Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SafeButton Drone (SBT): Дрон с кнопкой обеспечения безопасности: инновационный подход с применением цифровых технологий
Zukhra-bonu MIRZAEVA · Sherzod JALOLOV · SafeButton Drone (SBT): Xavfsizlik ta’minlovchi (Tashkent State Agrarian University)
Общество и инновации · 6 · 327-331 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается система вызова дрона кнопка безопасности, с помощью кнопки безопасности – SafeButton Drone. Проект технология дронов, нацелен на обеспечение безопасности в районах с высоким чрезвычайная ситуация, уровнем преступности, вызов экстренных служб и защиту экстренная помощь, цифровизация. граждан в чрезвычайных ситуациях. Эта инновационная система представлена как один из эффективных способов обеспечения безопасности человека с использованием современных технологий. В статье анализируются принцип работы системы, ее финансовые аспекты и практическое применение. Zamonaviy dunyoda xavfsizlik masalasi dolzarb bo‘lib, jinoyatchilik va favqulodda holatlar ortib borayotgan sharoitda tezkor va samarali yechimlar zarur. SafeButton Drone loyihasi ushbu ehtiyojga javoban ishlab chiqilgan bo‘lib, xavfsizlik tugmachasi yordamida dronni chaqirish texnologiyasini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada loyihaning afzalliklari, texnik va huquqiy asoslari, iqtisodiy jihatlari va amaliy qo‘llanilishi, xavfsizlikni ta’minlashda raqamlashtirishning ahamiyati va dron texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. SafeButton Drone loyihasi orqali xavfsizlik tugmachasi integratsiyalangan bilakuzuk yordamida xavf – xatar holatlarida dron chaqirish tizimi ishlab chiqiladi. Mazkur innovatsion yechim jinoyatchilikning oldini olish va tezkor yordam ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Jinoyatchilikning oldini olish va tezkor yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish uchun sun’iy intellekt, dron texnologiyalari va raqamlashtirish imkoniyatlari zamon talablaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda desak mubolag‘a emas. Shu boisdan SafeButton Drone loyihasi fuqarolarning xavfsizligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, xavf tug‘ilganda avtomatik tarzda dron chaqirish tizimini joriy etish orqali tezkor javob berish, vaqtni qisqartirishni maqsad qiladi.Jahon tajribasida Dron texnologiyalari va xavfsizlik tizimlarining integratsiyasi AQSh, Xitoy va Yevropa mamlakatlarida muvaffaqiyatli joriy etilgan. Masalan, AQShda "Drone Response System" jinoyatchilikning oldini olish va tezkor patrullashda qo‘llanilmoqda. Xitoyda esa xavfsizlik dronlari yuzni aniqlash tizimlari bilan birgalikda ishlaydi. SafeButton Drone loyihasi ana shunday ilg‘or tajribalarni o‘zida mujassam etgan holda, O‘zbekistonda boshqa davlatlarda mavjud bo‘lmagan yangi innovatsion xavfsizlik tizimi yaratishni maqsad qilganini aytish mumkin. Aytish joizki, yurtimizda 2015-yildan buyon drondan foydalanish yuzasidan bir qator sohalarga ruxsat etildi, negaki raqamlashtirish va jahon arenasida rivojlanayotgan holatga erishish va jamiyatga foyda keltirish maqsadida. Shu boisdan ham ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar jamiyatning kelgusi istiqbolli hayotida katta burilish yasaydi, bu jarayon fuqarolarning xavfsizligini tezkor raqamlashtirilgan texnologiya orqali oldini olishga xizmat qiladi va bir qator jinoyatlarga xususan qotillik, bosqinchilik, talonchilik va nomusga tegish, badanga turli darajadagi tan-jarohat yetkazish bo‘yicha jinoyatlarni oldini olish maqsadida SafeButton drone xavfsizlik tugmachasini joriy etish 328 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon qo‘llaniladigan hududlarni kriminogen vaziyatni hisobga olgan holatda, aynan yurtimizda qizil hududga aylangan jinoyatlar boshqa viloyatlar bilan solishtirilganda maksimal tarzda sodir etiladigan hududlarda qo‘llaniladi. Misol uchun Toshkent viloyatini Yangiyo‘l, Chirchiq, Ohangaron hududlarida. SafeButton Drone loyihasining joriy etilishi natijasida quyidagi natijalarga erishish mumkin: ➢ Jinoyatchilik darajasining kamayishi; ➢ Fuqarolarning o‘zini xavfsiz his qilishi; ➢ Tezkor tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining ortishi; ➢ Raqamli iqtisodiyot va xavfsizlik texnologiyalari bozorining rivojlanishi. Loyihaning Ijtimoiy va Iqtisodiy Samarasini Baholash bosqichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Xavfsizlik tugmachasi integratsiyalangan bilakuzuk u smartsoat tarzida bo‘ladi. Foydalanuvchi xavf sezganda tugmachani bosadi. GPS orqali uning joylashuvi aniqlanadi va markaziy xavfsizlik serveriga signal yuboriladi. Markaziy boshqaruv tizimi Signalni qabul qilib, eng yaqin joylashgan dronga buyruq beradi va dron Video monitoring va real vaqt rejimidagi kuzatuvni amalga oshiradi. Dron texnologiyasi Belgilangan manzilga avtomatik yetib boradi. Ovozli signal yoki yorug‘lik signallari orqali xavfni ogohlantiradi. Video tasvirlar orqali huquqni muhofaza qilish organlariga dalillar taqdim etadi. Tezkor yordam: Dron tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida xavfsizlik xizmati yoki tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga yuboriladi va tezkor tadbirlar amalga oshiriladi. Dronning signalni qabul qilishi – dronning tezligi va harakatlanishi tugmacha bosilgan hududdan kelayotgan signalga, masofaga binoan belgilanadi, hozirgi zamonaviy hayotimi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается система вызова дрона кнопка безопасности, с помощью кнопки безопасности – SafeButton Drone.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается система вызова дрона кнопка безопасности, с помощью кнопки безопасности – SafeButton Drone. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- security button, raqamlashtirish, кнопка безопасности, технология дронов, xavfsizlik tugmachasi, dron texnologiyasi, favqulodda vaziyat, экстренная помощь, tezkor yordam, чрезвычайная ситуация, emergency response, rapid assistance, цифровизация, drone technology, digitalization
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025