К содержанию
РецензированоRU2025

Участие тружеников Ферганской, Андижанской и Наманганской областей в строительстве оборонных фондов, военной техники и помощи семьям фронтовиков

Murodjon TASHKHODJAEV · Keywords: -/© in Science LLC. (Andijan State Technical Institute)

Общество и инновации · 6 · 180-185 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье на основе многих фактов и сведений из фронт, архивных документов в годы Второй мировой войны фонд обороны, освещено участие трудящихся Ферганской, Андижанской и деньги, Наманганской областей в сборе средств для фонда обороны военная техника, танк, и в производстве военной техники, а также в помощи военный самолёт, семьям фронтовиков. продовольствие, одежда, серебро, золото, личные сбережения, вагон, металл. Ikkinchi jahon urushi yillarida butun O‘zbekiston aholisi mudofaa jamg‘armalari tashkil etish va frontga moddiy yordam berishda faol ishtirok etdilar. Mudofaa fondlariga shahar va qishloq mehnatkashlaridan ko‘plab yordam vositalari kelib turdi. Ular o‘z imkoniyatlari doirasida pul, davlat zayomlari obligatsiyalari, kumush va oltin zebu ziynatlar, o‘zlarining shaxsiy hisoblaridagi chorva mollari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kolxoz hisobidagi mehnat kunlari jumlasidan mudofaa fondlariga o‘tkaza boshladilar. O‘zbekiston mehnatkashlari ikkinchi jahon urushi yillarida mudofaa fondiga hammasi bo‘lib 475 387 ming so‘m pul, 22 377 so‘mlik qimmatbaho buyumlar, 55,7 kg qimmatbaho metallar, 18 724 ming so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini topshirdilar [1.152]. 181 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 O‘zbek xalqi eng asosiy turdagi oziq-ovqatlarga ehtiyoj sezsa-da, o‘zlari yemay ko‘chirib keltirilgan ota-onasiz bolalarga berdilar. Bu O‘zbekistonga evakuatsiya qilinganlarga nisbatan jiddiy e’tibor qaratilib, tinimsiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatilganidan dalolat edi. Dunyo xalqlari oldida o‘zbek xalqi o‘zining nimalarga qodir, qanday xalq ekanligini matonat bilan sinovlarga bardosh berib, namoyish etdi. Xalqimiz o‘zining kulfatlari-yu, musibatlarini bildirmasdan o‘zining oilasidagi qayg‘u-alamlarini bir chetga surib qo‘yib, o‘zbeklarga xos bo‘lgan xususiyatlarini ko‘rsatgan edi. Urushda g‘alabani ta’min etish uchun esa ko‘p narsa talab qilinar edi. Sanoatchilar armiyani zamonaviy qurollar, tank va samolyotlar bilan ta’min etish yo‘lida qahramonlarcha mehnat qilsa, dehqonlar frontga oziq-ovqat va kiyim-kechak yetkazib berish bilangina qanoatlanmay, armiyaning jangovarligini oshirish yo‘lida ham yangi- yangi tashabbuslari bilan chiqdilar. Buning uchun mudofaa fondlari, aviatsiya eskadrilyalari va tank kolonnalari tashkil qilish uchun butun-butun qishloq aholisi mablag‘ yig‘ishga kirishdi. Natijada respublika qishloqlaridagina emas, shaharlarida ham ko‘plab mablag‘lar to‘plandi. Butun O‘zbekiston aholisi qatori namanganliklar ham mudofaa jamg‘armalari tashkil etish va frontga moddiy yordam berishda faol ishtirok etdilar. Namangan oblast ijroiya komiteti 1941-yil 26-dekabrda oblastning shahar va rayonlariga ko‘chirib keltirilgan fuqarolarga moddiy yordam uyushtirish yuzasidan maxsus qaror qabul qildi. Shu qarorga ko‘ra 118 000 so‘m mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ rayon ijroiya komitetlari tomonidan ko‘chirib keltirilgan aholi vakillariga taqsimlab berildi [2.15]. 1941-yili Namangan shahar “Yangi turmush” arteli a’zolari 12 ming so‘m, qo‘shimcha ravishda fuqarolardan 5100 so‘m mudofaa fondiga topshirdilar. O‘zbekiston KPning Namangan viloyati tashkilot byurosi 1941-yil 11-oktyabrda yoshlar yakshanbaliklarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 7-noyabrga qadar o‘tkazilgan uch yakshanbalikda 136248 nafar yigit-qiz qatnashdi. Ular shu kunlari ishlab chiqarishlarda va paxta dalalarida fidokorlik bilan ishlab, mudofaa fondiga 369 350 so‘m pul o‘tkazdilar [3.3]. 1941-yil Chust shahar N.K. Krupskaya nomli maktab o‘qituvchilaridan 23 kishi har oylik maoshlarining bir kunligini to urush tugagunga qadar mudofaa fondi uchun ajratdilar. Maktab o‘quvchilari tashabbusi bilan esa frontga posilkalar yuborildi [4.23]. Chortoq tuman ziyolilari ham mudofaa fondiga hissa qo‘shdilar. Chunonchi, 1944-yil maorifchilarning avgust kengashida mudofaa fondiga 380 ming pul to‘plandi [5.64]. 1941- yil viloyatda front uchun 4974 ta paxtalik fufayka, 2369 ta paxtalik shim, ko‘p miqdorda jun, teri va boshqa mahsulotlar to‘plandi [6.4-5]. Viloyat mehnatkashlari frontga moddiy yordam berishda alohida namuna ko‘rsatdilar. Mudofaa fondi hisobiga tushayotgan mablag‘ miqdori kundan-kunga ortib bordi. 1942-yil 22-iyunigacha viloyat mehnatkashlari mudofaa fondiga 1 million 41 ming so‘m pul topshirdilar [7.149]. 1942-yil harakatdagi armiyaga 711 ming so‘m mablag‘ yuborildi. 1942-yil yanvarda Namangan temir yo‘l stansiyasida frontga viloyatdan to‘plangan 7 vagon oziq-ovqat, kiyim-kechakni jo‘natishga bag‘ishlangan ko‘p ming kishilik miting bo‘lib o‘tdi. Namanganliklarning ushbu sovg‘asi 5 kishidan iborat komissiya tomonidan Moskvaga yetkazib berilgan. Namangandagi “Besh yillik” artelining hunarmandlari 1944-yilning 3-sentyabr dam olish kunini ish kuni deb e’lon qilishdi. Shu kungi ish haqlari – 12 ming so‘mni arteldagi “Ko‘p bolali onalarga yordam fondi”ga taqdim etdilar. Harakatdagi armiyani 182 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Societ

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье на основе многих фактов и сведений из фронт, архивных документов в годы Второй мировой войны фонд обороны, освещено участие трудящихся Ферганской, Андижанской и деньги, Наманганской обл…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье на основе многих фактов и сведений из фронт, архивных документов в годы Второй мировой войны фонд обороны, освещено участие трудящихся Ферганской, Андижанской и деньги, Наманганской обл… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2025 in Science LLC, продовольствие, военная техника, harbiy texnika, oziq-ovqat, silver, food, вагон, танк, vagon, военный самолёт, defense fund, clothing, harbiy samolyot, tank, золото, metal, mudofaa fondi, серебро, railway car, одежда, shaxsiy jamgʻarma, oltin, front, kumush, фронт, metall, личные сбережения, military aircraft, money, personal savings, металл, pul, фонд обороны, деньги, gold, kiyim-kechak, military equipment
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники