Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASR BOSHLARIDA SHIMOLIY AFG‘ONISTONDAGI O‘ZBEK BEKLIKLARI UCHUN RAQOBAT VA O‘ZARO MUNOSABATLAR TARIXI
Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article provides a scientific analysis of the competition for Uzbek principalities in Northern Afghanistan at the beginning of the 20th century and the history of relations between Bukhara and Afghanistan. Keywords: Afghanistan, Bukhara, principality, Emir Shahmurad, Maimana, Amir Nasrullo, Amu Darya, “Turkistan collection”, Dostmuhammadkhan. ИСТОРИЯ КОНКУРЕНЦИИ И ВЗАИМООТНОШЕНИЙ УЗБЕКСКИХ ЧАСТНЫХ ГОСУДАРСТВ В СЕВЕРНОМ АФГАНИСТАНЕ В НАЧАЛЕ XX ВЕКА Аннотация. В статье дается научный анализ борьбы за узбекские княжества в Северном Афганистане и истории взаимоотношений Бухары и Афганистана в начале XX века. Ключевые слова: Афганистан, Бухара, княжество, Эмир Шахмурад, Маймана, Амир Насрулла, Амударья, «Туркестанский сборник», Достмухаммадхан. Buxoro amirligi va Afg‘oniston davlati tashkil topgan davrlardan boshlab, Shimoliy Afg‘onistondagi 12 ta o‘zbek bekliklari ikki davlat o‘rtasidagi nizoli hudud bo‘lsada, Amir Shohmurod Maymana va Oqchaning g‘arbiy qismlarini Buxoro ta’sirida tutib turiga muvoffaq bo‘lgan bo‘lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etib o‘tilgan. Ammo, Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Amir Nasrullo davrida Amudaryodan janubdagi o‘zbek bekliklarini barcha erlarini 1849-1850 yillarda Do‘smuhammadxonga boy berib qo‘yadi[1]. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlarni solishtirib xulosa qilish mumkinki, Do‘stmuhammadxonning bu davrda Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklariga qarshi qo‘shin torta olish imkoni yo‘q edi. Chunki, Bu vaqtda Murodbek Qunduz Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek bekliklarini birlashtirib katta harbiy qudratga ega bo‘lgandi. 186 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Murodbek, Do‘stmuhammadxonga inglizlarga qarshi kurashda va Afg‘oniston taxtini qaytarib olishda yordam berganligini inobatga olsak, yuqorida keltirilgan ma’lumot u qadar asosli emasligi ayon bo‘ladi. “Turkiston to‘plami”dagi ma’lumotlarda Do‘stmuhammadxonning Qunduz begi Murodbek qatag‘an bilan do‘stona munosabatda bo‘lganligi qayd etilgan. Muallif bu fikrni Do‘stmuhammadxonning yaqin qarindoshlaridan biridan yozib olganliini, u esa, Do‘stmuhammadxon boshqaruvida yuqori martabali shaxs ekanligi ham yuqorida keltirib o‘tgan fikr-mulohazalarimizni tasdiqlashga xizmat qiladigan ma’lumot bo‘lib hisoblanadi[2]. Ayrim tarixiy adabiyotlarda Do‘stmuhammadxonga 1850 yilgacha Kobul va Jalolobod bo‘ynsungan, 1855-yilda G‘azna, Qandahor bo‘ynsungan. 1856 yildagina (Murodbek Qunduz vafot etgach) Balx va Xulm, 1858 yilda esa, Oqcha, Shibirg‘on, Andxoy, Maymana, 1861-yilda esa, Qunduz va Badaxshon vassal bo‘lganligi qayd etiladi[3]. Qunduzga qilingan yurish vaqtida Murodbek Qunduz vafot etgan va Qunduzni Badaxshon mirlari bosib olib vassal beklikka aylantirganligi yuqorida qayt etilgan edi. Amir Nasrulloning 1860-yilda Karki hududiga qo‘shin bilan kelganligi va ko‘p o‘tmay orqaga qaytgani tarixiy adabiyotlarda keltirib o‘tiladi[4]. Tarixiy manbalarda jumladan Mirzo Abdulazim Somiyning “Tarixi silsiloti Mang‘itiya” (Mang‘it amirlari tarixi) asarining rus tilida chop etilgan variantining 155-sahifasida keltirilgan izohda 1859 yilda Buxoro (Nasrulloxon) va Afg‘oniston (Do‘stmuhammadxon) o‘rtasida tuzilgan sulhga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi chegara Amudaryo bo‘lganligi keltirib o‘tiladi. Ammo, izohni keltirgan tarjimon iqtibos keltirmaydi. shu sababli Do‘stmuhammadxon Oqchani egallagan bo‘lsada, Maymanani egallay olmagandi. Bu bilan amir Nasrullo sulh bilan hali Buxoro tarkibidan bo‘lgan Maymnani afg‘onlarga berib yuborganligi tushunarsiz holat ekanligiga e’tibor qaratmaydi[5]. Aslida bu holatni tushuntirishda “Turkestanskiy sbornik” (“Turkiston to‘plami”) materiallari yordam beradi. To‘plamning XII tomida Vengr sayyohi A.Vamberi esdaliklari keltirib o‘tilgan bo‘lib, Do‘stmuhammadxonning SHimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklari Badaxshon va Maymanani bo‘ynsundira olmaganligi, Ayniqsa, Maymana kuchli qarshilik ko‘rsatgani, Maymanalik o‘zbeklarning Do‘stmuhammadxon qo‘shiniga 1862 yilda ko‘rsatgan qarshiligi haqida afsonalar to‘qilganligi, Maymana mustaqilligini saqlab qola olganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. A.Vamberi Do‘stmuhammadxonning inglizlar bilan ittifoqligi va ulardan miltiq va to‘plar olib turishi Buxoro amirini cho‘chitgan deb keltiradi. Shuningdek, ochiq kurashga chiqmay afg‘onlarni dindan qaytgan deb ataydi. Afg‘on amirini dindan qaytgan deb e’lon qilishi Do‘stmuhammadxonga qimmatga tushadi. 1862 yilda Hirotni bo‘ynsundirish uchun bo‘lgan jangda turkmanlar unga yordamga borishdan bosh tortadi[6]. Do‘stmuhammadxon davrida ham Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklarining ko‘pchiligi mustaqil siyosat yuritgan. 187 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Jumladan, XIX asrning 50-yillariga tegishli Usmoli Turk davlati arxiv materiallarining birida Istanbulga Buxoro, Andxoy, Hirot hukumdorlarining elchilari birgalikda kelganligi qayd etilganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘rta Osiyoda ingliz-rus raqobati avj olgan XIX asr o‘rtalarida Buxoroga Rossiya imperiyasidan elch
Доказательный фрагмент
«This article provides a scientific analysis of the competition for Uzbek principalities in Northern Afghanistan at the beginning of the 20th century and the history of relations between Bukhara and Afghanistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a scientific analysis of the competition for Uzbek principalities in Northern Afghanistan at the beginning of the 20th century and the history of relations between Bukhara and Afghanistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Afghanistan, Bukhara, principality, Emir Shahmurad, Maimana, Amir, amir Shohmurod, Buxoro, Afg’oniston, Do‘stmuhammadxon., “turkiston to’plami”, Amir Nasrullo, beklik, Amudaryo, Maymana
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025