К содержанию
РецензированоUZ1972

Zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik obrazlarning mifologizatsiyasi va ularning o‘ziga xosligi

Шахноза Ахмедова (Наманганский государственный университет)

Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 132-134 · 1972

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik obrazlarning qayta talqini va mifologizatsiya jarayoni tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor mifologik timsollarning adabiy asarlarda 150 qanday o‘zgarishi, ular orqali qanday yangi ma'nolar shakllanishiga qaratiladi. Tadqiqot davomida zamonaviy ingliz adiblari asarlarida mifologiyaning roli va uning badiiy-estetik xususiyatlari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: mifologik obrazlar, mifologizatsiya, zamonaviy ingliz adabiyoti, talqin, intertekstual aloqa. Mifologiya qadimiy davrlardan buyon adabiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik obrazlar nafaqat an’anaviy shaklda aks etadi, balki yangi badiiy yondashuvlar orqali qayta talqin qilinadi. Postmodernizm va intertekstual aloqa tamoyillari mifologik obrazlarning o‘ziga xos tarzda yangilanishiga va yangi kontekstlarda taqdim etilishiga imkon yaratadi. Ushbu maqolada zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik obrazlarning mifologizatsiya jarayoni va ularning o‘ziga xosligi tahlil qilinadi.[1] Mazkur tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi:  Tarixiy-tipologik tahlil – mifologik obrazlarning zamonaviy ingliz adabiyotidagi rivojlanish dinamikasini o‘rganish;  Komparativ tahlil – mifologik obrazlarning turli adabiy davr va asarlardagi talqinlarini solishtirish;  Semantik tahlil – mifologik obrazlarning zamonaviy asarlardagi ma’no qatlamlarini o‘rganish;  Intertekstual yondashuv – zamonaviy ingliz adabiyotidagi mifologik obrazlarning boshqa matnlar bilan bog‘liqligini aniqlash.[2,3] Mifologizatsiya va uning mohiyati Mifologizatsiya – bu mifologik obrazlarning yangi davr adabiyoti, san’ati yoki falsafasiga moslashtirilishi jarayoni. Zamonaviy adabiyotda bu jarayon turli usullar orqali amalga oshiriladi: 1. Intertekstual aloqa – qadimgi mifologik matnlarning zamonaviy asarlarga singdirilishi. 2. Metaforik talqin – mifologik obrazlarga yangi ma’nolar yuklash va ularni yangi kontekstda qo‘llash. 3. Ironiya va parodiya – mifologik motivlarning tanqidiy yoki hajviy tarzda ishlatilishi. 4. Psixologik chuqurlik – mifologik qahramonlarning ichki kechinmalari va shaxsiy rivojlanishini yoritish.[4,5] Intertekstual aloqa mifologizatsiyaning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, unda qadimgi mifologik matnlarning zamonaviy asarlarga singdirilishi kuzatiladi. Yozuvchilar klassik miflarni bevosita keltirish yoki ularni yangi asarlar ichida yashirincha aks ettirish orqali intertekstual bog‘liqlik yaratadilar. Masalan, James Joyce’ning “Ulysses” asari Homerning “Odisseya” eposi bilan intertekstual bog‘lanib, uni zamonaviy Dublinda qayta hikoya qiladi. Metaforik talqin esa mifologik obrazlarga yangi ma’nolar yuklash va ularni yangi kontekstda qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bunda qadimgi qahramonlar zamonaviy shaxslar yoki hodisalarga qiyoslanadi. Misol uchun, Madeline Millerning “Kirke” romanida yunon mifologiyasidagi sehrgar Kirke obraziga yangi, feministik nuqtayi nazardan yondashilib, uning mustaqil va kuchli ayol sifatida talqin qilinishi kuzatiladi. Ironiya va parodiya orqali mifologik motivlar tanqidiy yoki hajviy tarzda qayta ishlanadi. Ba’zi asarlarda mifologik qahramonlarning klassik qiyofasi o‘zgartirilib, ularning zamonaviy jamiyatdagi roli hazilomuz yoki tanqidiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Masalan, Neil Geymanning “Amerika xudolari” romanida qadimgi va yangi xudolar o‘rtasidagi ziddiyat orqali zamonaviy dunyodagi diniy va madaniy o‘zgarishlar tanqid qilinadi.[8] 151 Psixologik chuqurlik mifologizatsiyaning yana bir muhim jihati bo‘lib, mifologik qahramonlarning ichki kechinmalari va shaxsiy rivojlanishini yoritishga qaratilgan. Bu usul mifologik obrazlarga insoniylik xususiyatlarini berib, ularning ichki olami, ruhiy kechinmalari va psixologik kurashlarini chuqur yoritishga imkon beradi. Margaret Atvudning “Penelopiada” asarida Penelopa obrazining ichki monologi va hissiy kechinmalari orqali mifologik qahramonning yangi qiyofasi yaratilib, uning ovozi kuchaytiriladi.[9] Mifologizatsiya jarayoni zamonaviy adabiyotda mifologik obrazlarning qayta talqin qilinishi va ularning zamon ruhiga moslashuvi natijasida shakllanadi. Ushbu jarayon orqali yozuvchilar qadimgi miflarni faqat takrorlamay, balki ularga yangi mazmun berib, jamiyatdagi dolzarb masalalarni ochib berishga harakat qiladilar. Mifologik obrazlarning zamonaviy ingliz adabiyotida aks etishi Zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik obrazlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Quyidagi misollar buni yaqqol ko‘rsatib beradi:  Margaret Atvudning “Penelopiada” asari Homerning “Odisseya” asarini Penelopaning nigohi orqali qayta hikoya qilib, ayol qahramonlarning ovozini kuchaytiradi.  Madeline Millerning “Kirke” romani sehrgar Kirke obrazini o‘z ichki dunyosi va mustaqilligiga intilayotgan kuchli ayol sifatida tasvirlaydi.  Neil Geymanning “Amerika xudolari” romani qadimgi xudolar va zamonaviy “yangi xudolar” o‘rtasidagi kurash orqali jamiyatdagi e’tiqodlarning o‘zgarishini aks ettiradi.  Jeanette Wintersonning “Og‘irlik” romani

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik obrazlarning qayta talqini va mifologizatsiya jarayoni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik obrazlarning qayta talqini va mifologizatsiya jarayoni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talqin, mifologik obrazlar, mifologizatsiya, интертекстуальная коммуникация, mythological images, interpretation, мифологические образы, мифологизация, mythologization, современная английская литература, intertextual communication, intertekstual aloqa, интерпретация, modern English literature, zamonaviy ingliz adabiyoti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники