К содержанию
РецензированоUZ2025

HOZIRGI KUNDA OʻZBEK TILI ISTEʼMOL DOIRASINING SUSAYISHIGA SABAB BOʻLGAN OMILLAR

BOʻLGAN OMILLAR · Mirzamurodova Sarvinoz · LANGUAGE USE TODAY

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the increasingly narrowing of the scope of Uzbek language use, the reasons for this situation - negative influences on bloggers, artists, social networks, and the indifference of young people to the language. It also discusses the preservation of the language, adherence to literary norms, and responsibility in this regard. Keywords: Uzbek language, scope of use, blogger, artist, social network, literary language, dialect, culture. ФАКТОРЫ, ПРИВЕДШИЕ К СНИЖЕНИЮ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА СЕГОДНЯ Аннотация. В статье анализируется все более сужающийся круг потребления узбекского языка, причины данной ситуации - негативное влияние блогеров, артистов, социальных сетей, а также безразличие молодежи к языку. Также широко обсуждается вопрос сохранения языка, соблюдения литературных стандартов и ответственности в этом отношении. Ключевые слова: узбекский язык, потребительская сфера, блогер, художник, социальная сеть, литературный язык, диалект, культура. Asosiy matn 9 16 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bugungi raqamli asrda texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi jamiyatimizda ko‘plab o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar orasida til masalasi, xususan, oʻzbek tilining isteʼmol doirasi sezilarli darajada qisqarib borayotgani jiddiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu holatning asosiy sabablari sifatida blogerlarning til madaniyatiga befarq yondashuvi, sanʼatkorlarning adabiy tilga loqaydligi va yoshlar orasida tilga nisbatan beparvolik kabi omillarni ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan blogerlar til madaniyatiga befarq qaramoqdalar. Ularning ko‘pchiligi mashhurlikka erishish uchun videolarida haqoratli, odobsiz yoki shevaga asoslangan tilni ishlatmoqdalar. Bu holat yoshlar orasida "kulgu" sifatida qaralib, asta- sekin meʼyoriy tilga nisbatan e’tiborni susaytirmoqda. Ba’zida blogerlarning so‘zlari chidab boʻlmas darajada qoʻpol, tushunarsiz va o‘zbek tilining mohiyatiga zid bo‘lmoqda. Mashhurlikni ko‘zlab, tilni buzib ishlatish esa aslida madaniyatsizlikdan dalolat beradi. Bugungi kunda til madaniyatiga zarar keltirayotgan omillar orasida sanʼatkorlarning rolini ham alohida taʼkidlash lozim. Ko‘plab san’atkorlar qo‘shiqlarida shevalarni ishlatib, ba’zan grammatik xatoliklarga yo‘l qo‘ygan holda kuylashmoqda. “Men”, “sen” so‘zlari o‘rniga "man", "san" kabi shakllar, "sariq" so‘zi o‘rniga "sarik" kabi noto‘g‘ri shakllar qo‘llanmoqda. Shuningdek, “baby”, “I love you”, “Happy birthday” kabi inglizcha iboralarni aralashtirish holatlari ham keng tarqalgan. Bu esa tilimizga hurmatsizlik bo‘lib, tinglovchilarda noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantiradi. Reklama, e’lonlar, savdo rastalarida ham oʻzbek tili meʼyorlariga zid yozuvlar tez-tez uchraydi. Bu holat esa oddiy fuqarolarning tilga boʻlgan munosabatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Insonlar nimani koʻrsa, o‘sha tarzda gapira boshlaydi. Shuning uchun til madaniyatiga har bir sohada e’tibor qaratilishi zarur. Reklamalarda, savdo e’lonlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida tilning to‘g‘ri ishlatilishi jiddiy ahamiyatga ega. Yoshlar orasida chet tillarini aralashtirib gapirish “zamonaviylik”, oʻzbekchani toʻliq ishlatmaslik esa "zamonga moslik" sifatida qabul qilinmoqda. Bu esa tilimiz isteʼmol doirasining qisqarishiga, ayrim holatlarda undan or qilish holatining shakllanishiga olib kelmoqda. Shuningdek, yangi atamalar yaratishda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Til rivoji uchun yangilik kerak, lekin bu yangiliklar adabiy til asosida, meʼyorlarga mos ravishda kiritilishi lozim. Bunda tilshunoslar, pedagoglar, ommaviy axborot vositalari va eng avvalo, tilning faol isteʼmolchilari bo‘lgan yoshlar o‘z masʼuliyatini chuqur anglashlari kerak. 9 17 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, ta’lim tizimida ona tiliga nisbatan befarqlik kuzatilmoqda. O‘quvchilarga ona tili nazariy jihatdan o‘rgatiladi, lekin amaliy nutqni rivojlantirishga e’tibor sust. Buning natijasida yoshlar o‘z fikrini ravon, adabiy tilda bayon eta olmaydi. Ta’lim jarayonida og‘zaki va yozma nutqni shakllantirishga alohida yondashuv zarur. O‘zbek tili meʼyorlariga amal qilmaslik holatlari ko‘p hollarda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. U yerda yozilayotgan matnlar grammatik qoidalarga amal qilmasdan yoziladi, imlo xatolari esa oddiy holga aylangan. Bu esa yosh avlod tilni notog‘ri shaklda o‘zlashtirishiga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, axborot vositalari tilni ommaga qanday ko‘rsatishini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Bu borada axborot vositalarining ham masʼuliyatli yondashuvi zarur. 9 18

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the increasingly narrowing of the scope of Uzbek language use, the reasons for this situation - negative influences on bloggers, artists, social networks, and the indifference of young people to…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the increasingly narrowing of the scope of Uzbek language use, the reasons for this situation - negative influences on bloggers, artists, social networks, and the indifference of young people to… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek language, scope of use, blogger, artist, social network, literary, sheva, madaniyat., oʻzbek tili, ijtimoiy tarmoq, isteʼmol doirasi, bloger, adabiy til, sanʼatkor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники