVERSITY”)
Академические исследования в современной науке · 37 · 2026
Аннотация
This thesis explores the impact of the family environment on child upbringing from pedagogical and psychological perspectives. It analyzes how the socio-psychological climate within the family, the parenting styles, and interpersonal relationships affect the formation of a child’s personality. The study emphasizes the importance of parental pedagogical competence and psychological culture in fostering a healthy family atmosphere. Keywords: family environment, child upbringing, psychological climate, pedagogical approach, parental role Farzand tarbiyasi insoniyat tarixida eng qadimiy va uzviy jarayonlardan biri bo‘lib, har bir shaxsning axloqiy, ijtimoiy va intellektual shakllanishida eng 76 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference asosiy omil bu – oila hisoblanadi. Bola dunyoga kelgan ilk kundan boshlab aynan oilaviy muhitda ulg‘ayadi va atrof-muhit bilan dastlabki aloqasini oila a’zolari orqali amalga oshiradi. Bolaning psixik va ruhiy rivojlanishi, dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, axloqiy me’yorlarga munosabati hamda ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishi bevosita oiladagi dastlabki tajribalar asosida shakllanadi. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan, oila bola uchun birinchi ijtimoiy institut, ilk maktab va tarbiya maskani hisoblanadi. Shu sababli ham zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida farzand tarbiyasining asoslari oilada qo‘yiladi degan g‘oya ustuvor ahamiyat kasb etadi. Masalan, mashhur psixolog L.S. Vygotskiy ta’kidlaganidek: “Shaxsning ichki dunyosi tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirda vujudga keladi” – bu tashqi muhit, avvalo, oila sanaladi . Oilaviy muhit bu oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, psixologik iqlim, tarbiyaviy qadriyatlar tizimi, muloqot madaniyati hamda maishiy hayot tarzining uyg‘unlashgan majmuasidir. Bu muhit nafaqat jismoniy, balki ruhiy, hissiy, ma’naviy-axloqiy jihatlardan ham iborat bo‘lib, bolaning shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oilaviy muhit farzand tarbiyasiga turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik sharoit mehr, e’tibor, ishonch va xavfsizlik hissi mavjud bo‘lgan oilalarda bola o‘zini qadrlangan, barqaror va faol his etadi. Muloqot va emotsional aloqalar ochiq, samimiy va iliq muloqot mavjud bo‘lgan oilalarda bolalar ijtimoiy ko‘nikmalarni osonroq egallaydi. Tarbiyaviy yondashuvlar vtoritar, demokratik va liberal uslublar farzand shaxsiyatiga turlicha ta’sir etadi. Baumrind tomonidan ta’kidlanganidek, demokratik uslubda tarbiyalangan bolalar ko‘proq o‘ziga ishongan, ijtimoiy moslashgan va mas’uliyatli bo‘lishadi. Ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar tizimi har bir oila o‘z urf- odatlari, diniy e’tiqodlari, milliy qadriyatlari orqali farzandga hayotiy yo‘nalish beradi . Pedagogik jihatdan oilaviy muhit yo‘nalishlarda muhim o‘rin tutadi. Oila farzand tarbiyasiga oid aniq maqsadlarni belgilaydi va izchil ravishda amalga oshiradi. Oila bolaning jamiyatga moslashuvi (ijtimoiylashuvi) jarayonini boshlaydi. Oila o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan dastlabki motivatsiyani shakllantiradi. Ota-onaning shaxsiy namunasi bu bolaga beriladigan eng ta’sirli pedagogik vositadir. Asosiy qism. Oilaviy muhit farzandning rivojlanishi, xulq-atvori, o‘z-o‘zini anglash darajasi hamda emotsional barqarorligida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Har bir oila o‘ziga xos ichki iqlim, muloqot uslubi, intizom darajasi va hissiy munosabatlari bilan ajralib turadi. Bu omillar farzandning shaxsiy shakllanish 77 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference jarayoniga chuqur ta’sir qiladi. Ilmiy adabiyotlarda oilaviy muhit odatda ijobiy va salbiy ko‘rinishlarda o‘rganiladi. Ijobiy ya’ni mehrga asoslangan oilaviy muhitda o‘sayotgan farzand o‘zini qadrlangan va himoyalangan deb his qiladi, tashabbuskor bo‘ladi, o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga harakat qiladi. Bunday muhitda farzandda o‘ziga ishonch, yuqori o‘zini qadrlash hissi, emotsional barqarorlik va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlari shakllanadi. Aksincha, salbiy ya’ni ziddiyatli yoki e’tiborsiz oilaviy muhitda esa bolaga yetarli e’tibor va hissiy qo‘llab-quvvatlash berilmaydi. Bunday muhitda farzand ko‘pincha o‘zini yolg‘iz, tushkun yoki xavf ostida his qiladi. Ziddiyatli muhitda doimiy janjal, bosim, tanbeh ustun bo‘lib, bola o‘z fikrini aytishdan qo‘rqadi, ichki stress bilan yashaydi. E’tiborsiz muhitda esa bola hissiy sovuqlik va befarqlik ichida ulg‘ayadi. Bunday sharoitlar bolada tajovuzkorlik, tortinchoqlik, o‘zini qadrsiz his qilish va hatto depressiv holatlarni yuzaga keltiradi. Erich Frommning ta’kidlashicha, mehrdan mahrum bola jamiyatda norozilik va tajovuzkorlik bilan ifodalangan o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi . Shuningdek, oilaviy muhitning ta’siri ko‘pincha ota-onaning tarbiya uslubiga ham bog‘liq. Baumrind tomonidan belgilangan uch asosiy tarbiya uslubidan biri avtoritar (qattiqqo‘l) yondashuvda bola qat’iy tartibga bo‘ysunadi, biroq o‘z fikrini aytishda qiynaladi. Demokratik yondashuv esa mehr va nazorat uyg‘unligiga asosla
Доказательный фрагмент
«This thesis explores the impact of the family environment on child upbringing from pedagogical and psychological perspectives.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis explores the impact of the family environment on child upbringing from pedagogical and psychological perspectives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- family environment, child upbringing, psychological climate, oilaviy muhit, pedagogik yondashuv, psixologik iqlim, farzand tarbiyasi, ota-ona roli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026