К содержанию
РецензированоUZ2008

Ekologik terminlarning struktur tarkibi

Turg'unova Nigora Rustamjon qizi (48). Голопристанський міськрайонний центр зайнятості= Голопристанский районный центр) · FDU magistranti (48). Голопристанський міськрайонний центр зайнятості= Голопристанский районный центр) · Ilmiy rahbar: Ergasheva Nigora Kurbanovna (48). Голопристанський міськрайонний центр зайнятості= Голопристанский районный центр)

Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 47- 48 · 2008

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilidagi ekologiyaga oid terminlarning struktur tuzilishi ya'ni oddiy, murakkab va qo'shma birliklar kabi guruhlarga tasniflanishi o'rganib chiqilgan. Shuningdek, affiksatsiya va prefiksatsiya usuli bilan hosil qilingan so'zlar va qisqartirilgan so'zlarga ham to'xtalib o'tilgan. Buni yanada aniqroq tahlil etilishi maqsadida birqancha misollar keltirib o'tilgan. Kalit so'zlar. Sodda, murakkab so'zlar, qo'shma so'zlar, o'zlashgan so'zlar, prefiks, suffiks, neologizmlar, polisemiya,sinonimiya. Ingliz va o‘zbek tillarida har bir so‘zning o‘z strukturasi mavjud. Inglizcha terminlar, boshqa atamalar singari o‘z tuzilishiga ega. Bu tuzilishlar oddiy, murakkab va qo‘shma birliklar kabi guruhlarga tasniflanishi mumkin. Oddiy so‘zlar nature - tabiat, Earth - yer, Smog –tutun 280 kabilar kiradi. Ekologiyaga doir lingvistikada re-, de-, pre-, dis kabi yunon-lotin prefiks va qoʻshimchalarini oʻz ichiga olgan atamalar mavjud; -ing, -eror, -ment, -ity. Ingliz tilidagi eng murakkab ekologik atamalar affiksatsiya va prefiksatsiya yordamida tuzilgan. - ate, -ness, -ed, -ing, -ty, -ism, -ant, -or, -er, -ic, -ify, -ive, -al, -ance, -ment, -ation kabi qo`shimchalar (pollution, contaminant). a-, bio-, aero-, agro-, re-, over-, mikro- shakl prefiksli atamalar (mikroplastiklar – “mikroplastik” qishloq xoʻjaligi – “selskoe xozyaystvo”) kabi prefikslar. Qisqartirilgan so‘zlar keng tarqalgan bo‘lib, ular so‘zma-so‘z tarjima yoki asl inglizcha ko‘rinishida saqlashni tanlashni taklif qiladi. Paluanova Xalifa Daribayevna o'zining Ekologik terminlarning derivatsion-semantik xususiyatlari (o'zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillari misolida) nomli ilmiy ishida atrof-muhitga oid so'zlarni qiyosiy tarzda o'rganib chiqqan va bir qancha guruhlarga tasniflagan. Mamatov Shukrullo Shermat o`g`li o'zining 'Lexical-semantic analysis of ecological terms in Uzbek and English ' nomli maqolasida turli tizimli tillarda ekologik terminlarni tadqiqi ularni yasalishida ba’zan uch va to‘rt komponentlar qatnashgan bo‘lishi mumkinligi aniqladi. Maqolani yozish jarayonida qiyoslash, tavsiflash, tasniflash usullaridan foydalanildi. Ingliz va o’zbek tillaridagi ekologik terminlarning struktur tarkibi qiyosiy tadqiq etildi. Barcha qiyoslanayotgan tillarda asosiy qismi suffiksatsiya usulida yasalgan. Ingliz tilida -er, -age, -ion, -ation, -fication, -ness, -ment, -ty, -ity, -nt kabi suffikslar ekoso‘zlar yasashda ishtirok etadi. O‘zbek tilidagi –ish, -sh, -io‘, -io‘, -o‘ suffikslari, suffikslariga ma’nosiga ko‘ra mos keladi. Har bir tilda affiks o‘zakka til uchun o‘ziga xos bo‘lgan morfologiya qoidalariga binoan qo‘shiladi. Yangi so‘z hosil bo‘lishida uning semantikasi so‘z yasash jarayonining ta'sirida o‘zgarishiga va so‘z turkumiga o‘tib qolishi yoki o‘tmasligiga qarab bir necha xil so‘z yasash munosabatlari farqlanadi: so‘zning semantikasi o‘zgarmaydi, balki uning bir so‘z turkumiga aloqadorligi o‘zgaradi: to liquidate–yo‘q qilmoq fe’l; liquidation –yo‘q qilish, ingliz tilida – ot, o‘zbek tilida harakat nomi; ham semantika, ham so‘z turkumi o‘zgaradi: to extinguish –yo‘q qilmoq; extinguished –o‘chgan; semantika o‘zgarsa ham, so‘z turkumiga doir aloqadorligi saqlanib qoladi: to forest -o‘rmon barpo qilmoq; to deforest –o‘rmonni kesmoq. O‘zbek tilida ekologiyaga oid fe'llarning yasalishida – la, -moq, -lashtir, -lashtirmoq kabi suffikslar ishtirok etadi: xlorlamoq, ifloslamoq; minerallashtirmoq va hokazo. Qo‘shma so‘zlarga misol tariqasida ikki so‘zli atamalar ham turli yo‘llar bilan yasaladi: 1. Noun (ot) + Noun (ot) (carbon emissions-uglerod emissiyasi); Ot+ot: pollution abatement, waste assimilation, litter bin; iflosliklar bilan kurash, chiqindilarning yutilishi, ahlat qutisi. Misol: Even though Germany succeeded in reducing carbon emissions last year by an impressive 20%, they do not consider the problem taken care of. Adjective (sifat) + Noun (ot) (chemical interactions-kimyoviy o‘zaro ta'sirlar) Sifat+ot modelida ekologiyaga oid so‘z birikmalari komponentlarining sintaktik munosabatlari bitishuv usuli orqali yuzaga keladi: abiotic environment, allogenic succession; abiotik faktor, allogen suktsessiya; abiotic faktor; Noun (ot)+ preposition (predlog) + noun (ot) (remains of a burn –kuyish qoldiqlari) Jumladan: A defunct military base may produce less pollution than an active one—for example, the uncovered remains of a burn pit present less direct harm than the active release of toxins from burning waste. 281 Past participle (o ‘tgan zamon sifatdoshi) + noun (ot) - (wind-generated waves-shamol) tomonidan hosil bo‘lgan to‘lqinlar Ingliz tilida ekologik terminlarni shakllanishi va ekologik terminlar lug‘atining boyishida grek, lotin, nemis va fransuz tillaridan o‘zlashgan terminlarning o‘rni beqiyos. Ingliz tilidan rus tiliga kirib kelgan ekologik terminlar sifatida ecology (grek. oekos –uy-joy, logos – ilm) – ekologiya; biology (grek. bios - hayot, logos - fan) – biologiya; reservoir (frants. reservoir – rezervuar, basseyn, suv ombori) r

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tilidagi ekologiyaga oid terminlarning struktur tuzilishi ya'ni oddiy, murakkab va qo'shma birliklar kabi guruhlarga tasniflanishi o'rganib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tilidagi ekologiyaga oid terminlarning struktur tuzilishi ya'ni oddiy, murakkab va qo'shma birliklar kabi guruhlarga tasniflanishi o'rganib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sodda, murakkab so'zlar, qo'shma so'zlar, o'zlashgan so'zlar, prefiks, suffiks, Simple, заимствованные слова, полисемия, префиксы, neologisms, o'zlashgan so'zlar, compound words, sinonimiya, сложные слова, составные слова, prefixes, neologizmlar, polisemiya, borrowed words, qo'shma so'zlar, murakkab so'zlar, complex words, polysemy, synonymy, суффиксы, suffixes, Простые, синонимия, неологизмы
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники