Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY HAYOTDA O‘ZBEK TILINING O‘RNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Rozikova Sayyora Xabibullayevna (in-academy.uz/index.php/si) · Musurmonova Marjona Yusuf qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning ko‘rki, millat uchun naqadar zarur ekanligi, ona tilimizning rivoji uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tibor bayon qilingan. Tilning ijtimoiy hayotda ahamiyati katta bo‘lib, u muloqot vositasi, madaniyatni saqlovchi, ijtimoiy idinfikatsiyani shakllantiruvchi muhim elementdir. Kalit so‘zlar: O‘zbek tili, ma’naviyat va ma’rifat, ta’lim, e’tibor, millat, muloqot vositasi, internet, xalq, urf-odatlar. Kirish: Bilishimiz mumkin bo‘ladiki til – millat qiyofasining bir bo‘lagi, ko‘rki hisoblanadi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki haftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YUNESKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi hamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta’lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma'lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish xavfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta’minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta'lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak. Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng hozir muamolada bo‘lgan tillarning o‘ntasidan bittasi amalda bo‘lishi mumkin bo‘ladi.Til – millatning ma'naviy boyligi va ko‘rki hisoblanadi. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, 131 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab- quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. XXI asr o‘rtalariga borib, Xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir million kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. O‘zbek tili ham mana shu 250ta tilning ichida ekani quvonarli, albatta. Shuni aytishimiz mumkin bo‘ladiki, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir. Biz o‘z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak. “Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz o‘z tilimizning ko‘rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo‘ladi va birligimiz mustahkam bo‘ladi. Zero, rus tarixchisi Shobelev aytganidek ,“Millatni yo‘q qilish uchun u yerga qurol ko‘tarib borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini, adabiyotini yo‘q qilish kerak, shunda millatning o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi” degan fikri naqadar to‘g’ri ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Xulosa: Bizning ona tilimiz mana shunday jozibadorki, dunyoda tilimizga muqoyasa bo‘la oladigan hech bir til top
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning ko‘rki, millat uchun naqadar zarur ekanligi, ona tilimizning rivoji uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tibor…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning ko‘rki, millat uchun naqadar zarur ekanligi, ona tilimizning rivoji uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tibor… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- e’tibor, internet, ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat, millat, O‘zbek tili, xalq, urf-odatlar., muloqot vositasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026