К содержанию
РецензированоUZ2026

NARSHAXIYNING "BUXORO TARIXI" ASARI TAHLILI

Haqqulov Mehriddin Yunusovich

Современная наука и исследования · 2 · 112- 114 · 2026

Аннотация

Narshaxiy aslida o’z asariga qanday nom berganligi ma’lum emas. Shu sababli asar qo’lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotida ham «Tarixi Narshaxiy» (Narshaxiy tarixi), «Tarixi Buxoro» (Buxoro tarixi), «Tahqiq ul viloyat» (Viloyat haqiqatini aniqlash), «Axbori Buxoro» (Buxoro haqida xabarlar)1 kabi har xil nomlar bilan yuritilib kelgan. Bu nomlardan keyingi uchtasi asar mazmuni buyicha to’g’ri bo’lib, ulardan eng anig’i «Tarixi Buxoro» hozirda tarixiy adabiyotda qat’iy o’rnashib qoldi. «Tarixi Narshaxiy» deb atalishi esa yuqorida eslatib o’tganimizdek asarning bizgacha yetib kelgan nusxasi Narshaxiydan boshqa kishilarning ham qo’shimcha va tahrirlari, qisqartirishlariga uchraganligi tufayli tobora kamroq ishlatilib kelinmokda. Shunga binoan ushbu nashrda ham asar nomi «Buxoro tarixi» deb qabul qilindi. «Buxoro tarixi»ni bosh manbaa sifatida o’rganib undagi qimmatli ma’lumotlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish ishlari ko’p vaqtlardan beri davom etib kelmoqda. Kalit so‘zlar: Buxoro, Narshaxiy, Imom Al-Buxoriy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an- Narshaxiy, topografiya. АНАЛИЗ «ИСТОРИИ БУХАРЫ» НАРШАХИ Абстрактный. Неизвестно, как на самом деле назвал свою работу Наршахи. По этой причине труд известен в рукописях и в современной научно-исторической литературе под разными названиями, такими как «Тарихи Наршахий» (История Наршахи), «Тарихи Бухара» (История Бухары), «Тахкик ул Вилоят» (Определение действительности региона), «Ахбори Бухара» (Известия о Бухаре)1. Следующие три из этих названий верны по содержанию произведения, а наиболее точное из них — «История Бухары» — ныне прочно вошло в историческую литературу. Термин «Исторический Наршахи» используется все реже и реже, поскольку дошедшая до нас копия работы, как упоминалось выше, подвергалась дополнениям, редактированию и сокращениям не Наршахи, а другими людьми. Соответственно, название труда в этом издании было принято как «История Бухары». Изучение «Истории Бухары» как первоисточника и включение ее ценных сведений в научные исследования ведется уже давно. Ключевые слова: Бухара, Наршахи, Имам аль-Бухари, Абу Бакр Мухаммад ибн Джафар ан-Наршахи, топография. 1036 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 ANALYSIS OF NARSHAKHI'S "HISTORY OF BUKHARA" Annotation. It is not known what title Narshakhi actually gave to his work. Therefore, in manuscripts and in modern scientific historical literature, the work has been referred to under various names, such as "Tarihi Narshakhi" (History of Narshakhi), "Tarihi Bukhara" (History of Bukhara), "Tahqiq ul Viloyat" (Determination of the Truth of the Province), "Akhbori Bukhara" (News about Bukhara)1. The last three of these names are correct in terms of the content of the work, and the most accurate of them, "Tarihi Bukhara", is now firmly established in historical literature. As we mentioned above, the name "Tarihi Narshakhi" is being used less and less, as the copy of the work that has come down to us has been supplemented, edited, and shortened by people other than Narshakhi. Accordingly, the title of the work in this edition was adopted as "History of Bukhara". The work of studying "History of Bukhara" as a primary source and involving its valuable information in scientific research has been ongoing for a long time. Keywords: Bukhara, Narshahi, Imam Al-Bukhari, Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an- Narshahi, topography. Kirish. Buxoroning VIII-XII asrlardagi tarixidan bahs etuvchi hozirgi zamon yirik ilmiy tadqiqot ishlarining hammasidan ham «Buxoro tarixi»dan olingan ma’lumotlarni uchratamiz desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Masalan: Buyuk bobokalonimiz Imom Al-Buxoriyning 1225 yilligiga bag’ishlab yozilgan «Moziydan taralgan ziyo» asarini yoritishda Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning asarlaridan o’rinli foydalangan holda Imom Al- Buxoriyning yashab va ijod qilgan davrini shu asar asnosida ochib berganlar desak xato qilmagan bo’lamiz. Tarixiy voqealarning shoxidi bo’lgan Karmana tarixi, tarixshunosligi haqida juda ko’plab tarixiy manbaalar, ilmiy asarlar, tadqiqotlar, manbaalar va boshqa ma’lumotlar mavjud. SHu jumladan Muhammadjonov A.(«Karmana» yoki Karmana toponimiyasining etimologiyasi haqida O’zbekiston tarixi 1999 yil), Axtam Hotamov, SHuhrat Xalilov «Yillar sadosi» (T. «Adolat» 1995 yil), Abdulkarim Assomoniy «Al-ansob», «Nasabnoma» (Tarjimon Razzokov A. Buxoro 1999 yil), S.Inoyatov «Sohibqiron va Temuriylar nazari tushgan diyor» (T. «SHarq» 2002 yil), 1 «Sobraniye vostochnix rukopisey AN Uz SSSR» 1-tom Toshkent 1982 yil str 3-bet 6 A.Rahmonov «Avlodlar manzili», «Karmana» (1996 yil), Sadridin Salim Buxoriy, Samad Azimov «Hazrat mavlono Orif Deggaroniy» (Buxoro 2001 yil), V.V.Bartold «Mo’g’ul bosqini davrida Turkiston» (Moskva 1963 yil), B.S.Molatonin «Gorod na beregu Zarafshana» (Kizilkum 1999 yil), M.I.Rempel «Dalekoye i blizkoye» (T.1991 yil), ye.R.Nekrasova «Xazыrы Buxarы obmestveniye» (V O’zbekistane 1998 yil), P.P.SHubinskiyning «Buxoro ocherklari» (S.P.1962-yil),

Доказательный фрагмент

«Narshaxiy aslida o’z asariga qanday nom berganligi ma’lum emas.»

Образец извлечения

Демо-превью

Narshaxiy aslida o’z asariga qanday nom berganligi ma’lum emas. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara, Narshahi, Imam Al-Bukhari, Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy, Buxoro, Narshaxiy, Imom Al-Buxoriy, topografiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники