Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INTERNET TERMINLARI LINGVOKULTURALOGIYASI
Abduvaliyeva Ra’no Dilshodqizi · INTERNET TERMINLARI LINGVOKULTURALOGIYASI · WhatsApp, chat · Google Play Store.
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
21st century is the age of information technologies. That is why it is no exaggeration tosay that the Internet has become a part ofour lifetoday. Wecould not imagine our life without the Internet. He has become our companion at home, at school, at work. But we don't know enough about internet terms. It is true that we know their function, but we are not interested in their meaning and history of origin. This is exactly what our article is about. It is devoted to the meanings of terms ontheInternet and the origin of theseterms. Key words: Internet, Telegram, Facebook, Instagram,TikTok, YouTube, Video, Twitter, WhatsApp, chat, Google, Snapchat,Google Play Store Internet( lotincha: inter-aro va net-tarmoq)- standart intenet protokoli(IP)orqali ma’lumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq to’plamidir. Katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi.Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga maʼlumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va boshqalar koʻrinishlar)da axborot almashinishga imkon yaratadi.Internet tizimi XX asrning 60- yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar Internet Architecture Board (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. Internet tarmog'i orqali ishlaydigan va internet tarmoqlarida duch keladigan atamalar (nomlar) ,internet terminlari hisoblanadi.Quyida ularbilan tanishamizva buterminlarning ma'nolarini izohlaymiz. Facebook— 2004-yilda Harvard universiteti talabasi Mark Zuckerberg tomonidan va qoʻshni xonadagi Eduardo Saverin, Dustin Moskovitz va Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq. Saytning butun dunyoda ommalashib ketgani bois, Mark Zuckerberg 23 yoshida dunyoning eng yosh milliarderi deya tan olindi.Facebookni yaratish fikri Mark Zukerbergga Nyu-Hemshirdagi Philips Exeter Academy maktabida oʻqib yurgan kezlarida keladi. Oʻsha www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 vaqtlarda maktabda har yili oʻquvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qoʻllanma chop etilardi. (Tom maʼnoda „yuz kitobi“, „yuz sahifasi“, „face book“). U aynan shundan kelib chiqib dasturiga Facebook nomini beradi. Instagram – Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir. Instagram bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktyabr oyida ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilovaning nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, „instant camera“ („tezkor kamera“) va „telegram“ soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi. Telegram – 2013-yilda Rossiyaning eng yirik ijtimoiy tarmog’i bo’lgan VK yaratuvchilari sifatida mashhur bo’lgan aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan boshlangan loyiha hisoblanadi . Telegram Britaniyaning Virjiniya orollarida kompaniya sifatida va Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida MChJ sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Pavel Durovning aytishicha, xizmat 2014-yil va 2015-yil boshlarida Germaniyaning Berlin shahrida joylashtirilgan, biroq jamoadagi har bir kishi uchun yashash ruxsatnomasini ololmagani uchun turli joylarga koʻchib oʻtishga majbur bo’lgan. Matbuot xabarlariga koʻra, Telegram 2014-yildan 2017-yilgacha Rossiyaning Sankt-Peter burg shahrida o’z xodimlariga ega edi.Telegram dunyodagi eng avtoritar xabar almashish ilovasi hisoblanadi.Hozirda u Rossiya va Germaniyada eng mashhurijtimoiy mediailovasi boʻlib,AQSh va Buyuk Britaniyada ikkinchi oʻrinda turadi. TikTok– butun dunyo bo‘ylab eng tezommalashayotgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan biri bo‘lib, video kontentni onlayn ulashishga ixtisoslashgan. TikTok o‘zining foydalanuvchilariga qisqa musiqiy videoroliklar, filterlar yaratish va boshqa imkoniyatalarni taqdim etadi. TikTok Pekindagi ByteDance kompaniyasiga tegishli boʻlgan qisqa videofilmlarni yaratish va koʻrish xizmatidir. 2018-yil yozida ishga tushirilgan xalqaro versiya Xitoyda qisqa videofilmlar uchun yetakchi video platforma hisoblanadi
Доказательный фрагмент
«21st century is the age of information technologies.»
Образец извлечения
Демо-превью21st century is the age of information technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Internet, Telegram, Facebook, Instagram, TikTok, YouTube, Video, Twitter, WhatsApp, Snapchat, Google, Google Play Store., chat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026