Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
JAMOA ISTIQBOLINI BELGILOVCHI TARBIYAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · TASHKIL ETISH SHAKLLARI · Muratxo'jaeva Z.V. · Roʻzimurodova Nasibaxon Shermuhammad qizi · Suyunboyeva Dilshoda Abdurashid qizi · Roʻzmetova Maftuna Shavkat qizi
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 06 · 2026
Аннотация
Educational activities play an important role in strengthening interpersonal relationships, increasing social activity, and shaping national and universal values. Educational activities are one of the most effective means of developing cooperation, friendship, and mutual understanding among team members. Therefore, this article extensively examines the forms of organizing educational activities that determine the prospects of the team. Keywords: team, education, event, method, community, values. Jamoa (lotincha “kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Qadimdan turkiy xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda jamoa azaldan 51 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ijtimoiy birlikni anglatib kelgan. Odamlarning jamoa boʻlib yashash zaruriyati azaldan ijtimoiy birlikni anglatib kelgan. Odamlarning jamoa boʻlib yashash zaruriyatini Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar oʻz asarlarida ilmiy asoslab berishgan. Farobiy bu haqida quyidagi fikrlarni bayon etgan: “ Har bir inson oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga ehtiyoji boʻladi, u bir oʻzi shunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun odamlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi”. Zamonaviy talqinda “jamoa”tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. Oʻqituvchilar tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda oʻquvchilarni maʼnaviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi boʻlib tarbiyalashning turli qirralari, shakl va uslublarini bilishi, bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi kerak. Tarbiyaviy tadbirlar milliy ong va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishga yordam beradi. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda oʻqituvchilar quyidagi maqsad va vazifalarni belgilab olishi kerak: Oʻquvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini oʻrganib, unga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish mahoratiga ega boʻlishi; Tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, koʻzlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini koʻra bilishi; Tarbiyaviy tadbirlarni oʻquvchilarning ruhiyatiga qanchalik taʼsir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi va takomillashtirish; Oʻquvchilarning darslardan olgan nazariy bilimlarini kundalik hayot va ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lashi kerak. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlari oʻz mazmuniga koʻra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarida olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. Oʻquvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifalarga duch keladi. Shuning uchun ham oʻquvchilarning maktabdan tashqari faoliyati qanchalik xilma-xil boʻlsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng, maʼnaviy oʻsishi samarali boʻladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda oʻquvchilar jamoada ishlashni oʻrganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, 52 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference jamoatchilik fikriga boʻysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Bularni: 1.Ogʻzaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yigʻinlar, maʼruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar. 2.Amaliy ish olib borish usullari. Turli joylarga sayohatlar, sport musobaqalari, yosh tabiatshunoslar toʻgaragi,shanbaliklar. 3.Koʻrgazmali ish usullar. Maktab muzeylari, mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar koʻrgazmalari. Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega boʻlishi bilan birga, u oʻquvchilar qalbini tushunishi, uning qiziqishi va moyilliklarini his qilishi kerak. Shunga koʻra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazish lozim. Albatta, rejalashtirish oʻquvchilarning maslahatlarisiz amalga oshirib boʻlmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda oʻquvchilar faol boʻlishsin, oʻqituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon boʻlsin. Shundagina koʻzlangan maqsadga aniq va tez erishish mumkin. Oʻquvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlarni oʻtkazishda oʻqituvchining muomala odobi juda katta ahamiyatga egadir. Boshlangʻich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar oʻquvchilar hayoti hayoti bilan yaʼni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan kunlaridan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, Kuz bayrami, Harbiylar kuni, mashhur allomalarning tugʻilgan kunlari, 8-mart, Navroʻz b
Доказательный фрагмент
«Educational activities play an important role in strengthening interpersonal relationships, increasing social activity, and shaping national and universal values.»
Образец извлечения
Демо-превьюEducational activities play an important role in strengthening interpersonal relationships, increasing social activity, and shaping national and universal values. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- team, education, event, method, community, values, tarbiya, tadbir, jamoatchilik, qadriyatlar., metod, jamoa
Смежные источники
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025