Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARNING IQTISODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA IQTISODIY TA’LIM-TARBIYANING O‘RNI
IQTISODIY TA’LIM-TARBIYANING O‘RNI · Karamatova Dilfuza Sadinovna · Ravshanova Mohinur O’tkir qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 3 · 380-383 · 2026
Аннотация
This article is devoted to the study of the methodology of economic education in the educational process. The article analyzes the essence of economic education, its goals and objectives, as well as the methods and techniques used in the educational process. Economic education is considered as a pedagogical activity aimed at developing students' economic consciousness, and for its effective organization, attention is paid to the principles of activity, personal approach, integration and practice-orientedness. The article also considers the methodological foundations of economic education, including the role and importance of explanation, practical classes, observation, project-based learning and game technologies. Keywords: pedagogical activity, teacher, student, individual approach, game technologies, educational influence, economic education, economic consciousness, economic culture, creativity, modern education, economy, thrift, calculation, diligence. Ta'lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Yosh avlodga iqtisodiy bilimlarni o'rgatish, ularning iqtisodiy ongini shakllantirish va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish orqali mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy barqarorligi ta'minlanadi. Iqtisodiy tarbiya — o'quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan pedagogik faoliyat bo'lib, maxsus o'ylangan ish tizimidir. Bu jarayon o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, fidoyilik kabi xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgan. IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida iqtisodiy ta'lim- tarbiyaning o'rni alohida ahamiyatga ega. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi olimlarning asarlarida iqtisodiy madaniyat, mehnat va tadbirkorlikka oid g'oyalar mavjud. Ushbu asarlar yosh avlodni iqtisodiy tarbiya bilan tanishtirishda muhim manba hisoblanadi. Bugungi kunda boshlang’ich ta'limda bolalarga iqtisodiy ta'lim berish yoshlarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Tejamkorlik, hisob-kitob qilish, mehnatsevarlik kabi ko'nikmalarni shakllantirish orqali bolalar jamiyatda o'z o'rnini topa oladi. Iqtisodiy g'oyalarni shakllantirishda loyiha faoliyati, amaliy mashg'ulotlar, o'yinlar va boshqa interfaol usullar qo'llanilishi zarur. Bu usullar o'quvchilarning 70 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference iqtisodiy tushunchalarni o'zlashtirishini va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishini ta'minlaydi. Iqtisodiy tarbiyaning metodlari o'quvchilarning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu metodlar quyidagilardan iborat: 1. Tushuntirish va muhokama: o'quvchilarga iqtisodiy tushunchalarni tushuntirish va ularni guruhlar bo'lib muhokama qilish orqali fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. 2. Amaliy mashg'ulotlar: iqtisodiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish, tadbirkorlik o'yinlari va loyihalar orqali o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini shakllantirish. 3. Kuzatish va tahlil: atrof-muhitdagi iqtisodiy jarayonlarni kuzatib borish va ularni tahlil qilish orqali iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish. 4. Loyiha asosidagi o'qitish: o'quvchilarga real hayotdagi iqtisodiy muammolarni hal qilishda loyiha asosidagi yondashuvni qo'llash orqali ularning ijodiy va tahliliy fikrlash ko'nikmalarini oshirish. 5. O'yin texnologiyalari: iqtisodiy mazmunga ega o'yinlar orqali o'quvchilarning qiziqishini oshirish va o'rganishni yanada samarali qilish. Iqtisodiy tarbiyaning metodologiyasi quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: Faoliyatlilik tamoyili: o'quvchilarni faol iqtisodiy faoliyatga jalb qilish, ularning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirish. Shaxsiy yondashuv tamoyili: har bir o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olib, ularga mos ta'lim va tarbiya usullarini qo'llash. Integratsiya tamoyili: iqtisodiy tarbiyani boshqa fanlar bilan uyg'unlashtirish, o'quvchilarda tizimli bilimlarni shakllantirish. Amaliyotga yo'naltirilganlik tamoyili: o'quvchilarga o'rgatilgan bilimlarni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalarini berish, ularni real hayotdagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga tayyorlash. Ta'lim jarayonida iqtisodiy tarbiya yoshlarning iqtisodiy bilimlarini oshirish, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish va iqtisodiy ongini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon maktabgacha ta'limdan boshlab, o'rta ta'lim va oliy ta'limgacha bo'lgan barcha bosqichlarda amalga oshirilishi lozim. Shuningdek, oilada ham iqtisodiy tarbiya berish orqali jamiyatda iqtisodiy madaniyatni shakllantirishga erishish mumkin. Adabiyоtlar: 1. Караматова Д.С. Синфдан ташқари машғулотлар орқали ўқувчиларни ижодий фаолиятга йўналтириш методлари // Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). 2021. 1(2), 4-9. 71 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 2. Караматова Д.С. Педагогич
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the study of the methodology of economic education in the educational process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the study of the methodology of economic education in the educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogical activity, teacher, student, individual approach, o‘qituvchi, iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatijodkorlik, o‘quvchi, zamonaviy ta’lim, iqtisod, hisob-kitob qilish, individual yondashuv, pedagogik faoliyat, o'yinli texnologiyalar, iqtisodiy ta’lim-tarbiya, mehnatsevarlik., tejamkorlik, tarbiyaviy ta’sir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945