Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA O’QITUVCHINING KREATIVLIK QOBILYATINING AHAMIYATI
Alimardanova Sitora Ikrom qizi · Shoyimova Gulshan (Termiz davlat pedagogika instituti) · PRIMARY STUDENTS (Termiz davlat pedagogika instituti)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 6 · 2026
Аннотация
This article highlights the creative approach of the teacher as an important factor in the speech development of primary school students. It also discusses practical methods, interactive methods and forms of lessons focused on communication. Keywords: Teacher, creativity, creativity, speech development, pedagogical skills, innovative education, lesson process, student activity, primary education, independent thinking, modern education. Kirish. Zamonaviy ta’limda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan nafaqat bilim berish, balki o‘quvchini fikrlashga, erkin so‘zlashga, muloqotda faol bo‘lishga yo‘naltirish talab etiladi. Ayniqsa, bolalarda nutqiy faoliyatni shakllantirishda o‘qituvchining kreativlik qobiliyati asosiy vositaga aylanadi. O‘qituvchi darsda an’anaviy metodlardan tashqari, interaktiv, innovatsion yondashuvlardan foydalanadi. Misol uchun, klaster, insert, rolga kirish, dramatizatsiya kabi metodlar yordamida bolani so‘zlashuvga jalb etadi. 151 Bugungi kunda ta’lim sohasida tezkor o‘zgarishlar, innovatsion yondashuvlar, raqobatbardoshlik va yangilikka intilish talab etilmoqda. Ana shunday davrda o‘qituvchidan faqat bilim emas, balki ijodiy yondashuv, kreativ fikrlash va motivatsiya berish kabi ko‘nikmalar talab qilinmoqda. Chunki aynan ijodkor o‘qituvchi darsni jonli, o‘quvchini esa faol ishtirokchiga aylantira oladi. Tahlil va natija. Kuzatuvlar tahlilida ijodkor o‘qituvchi – bu yangicha fikrlaydigan, an’anaviy usullarga cheklanib qolmaydigan, har bir darsga yangilik olib kiradigan, o‘quvchining qiziqishini uyg‘ota oladigan pedagogdir. Kreativlik tushunchasi inson tafakkurining rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, qadimdan mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, bu atama ilmiy adabiyotda XX asr boshlaridan boshlab faol qo‘llanila boshlandi. Kreativlik tushunchasining tarixiy rivojlanishga nazar soladogan bo’lsak, qadimgi davrlar- dastlab ijod, san’at, ilhom tushunchalari orqali ifodalangan. Antik davr faylasuflari (Platon, Aristotel) ijodiy ilhomni ilohiy kuch bilan bog‘lashgan. Uyg‘onish davri (Renessans) inson salohiyati, erkin fikrlash va yangilik yaratishga e’tibor oshdi. Leonardo da Vinchi kabi ijodkorlar kreativ fikrlashning yorqin namunasi bo‘lgan.. Ilmiy asoslangan davr (XX asr). “Kreativlik” (creativity) atamasi ingliz tilida faol ishlatilgan. 1950-yillarda amerikalik psixolog J.P. Guilford kreativlikni psixologik tadqiqot predmeti sifatida ko‘rib chiqdi. U kreativlikni divergent fikrlash (ya’ni bir muammoga bir nechta noodatiy yechim topish) bilan bog‘ladi. Zamonaviy davrda kreativlik har bir sohada muhim omilga aylandi: ta’lim, biznes, texnologiya, san’at va boshqalarda. Ta’limda kreativlik – o‘qituvchi va o‘quvchining mustaqil, erkin, noan’anaviy fikr yuritish qobiliyatidir.“Kreativlik” so‘zi lotincha “creare” – “yaratmoq”, “vujudga keltirmoq” degan ma’noni bildiradi.Ingliz tilidagi “creativity” so‘zi aynan shu ildizga borib taqaladi. Kreativlik tushunchasi inson tafakkurining chuqur, noyob, erkin va noodatiy ifodasi sifatida shakllanib kelgan. Bugungi kunda u nafaqat san’atkorlarga, balki o‘qituvchilarga, mutaxassislarga, shuningdek, har bir o‘quvchiga ham zarur bo‘lgan muhim kompetensiyalardan biridir.Ijodkorlik qobiliyati quyidagicha namoyon bo‘ladi? - yangicha metod va texnologiyalardan foydalana olish; - o‘quvchilarning e’tiborini jalb eta oladigan topshiriqlar tuzish; - hayotiy misollar, real vaziyatlar asosida o‘rgatish; - o‘quvchini izlanishga, fikrlashga, savol berishga undash; Ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchini rag‘batlantirishmumkin.“She’rni davom ettir”, “Ertakka boshqacha yakun top”, “Bir so‘zdan hikoya tuz”, “Rasm asosida hikoya ayt” kabi ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. O‘yin vositalaridan foydalana olishi esa masalan, “Sehrli so‘zlar”, “Top-diqqat”, “Gapni davom ettir”, “Savol-javob estafetasi” va boshqalar orqali bolalar so‘z boyligini kengaytiradi. Xulosa: Pedagogik amaliyotlar ko‘rsatadiki, ijodkorlik bilan dars olib boruvchi o‘qituvchilarning sinflarida o‘quvchilarning nutqiy faolligi yuqori bo‘ladi. Ular savollarga to‘liq javob bera oladi, matn mazmunini qayta hikoya qilishi, fikr bildirishi osonlashadi. Boshlang‘ich ta’limda nutqni o‘stirish — bu faqatgina til darsining vazifasi emas, balki har bir o‘qituvchining kreativ yondashuv orqali bolada erkin fikrlash, so‘zlash va o‘zini ifoda etishga yo‘naltirishidir. O‘qituvchining ijodkorligi bu jarayonning muvaffaqiyat kalitidir. 152
Доказательный фрагмент
«This article highlights the creative approach of the teacher as an important factor in the speech development of primary school students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the creative approach of the teacher as an important factor in the speech development of primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Teacher, creativity, creativity, speech development, pedagogical skills, ijodkorlik, dars jarayoni, O‘qituvchi, innovatsion ta’lim, nutqiy rivojlanish, zamonaviy ta’lim., kreativlik, pedagogik mahorat, mustaqil fikrlash, o‘quvchi faolligi, boshlang‘ich ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026