Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILLARIDA KURASHNING RIVOJLANISHI VA MILLIY KURASHNING DUNYODA OMMAVIYLASHUVI
KURASHNING DUNYODA OMMAVIYLASHUVI · Kim Dinara Vladislavovna · Abdurahmonova Diyora Sheraliyevna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В данной статье анализируется развитие борьбы как национального вида спорта после обретения независимости Узбекистана, ее поддержка на государственном уровне и популяризация на международной арене. В годы независимости национальная борьба получила официальный статус вида спорта, внимание к ней возросло, были организованы международные соревнования, спортсмены добились высоких результатов. Создание международной федерации борьбы и регулярное проведение чемпионатов мира способствуют ее мировому признанию и популярности. В статье освещены этапы развития борьбы, политика ее поддержки и дальнейшие перспективы. Key words: years of independence, development of wrestling, national wrestling, state, athletes, sport. Annotation. This article analyzes the development of kurash, a national sport of Uzbekistan after its independence, its state support and popularization in the international arena. During the years of independence, kurash gained official status as a national sport, increased attention to it, international competitions were organized, and athletes achieved high results. The establishment of the International Wrestling Federation and the regular holding of world championships contribute to its global recognition and wide popularity. The article highlights the stages of development of kurash, its support policy, and future prospects. Ключевые слова: годы независимости, развитие борьбы, национальная борьба, государство, спортсмены, спорт. Asrlar davomida shakllangan, shaxsning kamolotga erishuvida muhim ahamiyat kasb etgan kurash ba’zi davrlarda, xususan, 130 yildan ziyod vaqt davom etgan chor mustamlakasi va sho‘rolar hukmronligi paytida anchayin zavol topdi, oyoqosti qilindi. Totalitar tuzum 14 mutasaddilari mahalliy xalqni ruhan ko‘taradigan, mudroq qalbini uyg‘otib, faxr va g‘urur bag‘ishlaydigan kurash singari milliy qadriyatlarimizning payini qirqishdan manfaatdor edilar. Shu bois ham avloddan-avlodga o‘tib, sayqal topib kelgan kurash sho‘rolar davrida ro‘yobga chiqa olmadi. Biroq jism-u dilida buyuk ajdodlar qoni gupurib turgan, ularning ma’naviy merosidan qandaydir darajada bahra olgan beli baquvvat polvonlar tor doirada bo‘lsa ham kurash udumiga sodiq qoldilar. Faqatgina O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin kurashga qaytadan ruh bag‘ishlandi. Bayramlaru sayillarga yana kurash kirib keldi. Asrlar sinovidan, murakkab davrlardan mardona o‘tgan, chinakam mardlar raqiblar bahsi, ezgu niyatlar, oliy maqsadlar bo‘lib e’tirof etilgan kurash yana xalq nazariga tushdi. Davlat, mamlakat darajasidagi muhim ishga aylandi. Bir necha yildirki, jahon ommasining mehrini qozonib, dunyo sport sahnasida o‘z o‘rnini topdi. 1991-yil 7-10-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikasining polvonlari ishtirokida o‘tkazilgan katta kurash musobaqasi (sayli), oldingi musobaqalardan tubdan farq qildi. Chunki unda polvonlar mutloq yangi bo‘lgan qonun- qoidalar asosida kurashishdi. Ana shu yangi qonun- qoidalar asosida 1992-yildan boshlab nufuzli bellashuvlar boshlanib ketdi. Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘tmishda yashab o‘tgan barcha pahlavonlar va ulug‘ allomalarning ruhlarini shod etishni kurash bo‘yicha xalqaro turnirlar o‘tkazish bilan boshlagan edilar. Qorako‘lda Tursun ota, Shahrisabzda Amir Temur, Surxondaryoda At-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband, Andijonda Bobur Mirzo, Xorazmda Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro turnirlar kurashni yuksak darajaga ko‘tarilishida, sport olamiga yangi tur bo‘lib kirishiga katta hissa qo‘shdi. Chunki kurash ilk musobaqalardayoq jozibadorligi va jangovorligi, go‘zalligi va halolligi bilan barcha ishtirokchilarning, xorijiy mutaxassislarning mehrini qozondi. Milliy sport turini dunyo sportiga aylantirish uchun mamlakatimizda tashkil etilgan bu bellashuvlar kamlik qilardi. Albatta, shuning uchun ham Janubiy Koreya (1992 yil), Kanada (1993), Litva (1993), Yaponiya (1994), Irlandiya (1997), Hindiston (1995), Atlanta (1996), Moskva (1998), Fransiyada o‘tkazilgan yirik sport anjumanlarida to‘plangan mutaxassis va muxlislarga tashabbuskorlar tomonidan kurash haqida atroflicha ma’lumotlar berildi, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Tinimsiz mehnat, ko‘plab izlanish va sa’y-harakatlar bekor ketmadi. 1998-yil 6-sentabrda Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo qit’asining 28 ta davlatidan kelgan vakillar ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis kongressida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi (KXA) tuzilganligi, xalqimizning milliy qadriyati “kurash” nomi bilan jahon maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi. Shunday qilib ta’kidlash mumkinki, Kurash dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, avlodu ajdodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy meros – katta bir xazina. Bu xazina bugun farzandlar tarbiyasida muhim omil bo‘lmoqda. Sayyoramizning turli qit’a va yurtlarida istiqomat qiluvchi ne-ne xalqlar, elatlar kurashning jozibasiga, uning insonparvarlik, baynalminallik, bag‘rikengli
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется развитие борьбы как национального вида спорта после обретения независимости Узбекистана, ее поддержка на государственном уровне и популяризация на международной арене.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется развитие борьбы как национального вида спорта после обретения независимости Узбекистана, ее поддержка на государственном уровне и популяризация на международной арене. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- years of independence, development of wrestling, national wrestling, state, sportchilar, davlat, milliy kurash, kurashning rivojlanishi, mustaqillik yillari, sport turi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026