К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEK TILIDA ILTIFOT VA MINNATDORCHILIKNING IFODALANISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mahmudova Roziya (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o'zbek tilida iltifot va minnatdorchilik ma'nosining qanday ifodalanishi haqida ma'lumot berilgan.O'zbek tilida iltifot, nafaqat, so'z yordamida,balki ma'lum bir holat,imo-ishoralar orqali ham ifodalanishi mumkinligi haqida to'xtalib o'tilgan. Kalit soʻzlar: O'zbek tili, iltifot ma'nosini ifodalovchi birliklar, tashakkur, rasmiy minnatdorchilik iltifot ma'noli so'zlarning badiiy asarlardagi xususiyati va o'rni. Bilamizki, o'zbek xalqi qadim-qadimdan mehmondo'st, xushmuomala, yaqinlariga oqibatli xalq bo'lib kelgan. Shu bilan birgalikda bu xislatlarni o'zida ifoda etuvchi, aks ettiruvchi talay so'z va birikmalariga ham ega. O'zbek xalqi qancha qadimiy xalqlardan biri bo'lsa, uning tili undan-da qadimiyroq deb bemalol ayta olishimiz mumkin. O'zbek tili eng qadimiy va boy tillardan sanaladi.Buni ularning kundalik hayotlarida, diniy harakatlarida, bir-birlariga yordam berganlarida, quvonchli kunlarida, shuningdek, bir-birlaridan minnatdor boʻlib, bir-birlariga iltifot ko'rsatganlarida ko'rishimiz mumkin. Iltifot,aslida, kishiga qilingan marhamat, himmat, diqqat -e'tibor, yaxshi munosabat demakdir. Uning iltifot qilmoq, iltifot ko'rsatmoq kabi shakllari mavjud. Iltifot arabcha so'zdan olingan bo'lib,o'girish,burish,lutf ko'rsatishma'nolarini ifodalaydi. Iltifot -kishiga qilingan marhamatni ifodalovchi tushuncha. Iltifot kishilik jamiyatini bezab,ziynatlab turuvchi, insonlar fazilatlardan biri bo'lib, lug'atlarda ko'rsatib o'tilganidek, keng va chuqur ma'nolarga ega. Iltifot yuksak madaniyat belgisi bo'lib, iltifotli odam hech qachon birovga nisbatan bee'tibor bo'lmaydi, hammaga bir xilda chiroyli muomala qiladi. Iltifot odamlar o'rtasidagi munosabat va muomalaning saxovat, marhamat, himmat asosida amalga oshirilishidir, xushmuomalalikdir. Masalan, avtobusda keksa odam o'rta yashar, qo'lida bolasi yoki og'ir yuki bo'lgan ayolga rahmdillik bilan joy bersa,bu uning iltifotidir. Yoki xalqimizda qadimdan xonadonga mehmon kelsa, uy egasi -mezbon uni ochiq chehra bilan kutib olib ko'rishganidan keyin o'tirgan va yana o'rnidan turib,bir-biriga qulluq qilgan. Bu go'zal iltifot edi. Agar do'st-u yor va oshnalar, qarindosh -urug'lar bir-biriga iltifotli va e'tiborli bo'lsa, ularni bog'lab turgan rishtalar yanada kuchayadi.Shuningdek, iltifot so'zi o'rnida ba'zi o'rinlarda lutf so'zi ham kelib qoladi.Minnatdorchilik esa birovning qilgan yaxshiligidan,xizmatidan mamnun va qarzdor ma'nosini anglatadi. Minnatdorchilik aktiv, shubhasiz, ekspressiv aktning tarkibiga kiradi. Minnatdorchilik, birinchi navbatda, minnatdorchilik bildirish orqali namoyon bo'ladi,bu nutq yoki nutqdan tashqari harakat bo'lib, uning kommunikativ maqsadi suhbatdoshning o'zi uchun qilgan yaxshiligini qadrlashini ko'rsatishdir. Shu bilan birga, minnatdorchilik muallifning hissiy holatining namoyon bo'lishi va qabul qiluvchining his-tuyg'ulariga ta'sir qilish vositasidir. Minnatdor bo'lish, shuningdek, salbiy narsalarga emas, ijobiy narsalarga diqqat qaratishingiz ha ko'maklashadi. Minnatdorlik ko'rsatish salbiy fikrlash tarzidan yiroqlashishingizga yordam beradi. Bir vaqtning o'zida ham minnatdor bo'lish ,ham hasad qilish, tushkunlikka tushish yoki achchiqlanishning iloji yo'q.O'zbek tilida iltifot va minnatdorchilikni ifodalovchi bir talay so'zlar va birikmalar mavjud bo'lib,ular ma'lum bir holatda, ya'ni so'zlovchi tinglovchi yoki o'zga kishidan o'zining ishlariga berilgan yordamni, 101 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ijobiy munosabatni kutsa,unda shunday iltifotni yoxud minnatdorchilikni bildiradi.Quyida ulardan keltirilgan namunalarni ko'ramiz: Sayfi Soqiyevich tumbochka ustiga gazeta yozib, patir, yaproq-yaproq to'g'ralgan qazi tayyorlab qo'ygan ekan. -O'tiring,-dedi u Sherzodga qaramay. Chamasi, boyagi keskinlikning zahri xiyla ko'tarilgan edi..-Rahmat! -Sherzod samimiy ohangda tashakkur bildirdi.|1|. Bunda minnatdorchilikning yorqin ifodasi sifatida berilgan "Rahmat!" birligining vazifasi ochiqlab berilgan.Quyidagi jumlada ham boshqa so'z orqali ifodalangan minnatdorchilik va iltifot ma'nosini ko'rishimiz mumkin: - Bu saroydan sizlarnikiga ko'chishim og'ir-, dedi Otabek, ammo otangizning ziyoratlariga borishga har qachon hozirman. -Sog' bo'ling,bek aka,boradirg'an kuningizni tayin qila olasizmi? Ushbu jumlada Otabek Rahmatning otasining qabriga borib uni ziyorat qilib,unga nisbatan o'z iltifotini ko'rsatishini aytgan bo'lsa, bundan xursand bo'lib, Otabekka o'z minnatdorchiligini bildirayotgan Rahmat esa unga "Sog' bo'ling,bek aka" deyishi unga nisbatan ijobiy minnatdorchilik munosabatini hosil qilyapti.-Qutidor hovlisiga qaysilar ekan,bek bilan xayrlashdi:- Albatta,biror kun biznikiga marhamat qilasiz,tuzumi?-Xo'b,amal.-Bizniki mana shu burchakdagi eshik...Qaytag'a bu kun biznikida qolsangiz bo'lmasmi-a? -Rahmat...Xayr,salomat bo'lingiz.|2|. Bu o'rinda Qutidor Otabekni uyiga taklif qilib,unga iltifot qilgan bo'lsa,Otabek ham unga o'z minnatdorchiligini "Rahmat, xayr, salomat bo'lingiz!" birikmasi or

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o'zbek tilida iltifot va minnatdorchilik ma'nosining qanday ifodalanishi haqida ma'lumot berilgan.O'zbek tilida iltifot, nafaqat, so'z yordamida,balki ma'lum bir holat,imo-ishoralar orqali ham ifodalani…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o'zbek tilida iltifot va minnatdorchilik ma'nosining qanday ifodalanishi haqida ma'lumot berilgan.O'zbek tilida iltifot, nafaqat, so'z yordamida,balki ma'lum bir holat,imo-ishoralar orqali ham ifodalani… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tashakkur, O'zbek tili, iltifot ma'nosini ifodalovchi birliklar, rasmiy minnatdorchilik iltifot ma'noli so'zlarning badiiy asarlardagi xususiyati va o'rni.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники