Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IOT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB CHIQINDILARNI AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Qodirov Farrux Ergash oְ‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si) · Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Kalit soʻzlar: Prognozlash (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Internet of Things (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Worldwide population growth, urbanization and the development of consumer culture have made waste management one of the most important issues. New technologies, in particular Internet of Things (IoT) technologies, are widely used for effective waste management. IoT-based automated waste management systems help to make waste collection, sorting, transportation and recycling more efficient and environmentally sound. This article talks about waste management systems using IoT technologies. Keywords: Forecasting, Transportation, Internet of Things, Waste Automation, Flexibility, Integration, Consolidation, Scandinavia, utilization, LoRaWAN, IoT sensor boxes Kirish:Internet of Things (IoT) texnologiyalari asosan qurilmalar va tizimlarni internet orqali bir-biriga ulash, ulardan ma'lumot olish va bu ma'lumotlar asosida qarorlar qabul qilishni ta'minlaydi. Chiqindilarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ham aynan shu 68 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si tamoyillarga asoslanadi. IoT sensorlari va qurilmalari chiqindilarni yig‘ish, tahlil qilish va boshqarish jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi. Chiqindilarni Yig‘ish va Monitoring IoT asosidagi chiqindilarni yig‘ish tizimlarida sensorlar va aqlli chiqindi qutilari ishlatiladi. Bu sensorlar qutidagi chiqindilarning darajasi, turi va boshqa parametrlarni aniqlaydi va shu ma'lumotlarni markaziy tizimga uzatadi. Markaziy tizimda to‘plangan ma'lumotlar yordamida chiqindilarni yig‘ish rejalashtiriladi. Bu tizimlar chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va tahlil qilishni ta'minlab, qutidagi chiqindilarni to‘lib qolmasdan oldin olib ketish imkoniyatini yaratadi. Chiqindilarni Saralash va Qayta Ishlash IoT sensorlari yordamida chiqindilarni saralash tizimlarini yanada samarali qilish mumkin. Masalan, chiqindilarni plastik, shisha, metal va organik chiqindilarga ajratish uchun sensorlar ishlatiladi. Bu sensorlar chiqindilarni to‘plagan paytida ularning turini aniqlab, tegishli joyga yo‘naltirishni amalga oshiradi. Yana bir innovatsion texnologiya bu chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish uchun IoT asosida tahlil qilish va monitoring qilishdir.Chiqindilarni Transportirovka qilish Chiqindilarni tashish tizimlarini IoT texnologiyalari yordamida avtomatlashtirish mumkin. Masalan, aqlli transport tizimlari chiqindilarni tashish uchun avtomobillarni optimal marshrut bo‘yicha yo‘naltiradi. Bunday tizimlar, odatda, transport vositalariga o‘rnatilgan GPS va IoT sensorlari orqali real vaqt rejimida monitoring qilinadi.Transport tizimlari chiqindilarni yig‘ish va tashishda tezlikni va yo‘l sharoitlarini hisobga olib, samara oshadi. Ma'lumotlarni Tahlil qilish va Prognozlash IoT asosida yig‘ilgan ma'lumotlarni tahlil qilish orqali chiqindilarni boshqarish jarayonida yanada samarali qarorlar qabul qilish mumkin. Katta ma'lumotlar (Big Data) tahlili orqali chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va tashish jarayonlarini optimallashtirish uchun prognozlar ishlab chiqiladi. Boshqa tomondan, sun'iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida chiqindilarni boshqarishning samaradorligini oshirish mumkin. Chiqindilarni Ekologik Ta'sirini Monitoring qilish IoT texnologiyalari yordamida chiqindilarni boshqarish jarayonining ekologik ta'sirini ham kuzatish mumkin. Havo sifati, suv va tuproq ifloslanishi kabi omillarni nazorat qilish, chiqindilarni boshqarish jarayonlarining ekologik samaradorligini baholash imkonini beradi. Sensorlar yordamida har bir chiqindi turining atrof-muhitga ta'sirini kuzatish va zarur choralarni ko‘rish mumkin. Foydalanishning Afzalliklari Resurslarni tejash: IoT texnologiyalari chiqindilarni boshqarish tizimlarini optimallashtirib, tizimlar ishlashining samaradorligini oshiradi, bu esa energiya, vaqt va boshqa resurslarni tejashga yordam beradi.Ekologik ta'sirning kamayishi: IoT asosida chiqindilarni boshqarish, chiqindilarni saralash va qayta ishlashning samaradorligini oshirib, atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta'sirni kamaytiradi.Samarali rejalar va prognozlar: IoT qurilmalari orqali yig‘ilgan ma'lumotlar asosida prognoz qilish va samarali rejalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.Konsolidatsiya va yaxlit tizim: IoT texnologiyalari chiqindilarni boshqarish tizimlarini markazlashtiradi va turli tizimlarni yagona boshqaruv markaziga integratsiya qiladi. Qiyinchiliklar va Cheklovlar Ma'lumotlar xavfsizligi: IoT qurilmalaridan yig‘ilgan ma'lumotlar xavfsizlikka tahdid solishi mumkin. Tizimlarni himoya qilish va ma'lumotlarni shifrlash masalalari muhimdir.Texnik nuqsonlar: IoT tizimlari ba'zida texnik nosozliklar yoki xatoliklar tufayli 69 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si tizimlarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin, bu esa chiqindilarni boshqarishning samaradorligini pasaytiradi.Infratuzilma talablar: IoT texnologiyalarini joriy etish uchun zamonaviy infratuzilma, tarmoq va qurilmalarga ehtiyoj bor.IoT texnologiyalaridan foydalanib chiqindilarni boshqarish
Доказательный фрагмент
«Worldwide population growth, urbanization and the development of consumer culture have made waste management one of the most important issues.»
Образец извлечения
Демо-превьюWorldwide population growth, urbanization and the development of consumer culture have made waste management one of the most important issues. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Forecasting, Transportation, Internet of Things, Waste Automation, Moslashuvchanlik, Prognozlash, Integratsiya, Skandinaviya, LoRaWAN, Konsolidatsiya, IoT datchikli qutilar, Transportirovka, Chiqindilarni Avtomatlash, utilizatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025